Biznesni tadqiq etish


-BOB. RAQOBAT BOZORINING JOZIBADORLIGINI TAHLIL QILISH



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

7-BOB. RAQOBAT BOZORINING JOZIBADORLIGINI TAHLIL QILISH 
VA TALABNI O’RGANISH 
7.1.  Kichik biznes korxonalarida marketingni tashkil qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari 
 Xorijiy  adabiyotlarda  biznes  ta’rifini  ko’p  turlari  mavjuddir.  Inson 
jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’liq 
bo’lgan.  “Biznes”  -  so’zi  inglizcha  so’z  bo’lib,  u  tadbirkorlik  faoliyati  yoki 
boshqacha  so’z  bilan  aytganda  kishilarni  foyda  olishga  qaratilgan  tadbirkorlik 
faoliyatidir.  Biznesmen  (tadbirkor)  so’zi  birinchi  marotaba  Angliya  iktisodiyotida 
XVIII  asrda  paydo  bo’lib,  u  “Mulk  egasi”  degan  ma’noni  bildiradi.  Jumladan, 
Adam  Smit  tadbirkorni  mulk  egasi  sifatida  ta’riflab,  uni  foyda  olish  uchun 
qandaydir  tijorat  g’oyasini  amalga  oshirish  maqsadida  iqtisodiy  tavakkalchilikka 
boradigan  kishidir,  -  deb  ta’kidlaydi.  Tadbirkorni  o’zi,  o’z  ishini  rejalashtiradi, 
ishlab  chiqarishni  tashkil  etadi,  mahsulotni  sotadi  va  olgan  daromadiga  o’zi 
xo’jayinlik  qiladi.  Biznes  -  bu  avvalo  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  iktisodiy 
faoliyat  va  munosabatlar,  xayotni  o’zi  so’ngra  esa pul  ishlash demakdir.  Biznes  - 
bu  xorijiy  so’zdir.  U  butun  dunyo  bo’yicha  tarqalgandir,  undan  barcha 
mamlakatlarda  foydalanidilar.  O’zbek  tilida  esa  biznes  so’zi  tadbirkorlik, 
biznesmen  esa  tadbirkor  demakdir.  O’zbekcha  so’z  xorijiy  so’zga  to’g’ri  keladi, 
lekin unga qo’shimcha ma’no hxam beradi. Bu so’zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan 
shug’ullanish  yoki  korxona  tashkil  qilish  yotadi.  Shunday  qilib,  biznes  -  bu 
korxona  tashkil  qilish  demakdir  (sanoat  korxonasi,  ishlab  chiqarish  korxonasi, 
savdo  do’koni,  xizmat  ko’rsatish  korxonasi,  auditorlik  kontorasi,  advokat  idorasi, 
bank va hokozo). Demak, biznes bu yo’q narsadan pul qilish emas, balki murakkab 
ishlab  chiqarishni  yoki  xizmat  ko’rsatishni  tashkil  etish  demakdir.  Tadbirkorlik  - 
bu  doimo  o’z  ishining  fidoiysi,  bilimdonidir.  Tadbirkorlik  uchun  o’qish  kerak, 
nafakat  dastlabki  paytlarda,  balki  tadbirkor  bir  umr  o’qishi,  izlanishda  bo’lishi 
kerak.  Tadbirkorlik  bozor  iqtisodiyotiga  xos  iqtisodiy  faoliyatdir.  Boshqacha 
aytganda,  u  muayyan  ijtimoiy-iktisodiy  natijaga  erishish  maqsadida  tovarlar  va 
xizmatlarni  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashni  tashkil  etish  bo’yicha 


126 
mulkdorlarning  yoki  ular  vakillarining  ongli  va  maqsadli  iqtisodiy  faoliyatidir. 
“O’zbekiston  Respublikasi  tadbirkorlik  to’g’risida”gi  qonunida  tadbirkorlikka 
quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Tadbirkorlik-mulkchilik  sub’ektlarining  foyda  olish 
maqsadida  tavakkal  qilib  va  mulkiy  javobgarlik  asosida  amaldagi  qonunlar 
doirasida  tashabbus  bilan  iqtisodiy  faoliyat  ko’rsatishdir”.  Kichik  biznes 
taraqqiyotning  muhim  garovlaridan  biri-  faoliyatda  marketingdan  keng 
foydalanish,  uning  ilg’or  innovatsion  yo’nalishi  va  vositalaridan  amalda  etarlicha 
samara  ko’rsatib,  ishlashdan  iboratdir.  Marketing  tushunchasi  bozor  sohasini  har 
qanday  faoliyati  bilan  bog’liqdir,  shu  bois  marketing  so’zini  tarjimasi  va  kelib 
chiqishi  keltiriladi  (ing.  Market  –  bozor,  ing  –  faol,  faoliyat,  harakat  ma’nosini 
anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, 
ammo  ayrim  firma,  kompaniya,  tarmoq  va  butun  iqtisodiyot  bo’yicha  amaliyot 
faoliyati  hamdir.  Talab  bilan  taklifning  o’zaro  ta’siri  alohida  shaxslar  yoki 
guruhning  xohish-ehtiyojlarini  o’zluksiz  qondirish  jarayoni  hisoblanadi.  Bu 
jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga 
asoslanadi,  ya’ni  ularga  muhtojlik,  ehtiyoj  (xohish),  talab,  xarid  qilish 
(ayirboshlash,  bitim)  va  aniq  tovar  va  xizmatlarning  iste’moli  (ishlatilishi)  kiradi. 
Bu  tushunchalar  marketing  tushunchasi,  mohiyatini  aniqlashga  imkon  beradi. 
Muhtojlik  kishining  biror-bir  narsa  etishmasligini  his  etishidir.  Ehtiyoj  individ 
shaxsning  madaniy  darajasiga  asosan  maxsus  shaklga  muhtojlikdir.  Talab  xarid 
quvvatiga ega ehtiyoj. 
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish