Bizning telegram kanalimiz



Download 26,65 Kb.
bet1/2
Sana09.10.2022
Hajmi26,65 Kb.
#852083
  1   2
Bog'liq
Leksikologiya


Bizning telegram kanalimiz: @Tilshunoslar_uchun
LEKSIKOLOGIYA yuzasidan testlar:
1 Asosi omonim bo'la oladigan yasama so'z to'ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.
A Dushmaning kulgani, siringni bilgani.
B Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, yoki so‘kildimi suvsar telpaging.
C Har vaqt kuningizni xushkayfiyat bilan boshlashni unutmang.
D Kechki taomdan so'ng birga sayr qildik.

2 Qaysi qatordagi gapda paronimi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan so'z berilgan?


A) U yozgan asar ikki bobga bo'linadi.
B) Moshina dovon tepasiga tez ko'tarildi.
C) Mirzakarimboyni Toshkentning to'rt dahasi biladi
D) Erta bahorda o'n tup ko'chat ekmoqchiman.

3. Berilgan qaysi gapda ko'chma ma'noda qo'llangan so'z yasama hisoblanadi?


A) Chiroq xira nur taratardi.
B) U tiniq suvdan qonib-qonib ichdi.
C) Boburni beixtiyor shirin xayollarga berildi.
D) Bolaning o'tkir zehniga qoyil qolish kerak.

4. Qo'shma gapning faqat ergash gap qismida omonim so'z ishtirok etgan qatorni belgilang?


A) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling.
B) Til tinch bo'lsa, bosh salomat bo'ladi.
C) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim
D) Ruboiyni ichida o'qidi, yuzini tabassum qopladi.
5. Qaysi gapda sinekdoxa usulida ma'no ko'chishi ro'y bermagan?
A) Navbatingiz qizil shlyapali xonimdan keyin.
B) Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas.
C) Askarlarimiz vatanimizni ko'z bo'lib qo'riqlaydi
D) Yig'ilishga faqat mo'ylov kelmadi.

6. Qaysi so'z fonetik o'zgarishga uchragan, yasama, omonim so'z hisoblanadi?


A) Sochma
B) Yasha
C) Achchiq
D) Sana

7. Leksikologiya bo'limiga oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.


A) Ko'p ma'noli so'z, Metonimiya, fe'l, sinonim
B) Bir va ko'p ma'noli so'z, so'z yasalishi, omonim
C) sinonim, antonim, omonim, paronim, fuziya
D) Monosemantik, leksema, sinekdoxa, paronim

8. Ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga ega bo'lgan so'zlar to'liq ko'rsatilgan javobni toping.


1) shox; 2) och; 3) to'q; 4) ustun; 5) ort; 6) til; 7) yondash.
A) 1,2,3,4,5,6
B) 2,3,4,5,6
C) 2,5,6
D) 1,2,3,4,5,6,7

9. «Joni halqumiga kelmoq» iborasi bilan sinonim bo'luvchi so'zni belgilang.


A) Bezimoq
B) Qo'rqmoq
C) Charchamoq
D) Tobi qochmoq

10. Jo'shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlarlari.


She'riy parchada ma'no ko'chishining qaysi turi qo'llangan?
A Metonimiya
B) Vazifadoshlik
C) Sinekdoxa
D) Metafora

11. Qaysi gap tarkibida o'z paronimi bilan o'zaro bir turkumga mansub bo'la oladigan tub so'z berilgan?


A) Bu jang varaqasini ifoda eta olgan yozuvchiga har bir satr ulkan jangnoma uchun bir bob bo'laveradi.
B) Xalq bilan bo'lg'usi muomalada qilichga emas, adl kuchiga tayanmoq joiz.
C) Yovga chiqsang yarog'li chiq, yolg'iz chiqma, hamrohli chiq.
D) Xuddi nina suqib chiqqandan tanam zirqirab og'riyapti.

12. Ham hokim, ham tobe qismi omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan moslashuvli so'z birikmasi ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang.


A) Eh, bolam-a, farzand dog'i nimaligini sen qayoqdan bilarding, Xudo saqlasin, hech kimning boshiga tushmasin.
B) Dunyo sir-asrorini bilishni istagan kishi, avvalo, o'zligini anglashi lozim.
C) Quyosh chiqdi, gul yaprog'iga Tunda qo'ngan shabnam aridi. Qon yugurdi ol yonog'iga, Bargi g'ubor — changdan aridi.
D) Inson bilan tirikdir inson, Muhabbatdan hayotning boshi.

13. Qaysi gapda metafora usuli bilan ma'nosi ko'chgan so'zlarning barchasi kesim vazifasida kelgan?


A) Daraxtlardagi sariq barglar to'kilib tugagan, yer yuzi o'zining qishki sariq kiyimini kiygan edi.
B) Navoiy kuzning so'lg'in nafosati bilan nafas olgan xiyobonlarni aylanib chiqdi.
C) Unda umid uyg'ondi, fikrlari tiniqlashdi va yuziga tabassum yugurdi.
D) So'z — ko'ngil dengizidagi bir inju.

14. Ikki xil so'z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qila oladigan so'zlar qatorini aniqlang.


A) tilim, oqish
B) kechik, terma
C) botin, kiyin
D) yashirin, bura

15. Paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud bo'lgan gapni aniqlang.


A) Kechalar uyqusiz she'r yod olganim Tonggi ufqdagi yolqinlar aytsin.
B) O'zga yurtda shox bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l.
C) Yillar o'tar, o'tar asrlar qator. Dunyoga keladi yangi avlodlar.
D) O'qiyotgan kitobimning uch bobini tugatdim.

16. Uning bunday «chiroyli» qilig'idan uyalib ketdim. Ushbu gapda qo'shtirnoq nima sababdan qo'llangan?


A) Kinoya ma'nosini bildirgan so'zni ajratish uchun.
B) Shartli nomni bildirgan so'zni ajratish uchun.
C) Ko'chirma gapning bir qismini ajratish uchun.
D) Odat tusiga kirmagan so'zni ajratish uchun.

17. Quydagi nechta so'z turli so'z turkumiga oid paronim juftlik hosil qila oladi?


Yaroqli, dovon, ayon, adl, yoq, bob, burj.
A 5 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 ta

18. Ushbu misradagi ma'no ko'chish turini aniqlang.


Shartmi ichmak har bir qadahni yo'q demay.
A vazifadoshlik
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) metafora

19. Quyida berilgan gaplardan qaysi birida «quruq» so'zi ko'chma ma'noda qo'llanilmagan?


A) To'tiqiz tomning quruq ko'katlari ustida ko'chani tomosha qilib, gilos yeb yotdi.
B) Usmonjon pulni yo'lkira qilib, uyga quruq kirib keldi.
C) Quruq qoshiq og'iz yirtar.
D) Nomi ulug', suprasi quruq.

20. Qaysi javobda keltirilgan gapda so'z qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?


A) Sening vujudingda sirlilikning mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim.
B) Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko'rinarkansan arang.
C) Shu chog' artilleriya qismlari og'ir to'plar bilan ota boshladi.
D) Podsho vazir-u ayonlari davrasida otdan tushib, tog' bag'riga qarabdi.

21. Berilgan gapdagi tagiga chizilgan so'zda qaysi usulda ma'no ko'chgan?


Onam qoshida tiz cho'kkan qora qumg'on.
A sinekdixa
B) metonimiya
C) metafora
D) vazifadoshlik

22. O'n qo'lima o'n bir uzuk, Taqib qo'yinglar qizlarim. Zarli kovush chang bo'lmasin, qoqib qo'yinglar qizlarim.


Ushbu xalq qo'shig'idan olingan to'rtlikdagi birinchi misrada ma'no ko'chishning qaysi turi ishtirok etgan?
A sinekdoxa
B) metafora
C) metafora
D) vazifadoshlik

23. Quyida berilgan so'zlardan nechtasi ham omonimlik, ham ko'p ma'nolilik xususiyatiga ega?



Download 26,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish