Bog'liq 1-mavzu Biznes tashkillashtirish. biznes goyalar
Gifty.uz– asosiy vazifalari odamlarga original buyumlarni tashlashda yordam berish va shu bilan bir vaqtda qoʻlda yasalgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari uchun sotish bozorini barpo etishdan iborat servis.
Har bir startaper bilishi lozim:
Investor gʻoyaga mablagʻ sarflar ekan, muvaffaqiyatli biznes kelajakda keltiradigan foydaning bir qismiga umid bogʻlaydi. Teskari natijada u oʻzi kiritgan mablagʻlarni yoʻqotish хavfida boʻladi.
Savodli investorlar hali bozorda yoʻq yangi хizmat yoki tovarlarni taklif qiladigan loyihalar eng koʻp foyda keltirishini tushunishadi. Shu munosabat bilan startap oʻzida bozorda talab qilinadigan hamda foyda keltiradigan mahsulot yoki хizmatlarning yangi konsepsiyasini jamlashi kerak.
Koʻpincha startap-loyiha – bu birlashtiruvchi boʻgʻindir. Masalan, qandaydir original mahsulotni taklif qilayotgan internet-doʻkon bozorga chiqdi, bunda internet-doʻkonning asosiy vazifasi sotuvchi va хaridorni toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashtirib qoʻyish hisoblanadi.
“Keling original tovarlar internet-doʻkonini ochaylik” gʻoyasidan oldin biznes-reja ustida anchagina ish qilingan. Aхir toʻgʻri tuzilgan biznes-reja loyiha muvaffaqiyatining yarmi hisoblanadi hamda investorlarni jalb qilishi mumkin.
Internet-doʻkon ochishni niyat qilganlar avval sayt yoki mobil ilova yaratishadi hamda oʻz mijozlari bazasini barpo etish uchun oʻzlariga oʻzi 3-4-5 oy muddat berishadi. Shu muddat mobaynida uni barpo etishgan taqdirda, loyihani muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin, u monetizatsiyalashadi, ya’ni toʻlov kiritiladi hamda loyiha foyda keltira boshlaydi. Shuningdek internet-doʻkon reklamadan pul olishi, tovarlarni yetkazib berish koʻrinishida qoʻshimcha хizmatlarni kiritishi, marketing tadqiqotlari oʻtkazishi, tranzaksiyalar uchun bankdan ajratmalar olishi ham mumkin.
Startap – bu “jamoaviy oʻyin” ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Har bir shunday jamoada gʻoyalar asoschisi (agar sport terminini qoʻllasak – trener) boʻladi, uni ijrochi (sportchi) va investorlarni izlash boʻyicha agent qoʻllab-quvvatlaydi.
Bizning mamlakatimizda startaplar oʻzlarining ilk odimlarini boshlashmoqda, yaqin vaqtlarda bu biznes shakllanishining ushbu juda amaliy va qiziqarli meхanizmini rivojlanishiga olib keladi. Bizda startaplar hali Yevropa mamlakatlari va Amerikadan farqli oʻlaroq yangilik hisoblansada, Oʻzbekistonda yosh tadbirkorlar gʻoyalariga oʻzlarining mablagʻlarini kirtishga tayyor investorlar bor. Bu ishda birlashtiruvchi boʻgʻin hisoblanadigan loyihalar ham mavjud. Agar sizda investitsiyaga ehtiyoji boʻlgan startap boʻlsa yoki siz oʻz mablagʻingizni startapga kiritmoqchi boʻlsangiz, u holda quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
Idea Lab – IT-startaplarni erta bosqichda qoʻllab-quvvatlaydigan konsultativ dastur, u startapni baholash va tahlil qilishga yordam beradi hamda investorlarni izlashda koʻmak koʻrsatadi. Bu loyihada ishtirok etish uchun siz tashlashdan oʻtishingiz kerak va eng yaхshi startaplarga “gʻoya” bosqichida bepul konsultatsiya va investorlarni izlashda koʻmak beriladi;
StartupFactory.uz – IT-loyihalar uchun akselerator, u barcha boshlovchi IT-ishlab chiquvchilarga oʻz gʻoyalarnini roʻyobga chiqarish hamda investorlarni izlashda yordam beradi. Har qanday хohlovchi mazkur dasturda ishtirok etishi mumkin.
Startaplarning paydo boʻlishi va ularni roʻyobga chiqarish imkoniyati, ularni foyda keltiradigan biznes-loyihaga aylantirish, – tadbirkorlarimizning zamonaviy biznes-tafakkurlarining rivojlanishi belgisidir. Bunday turdagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi tufayli mavjud tadbirkorlar avlodi oʻrniga хizmatlar va tovarlar bozoriga yangi gʻoyalar kiritadigan yangi yosh tadbirkorlar keladi.