«Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida»


ye) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida



Download 33,7 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2021
Hajmi33,7 Kb.
#69722
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Prezidentning yangi farmoni tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini tubdan o

ye) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida:
•mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub`yektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta`minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish;

•biznes-forumlar, ko'rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik sub`yektlarining keng ishtirokini ta`minlash;

•tadbirkorlik sub`yektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yo'naltirish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik sub`yektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ularga huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko'rsatish;

•tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik sub`yektlari, jumladan, xorijiy investorlarga har tomonlama ko'maklashish;

•ushbu muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchilari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan o'zaro hamkorlikni ta`minlash.

Davlatimiz rahbarining «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta`sirini baholash to'g'risidagi xulosani berish bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi. Ya`ni, tadbirkorlik sohasidagi barcha loyihalar majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur.

Nazorat organlari tomonidan rejalashtirilgan tekshiruvlar haqida avvaldan Savdo-sanoat palatasiga xabar berilishi, shuningdek, davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoat maslahat kengashlari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillarining kiritilishi tartibi joriy etilmoqda.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida biznes-hamjamiyati bilan davlat organlari o'rtasida muloqot qilishing samarali mexanizmini yo'lga qo'yish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Farmonda Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'mitalari hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash masalalari bo'yicha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini tinglash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muammoli masalalarni, biznes-g'oyalarni hamda loyihalarni muhokama qilish bo'yicha tizimli asosda uchrashuvlar o'tkazish, biznes doiralar, ilmiy hamjamiyat, Hukumat va aholi o'rtasidagi muloqotlarga ko'maklashish maqsadida har yili biznes-hamjamiyat, mintaqaviy va xalqaro biznes vakillarining Iqtisodiy forumini o'tkazish ko'zda tutilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oldiga qo'yilgan vazifalarni hamda berilgan qo'shimcha huquq va vakolatlarni to'liq va samarali amalga oshirish maqsadida Farmon ijrosi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Unda Savdo-sanoat palatasining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Xususan, Tadbirkorlikka ko'maklashish markazlarining tashkil etilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ular davlat organlari va bozor infratuzilmasi sub`yektlarining xizmatlari, biznes-xizmatlardan bir joyda foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish va imkoniyatlarni taqdim etish orqali tadbirkorlik sub`yektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bunda tashkil qilinayotgan Markazlarning tadbirkorlarga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmati ko'rsatish sub`yektlari bilan, shuningdek, bank, lizing, sug'urta, auditorlik, baholash, rieltorlik kompaniyalar va boshqalar kabi bozor infratuzilmasi sub`yektlari bilan uzviy aloqalar tashkil qilish nazarda tutilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahrida ularning shahar va tumanlarda bo'linmalari bilan Markazlar tashkil etiladi.



Shu bilan birga, xorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini ta`minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tarkibida Xalqaro arbitraj sudini tashkil etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Qabul qilingan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik sub`yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlari kuchayishini ta`minlash, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko'mak ko'rsatish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo'yicha tadbirkorlar bilan axborot almashinuvining samarali usulini joriy etish imkonini beradi va mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga xizmat qiladi.
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish