Menejment sohasi mutaxassislarining ta‘kidlashicha, butun rejalashtirish va boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan manfaatdorligiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lib, bu firma rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Masalan, Janubiy Koreyaning «DEU» transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung ta‘kidlashicha: «biznesda odam boshqa hech qaerda bo‘lmagan ahamiyatga ega. Inson - hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. Shu sababli kompaniyalar tobora ko‘proq kadrlar bilan bog‘liq masalalarga e‘tibor qaratmoqdalar. Chunki umuman olganda odamlar ishlaydilar. Firmaning gullab-yashnashi yoki inqirozga uchrashi ularga bog‘liq. Shu sababli bo‘lsa kerak, Yaponiya firmasi «Matsusita» quyidagi shiorni tanlab olgan: «narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi» 3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |