Бизнес вa тaдбиркорлик олий мaктaби


KORXONA MA’LUMOTLARINI RAQAMLIGA AYLANTIRISH



Download 13,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/460
Sana01.07.2022
Hajmi13,48 Mb.
#728314
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   460
Bog'liq
ee9bfe9d1826e21d633179f4e774f8f2

 
KORXONA MA’LUMOTLARINI RAQAMLIGA AYLANTIRISH, 
KORXONA FAOLIYATLARINI RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI 
TRANSFORMATSIYANING DOLZARBLIGI 
Nizomov M.M. – OBM tinglovchisi
 
Raqamlashtirish tushunchasi so’ngi paytlarda dunyo bo’ylab jamiyatda, ilmiy 
doiralarda va ishlab chiqarishda jiddiy munozaralarga sabab bo’layotgan mavzu 
hisoblanadi. Bir vaqtlar «raqamli qilish», «raqamlashtirish» va «raqamli 
transformatsiya» «kompyuterlashtirish» deb nomlangan bo’lsa, hozirgi kunga kelib 
ushbu atamalar bir biridan tubdan farqlanadigan o’z ma’nolariga ega iboralarga 
aylanishdi.
Hozirda kimdir “biznesimni raqamliga aylantirmoqchiman” desa, tabiiki “buni 
qanday amalga oshirasiz?” degan savol tug’iladi (hammani va hamma narsani bit-
baytga aylantirasizmi? Hamma narsani avtomatlashtirasizmi va odamlarni robotlar 
bilan almashtirasizmi?) U raqamli qilishni nazarda tutmagan, balki raqamlashtirish 
yoki raqamli transformatsiya g'oyasini ifodalash uchun noto'g'ri atamani ishlatgan. 
Garchi ushbu atamalarning ba'zilari bir-birining o'rnida ishlatilsa-da va ko'pincha bir 
qator adabiyotlarda bir-birining o'rnida kelsa-da, nima haqida gaplashayotganimizni 
yaxshi bilish uchun biz ular orasidagi aniq farqlarni belgilab olishimiz zarur. 
Atamalardan foydalanishda chalkashliklarga duch kelmaslik va oralaridagi farqlarni 
yaqqol ajratish uchun ularni oydinlashtirib olsak.
1
 
Raqamliga aylantirish “Digitization” – bu hujjatlar, film rasmlari, fotosuratlar, 
tovushlar va boshqa jismoniy ma’lumot tashuvchi narsalarning ma’lumotlarini raqamli 
(bit va bayt) versiyasini yaratishdir. Bundan tashqari raqamli bo'lmagan narsalarni, 
ya’ni signallarni, sog'liqni saqlash yozuvlarini, joylashuv ma'lumotlarini, shaxsiy 
ma’lumotlarni va boshqalarni ham raqamli qilishdir.
Raqamlashtirish “Digitalization” – ish oqimlari va jarayonlarni avtomatlashtirish 
uchun jismoniy tashuvchilardan olinadigan raqamli ma'lumotlardan foydalanish 
holatlari hisoblanadi. Boshqacha izohlasak – bu qo'lda va qog'ozda mavjud bo'lgan 
jarayonlarni raqamli formatda avtomatlashtirishdir, raqamli ma'lumotlardan yanada 
sodda va samarali ishlash uchun foydalanish jarayoni. 
Raqamli transformatsiya “Digital Transformation” – raqamli biznesga tegishli 
texnologiyalarni qabul qilish, butunlay yangi bozor, xaridor va biznesga olib keladigan 
1
i-scoop e hub 


504 
biznesning barcha jabhalarini qamrab oladigan (odamlar, imkoniyatlar, jarayonlar, 
modellar,…) ustuvor yo’l hisoblanadi. U raqamli texnologiyalarning o'zgarishi, 
imkoniyatlari va ularning jamiyatdagi ta'siridan to'liq foydalanish uchun biznes 
faoliyatni, jarayonlarni, vakolatlarni va modellarini chuqur va tezkor transformatsiya 
qilishdir. Oddiy so'zlar bilan aytganda, raqamli transformatsiya yangi va mavjud 
bozorlarda o'sishni ta'minlash uchun biznes yuritishning farqlovchi usullarini yaratish 
uchun raqamli texnologiyadan foydalanishni anglatadi. 
Raqamlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari haqida ozgina to’xtalib o’tsak.
1
Afzalliklari: 

ma'lumotlar 
markazlashtirilganligi 
va 
ularga 
kirish 
imkoniyati 
ossonlashganligi tufayli har qanday ma'lumotlar bizning kaftimizga qulaygina 
yetkazilayapti. Masalan, hozirda odamlar kompyuterlar va mobil telefonlardan 
foydalanib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga zudlik bilan javob olish 
imkoniyatiga ega bo’lganliklarini ham misol qilishimiz mumkin; 

raqamlashtirish odamlarning xabarlarini o’zaro zudlik bilan va turli xil 
formatlarda almashishiga imkon beradigan ko'plab dasturlar bilan ishlay olish muhitini 
yaratdi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar orqali muloqatlashish, yoki 
videoqo'ng'iroq qilish;

biz raqamlashtirish orqali yangi g'oyalarni keng ommaga tezda yetkazish 
imkoniyatiga egamiz. Biz endi nafaqat jamiyatning eng badavlat, qudratli a'zolari 
fikrlari bilan tanishish imkoniyatiga, balki hozirda istalgan har qanday shahslar bilan 
fikrlar almashish imkoniyatiga egamiz; 

internet sababli hozirda ish olamida yangi imkoniyatlar yaratilib masofaviy ish 
ya’ni raqamli ish paydo bo’ldi. Hozirda Internet texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar 
singari yangi ish o'rinlari ham keng tarqalmoqda va har kim o'zining onlayn biznesini 
ochib uni rivojlantirishi mumkin; 

raqamlashtirish tijorat raqobatini shunchalik kuchaytirdiki, xaridorlarda endi 
juda keng tanlov qilish imkoniyatlari paydo bo'ldi, bu albatta ijobiy hodisa hisoblanadi. 
Endi eng yirik kompaniyalar tomonidan belgilagan narxlarni iste’molchilar qabul 
qilishga majbur emaslar. 
Kamchiliklari: 

raqamlashtirish shaxsiy ma'lumotlar ustidan nazoratni markazlashtirishga olib 
keldi, buni esa barcha tuxumlarni bitta savatga solishga qiyoslashimiz mumkin. 
Texnologiya inson xatosini yo'q qilsa-da, u ham muvaffaqiyatsizlikdan xoli emas, 
shuning uchun 100% ishonchli bo'lmagan texnologiyalarga tayanib, biz o'z 
aktivlarimiz ustidan nazoratimizni yo'qotish xavfimiz mavjud. Nazoratni topshirish, 
buzg'unchilik niyatida bo'lgan xakerlardan ehtiyotkor bo’lishimizni talab qiladi; 

aloqaning qulayligi hayotdagi ijtimoiy ko'nikmalarimizga salbiy ta'sir 
ko'rsatishi mumkin. Bu esa o’z navbatida jamiyatning kuchini susayishiga olib keladi; 

axborotlarga osonlikcha kirish, yomon niyatda bo’lgan shahslar tomonidan uni 
suiiste'mol qilishlari ehtimolini oshiradi; 
1
DIGITAL ADOPTION e hub 


505 

nihoyat, raqamli almashinuvlarning tezkorligi, sayoz xarakterli g'oyalarning 
keng tarqalishi, jamiyatda esa hayotiy masalalarni chuqurroq ko'rib chiqa olmaydigan 
passiv shahslarni yaratishi mumkin. 
Agar bugun biznes raqamli transformatsiya qilinmagan bo'lsa, bugungi kunda u 
mavjud emasga o'xshaydi. Har qanday biznesdan mijozlar raqamli yutuqlardan 
foydalanishni talab qilishmoqda. Korxonalar uchun ham uning muhim afzalliklari 
mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 

mijozlar tajribasidan foydalanish - Ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda, 
korxonalar mijozlarining fikr-mulohazalarini to'plashlari, mahsulot va xizmatlarini 
sifatini yaxshilashlari, mavjud hato va kamchiliklarini bartaraf etishlari mumkin. Bu 
esa o’z navbatida mijozlarning qoniqishini ta'minlashga yordam beradi; 

bo’linmalari o’rtasida hamkorlikning yahshilanishi – korxonalar ko'proq 
ma'lumotlarga ega bo’lishganligidan qaysi jarayonlar yoki texnikalar samaraliroq 
ekanligini tahlil qilishadi, xodimlarning ish unumdorligini oshiradi, bo'limlar o'rtasida 
ochiq va ravon aloqa qilish imkonini beradi; 

fikr va mulohazalar ma’lumotlarga asoslanadi – raqamli texnologiyalar o'lchov 
va hisoblarni aniq kuzatish imkonini beradi va shaffoflikni ta’minlaydi; 

xarajatlarni kamaytirish, rentabellikni oshirish – raqamli texnologiyalar qo'l 
aralashuvini kamaytirgani uchun jarayonlar tezroq va xatosiz amalga oshadi, bu 
tejamkorlikka va mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarishga olib keladi; 

bozorni kengaytirish – raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, 
o'rganilmagan bozorlarga kirib borish va yangi mijozlarga mahsulotlarini tanitishi 
mumkin, natijada mijozlar bazasi kengayadi; 

tezroq va yahshiroq qaror qabul qilish – yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lganda, 
korxonalar ish samaradorligi, muvaffaqiyat darajalarini to’gri baholay olishlari 
mumkin, mijozlarning xulq-atvorini tushunib to'g'ri biznes qarorlarini qabul qilishlari 
mumkin; 

ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash – firmalar kuchli raqobat sharoitida 
xaridorlarni qiziqtiradigan turli xil mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida 
etkazib beruvchilar va distribyutorlar, subpudratchilar va ixtisoslashgan maslahatchilar 
bilan ishlash yengillashadi. 
Raqamli transformatsiya davr talabi va korxonalar oldidagi qilinishi zarur bo’lgan 
majburiyatga aylanib borayotgan hozirgi zamonda, Evropa davlatlari tomonidan 
yaratilayotgan sharoitlar va Evropa korxonalari o’zlarining oldilariga qo’yayotgan 
vazifalar quyidagilardan iborat: 

jahon andozalariga mos raqamli infrastrukturani qurish; 

raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun ma’lumotlar bazasiga kirishda teng 
huquqlilikni va shafoflikni ta’minlash; 

raqamli biznesni yaratish va rivojlantirish uchun eng yahshi hududga aylanish; 

barcha tadbirkorlarga bizneslarini raqamli biznesga aylantirishlari uchun davlat 
tomonidan keng ko’mak berish ishlarini amalga oshirish; 

online sharoitida yashash va ishlashga barcha sharoitlarni yaratish; 

o’z fuqarolariga online hizmat ko’rsatish bo’yicha ilg’or davlatlardan bo’lish; 

raqamli iqtisodiy ma’lumotlarni keng ommaga ochiq oydin yetkazish.

Download 13,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   460




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish