Biznesni tadqiq etish


 Marketing tadqiqotining bosqichlari



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

2.5. Marketing tadqiqotining bosqichlari 
         Marketing  tadqiqotlarining  eng  muhim  bosqichlaridan  biri  bo’lib  bu  – 
tadqiqot  rejasini  ishlab  chiqish  hisoblanadi.  Bunda  tadqiqot  uchun  zarur  bo’lgan 
ma’lumotlar  va  axborotlarni  to’plash  manbalari,  uslublari,  qurollari,  tanlov 
o’tkazish  tartiboti  va  rejalari  tuziladi.  Tadqiqot  asoslanadigan  ma’lumotlar  va 
manbalardan  bir  necha  marotaba  tegishli  sohalarda  foydalanish,  ularni  qayta 
ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs 
eng  ko’p  qullaniladigan  uslublar  hisoblanadi.  Har  bir  uslub  tadqiqotning  tegishli 
bosqichlarida  samarali  axborot  to’plash,  uni  qayta  ishlash,  texnik  vositalaridan 
samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli 
va bort-kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini 
olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil 
bozoridagi  munosabatlari,  ko’nikmalarini  baholash  mumkin.  So’rov  uslubida  esa 
aniq  bir  xaridorning  «yangi  jihozlarga»  bo’lgan  qiziqishlari,  ularga  qo’yadigan 
talab  va  istaklarni  baholash  mumkin.  Eksperiment  uslubida  esa  sinov  tarzida 
avtomobillarning  kichik  partiyasini  bozorda  sotib,  xaridorlar  holatlarini  kuzatish 
mumkin.  Tadqiqot  rejasini  ishlab  chiqishda  uslubiy  jihatdan  o’zaro  bog’liqlik, 
aniqlik,  takrorlanmaslik,  davriy  uzluksizlik  ta’minlanishi  lozim.  Tuzilgan  reja 
malaiy jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim.  
1. qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?  
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?  
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?  


37 
4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?  
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?  
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.  
7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi?  
       Ushbu  savollarga  javob  topish  asosida  tadqiqot  rejasining  izchilligi, 
mazmunan  va  mantiqan  bog’liqligi  ta’minlanadi.  Bu  o’z  navbatida  tadqiqotning 
keyingi  bosqichlarida  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  kamchiliklar  va 
xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi 
tasdiqlangan  reja  asosida  amalga  oshirilishi  bilan  bir  qatorda  texnik  vositalar 
yordamida  ularni  qayta  ishlash,  tayinli  artibga  solish  vazifasini  ham  bajaradi. 
Chunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan 
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi. So’nggi 
vaqtlarda  ma’lumotlar  va  axborotlarni  to’plash  kompyuter  dasturlaridan 
foydalanish  yuqori  samara  bermoqda.  Chunki  to’plangan  ma’lumotlar-  bu  hali 
natija  emas,  balki  tayyorlangan  dastlabki  bir  xomashyodir.  Shu  tufayli 
ma’lumotlarni  to’plash,  ularni  tahlil  qilish  va  taqdim  qilish  bosqichlarini  ancha 
osonlashtirish  maqsadida  maxsus  kompyuter  dasturlaridan  foydalaniladi.  Bunda 
asosiy  e’tibor  faqat  jadval  shaklidagi  ma’lumotlarga  emas,  balki  grafik, 
diogramma,  chizma  shaklidagi  natijaviy  ma’lumotlarga  qaratilmoqda.  Marketing 
tadqiqoti  ma’lumotlarni  imkoni  boricha  qisqa,  ayni  mazmuni  va  zudlik  bilan 
taqdim  etilishi  tayinli  mahsulot  xususida  bozorda  qaror  qabul  qilish  ancha 
osonko’chadi.  Shu  sababdan  taqdim  etilgan  marketing  tadqiqoti  natijalari 
umumlashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan qismga ega bo’lishi talab etiladi. 
Tadqiqot  davomida  olingan  barcha  ahamiyatdagi  ma’lumotlar,  jadval  va 
diogrammalar  kengaytirilgan  shaklda  va  barcha  tafsiloti  bilan  maxsus 
bo’linmalarda  keltiriladi.  Demak,  marketing  tadqiqotlarining  yo’nalishlari,  uning 
maqsadlari  asosida  muayyan  uslublar  tanlanadi.  qullaniladigan  uslublar  istakdagi 
natijaga  erishish  yo’lida  bir-birini  to’ldirish,  aniqlash,  xatoliklarni  o’z  vaqtida 
bartaraf  etish  uchun  xizmat  qiladi.  Tadqiqot qurollari  esa, xoh anketa,  xoh texnik 


38 
vositalar  tarzida  bo’lsin  axborotlarni  zudlik  bilan  to’plash,  ularni  qayta  ishlash, 
kelgusi faoliyatda unumli foydalanish vazifasini bajaradi. 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish