Birja faoliyatini huquqiy tartibga solish Barotov M. REJA: - 1. Fond birjasi nima?
- 2. Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi?
- 3. Birja faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
- 4. Birjaning huquqlari
- 5. Birja a’zolarining huquqlari
Fond birjasi nima? - Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
- Misol uchun: dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va boshqalar kiradi.
- «Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo qiladi.
- Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin.
Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi? - Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda, ya'ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar, dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.
Birja faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi - Birjalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
- Birjalar yoki ularning a’zolari tomonidan birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talab bilan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritishga haqlidir.
- Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoxud uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqlidir.
- Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, birjalarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
- Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sudlarga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Birjaning huquqlari - Birja:
- narx belgilash, hakamlik, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini tuzishga;
- agar birja bitimlarining narxi kun davomida birja tomonidan belgilangan qiymatdan ham ortiqroq o‘zgarib ketsa, birja savdosini to‘xtatishga;
- birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilashga;
- birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar hamda penyalar belgilash va undirishga;
- birja axborotnomalari, ma’lumotnomalari hamda boshqa axborot va reklama nashrlarini chiqarishga haqlidir.
- Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birja boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Birja a’zolarining huquqlari - Birja a’zolari:
- birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
- birja a’zolarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etish;
- birja komissiyalarini saylash va ularga saylanish;
- birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- birja xizmatlaridan foydalanish va ushbu Qonunga muvofiq brokerlik o‘rnini tasarruf etish huquqiga egadir.
- Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birja a’zolari boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |