III. KURS ISHI REJASINI TUZISH
Kurs ishi rejasini talaba asosiy adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan
so‘ng tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning asosiy savollarini aks
ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik
savollarga ajratgan holda, kengaytirilgan (murakkab reja) bo‘lishi mumkin.
Reja ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tuzilishi kerak. Rejaning
savollari ma’lum bir tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim.
Rejada talabaning ijodiy yondoshuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab
qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs ishining
qiymatini yanada oshiradi.
Kurs ishi ustida ishlash jarayonida reja talaba tomonidan birmuncha
o‘zgartirilishi, aniqlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |