5.4. Biznes faoliyatida marketing axborotlarining asosiy elementlari.
Marketing tadqiqotlari
Marketing bo’yicha adabiyotlarda bozorni o’rganish, marketing tadqiqotlari,
sotuvjarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko’p uchraydi. Bular bir-biriga
o’xshash sinonim tushunchalarga o’xshab, gohida ularni chalkashtirib yuborishadi.
Bular ichida marketing tadqiqotlari juda keng tushuncha bo’lib, u firma marketing
qarori qabul qilishi uchun axborot yig’ish, uni tizimga solish, tahlil etish
umumlashtirish asosida marketingqarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini
asoslashdan iboratdir. Bozorni o’rganish esatizimli vauslubiy jihatdan, joriy
holatda bozorniizlash, uni o’rganish va unda qandayharakat qilish kerakligini hal
qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday qaror qabul qilish jarayoni turli
omillarga, tashqi va ichki ta’sir kuchlariga bog’liq. Marketing faoliyatiqarorlari
ham juda ko’p axborot manbalarini tahlil qilish asosida qabulqilinadi. Shuning
uchun marketolog samarali marketing qarorlari qabul qilishi uchun marketingga
oid terminlarni tub mohiyatini bilishi va har birining maqsadidan kelib chiqqan
holdatahlillarga asoslanishikerak.
Har bir marketing tadqiqoti, u iste’molchini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin
yoki bozorni o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin uning o’ziga xos usullari, izlanish
sxemasi, axborotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Masalan, iste’molchilar haqidagi
ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, moliyaviyta’minlanganligi va
h.k.
F. Kotler marketing tadqiqotlari o’tkazish usullarining shakllanishini, vaqt
o’tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar bilan
amalgaoshirilishini evolyutsiyasini ko’rsatibo’tgan. (1974 yilda)
Tadqiqot maqsadi – aniqlangandan so’ng tegishli axborotlarni masalan,
bozorulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar
haqidama’lumotlar yig’iladi. Har qanday marketingtadqiqotigaijodiy yondoshish
87
kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har birko’rsatkich bir-biriga bog’liq bo’lib,
o’zgaruvchi va o’zgarmas kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi
omil kuchlarini to’g’ri aniqlash muhimdir. Tadqiqot tarkibini to’g’ri
belgilash,ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
Marketing faoliyatinig asosiy elementi, bu marketing tadqiqoti bo’lganligi
uchun, optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, informatsion
axborotlar
tizimi,
internetdan
foydalanish
tadqiqot
samarasini
kafolatlovchimuhimomildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavxumligini, tijorat riskini kamaytirish
va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli
jabhalari bo’yicha ma’lumotlarni muntazam yig’ib borish, aks ettirish va tahlil
qilishdir.
Marketing tadqiqotlari bu – bozorshunoslarni (marketologlarni) marketing
tashqi muhiti barcha unsurlari – bozor, iste’molchilar, raqobatchilar bilan axborot
orqali bog’lovchi marketing funksiyalaridan biridir. Marketing tadqiqotlarining
maqsadi aniqlangan muammolardan kelib chiqadi. Bu maqsadlarga erishish ushbu
muammolarni halqilish zarur bo’lgan axborotlarni olish imkonini beradi. Ular
menejerlarga marketing muammolarini hal qilish imkonini berish maqsadida
yo’qotilishi lozim bo’lgan axborot bo’shlig’ini ta’riflaydilar. Maqsadlar aniq va
ravshan shakllangan, yetarli darajada batafsil shakllantirilgan, ularni o’lchash
imkoniyati va ularga yetishish darajasini baholash imkoniyati mavjud bo’lishi
lozim. Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish uchun
qanday axborot zarur?” degan savolningjavoblari tadqiqot aniqlab beradi.
Tadqiqot madsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi
turlarga ajratiladi: o’rganish (razvedka), ta’riflash, sabablarni aniqlash.
O’rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va
taxminlarning yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo’lgan birlamchi axborotni yig’ish
maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga sabab yomon reklama,
deb taxmin qilingan, ammo o’rganish tadqiqoti yetarli darajada bo’lmagan
sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni
88
marketing tadqiqotlarining keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o’rganish
lozimligini ko’rsatdi.
Tariflovchi tadqiqot– marketing muammolarini ta’riflashga yo’naltirilgan,
masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga iste’molchilarning munosabati
kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib borishda odatda kim, nima, qaerda, qachon,
va qanday degan so’zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan,
firma mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini qaerda
xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib
olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi?
Sabablarni aniqlashga yo’naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat aloqalariga
tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur tadqiqot asosida biror-
bir hodisani “agar X, unda U” ko’rinishdagi mantiqiy bog’lanish asosida
tushunishgaintilish yotadi. Sabab-oqibat bog’lanishi maxsus tajribalar o’tkazish
yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Tajribalar o’tkazishda mustaqil o’zgaruvchilar
(narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o’zgarishlarga bog’liq
o’zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko’rsatkichi va h.k.) qanday javob
qaytarishi aniqlanadi.
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
– bozorni o’rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish yo’nalishi);
– istemolchilar xatti-xarakatini o’rganish;
– raqobatchilar faoliyatini o’rganish;
– talablarni qondirish bo’yicha firma ichki imkoniyatlarini o’rganish;
– marketing majmuasi unsurlarini o’rganish (tovar, baho, sotuv, reklama);
– marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o’rganish.
Ko’rinib turibdiki, “bozorni o’rganish” tushunchasi umuman marketing
faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham, “marketing tadqiqotlari”
tushunchasi “bozorni o’rganish” tushunchasidan ancha kengroq. Marketing
faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan emas, bozor
istemolchilar talablaridan kelib chiqib marketing taqiqotlarini olish borish
zaruratinimantiqani aniqlab beradi. Ko’pchilik yirik chet elfirmalari (80 foiz
89
atrofida) o’z xususiy marketing tadqiqoti bo’limlariga ega. Bunday bo’limlar
tarkibida sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va sh.k. xizmat
qiladilar.
Marketing tadqiqotlari jarayoni quyidagi bosqich va harakatlarni o’z ichiga
oladi:
1. Muammo va tadqiqot maqsadlarini aniqlash.
1.1. Marketing tadqiqotlari o’tkazish zaruratini aniqlash.
1.2. Muammo va tadqiqot maqsadlarini shakllantirish.
2. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
2.1. Tadqiqot turini aniqlash.
2.2. Talab qilinayotgan axborot turini, uni olish manbalarini va zarur
axborotlarni yig’ish usullarini aniqlash.
2.3. Ma’lumotlarni yig’ish shakllarini loyihalash.
2.4. Tanlanma rejani ishlab chiqish va tanlov hajmini aniqlash.
3. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
3.1. Ma’lumotlarni yig’ish.
3.2. Ma’lumotlarni tahlil qilish.
4. Olingan natijalarni talqin qilish va ularni rahbariyatga yetkazish – yakuniy
hisobotni tayyorlash va taqdim qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |