243
tufayli esa moliyaviy menejerlar raqamlashtirilgan aqlli texnologiyalar, kibernetika va
“innovatsion gʻoyalar jangi’ singari yangiliklarni qabul qilishga va uni oʻz
kompaniyasida tatbiq etishga toʻgʻri keldi. Bularning har biriga toʻxtaladigan boʻlsak,
raqamlashtirilgan texnologiyalar tizimini yaratish, faoliyat davomida undan
foydalanish menejerlar qoʻllashi kerek boʻlgan usulga aylandi. Bu jarayonga
tayyorgarlik koʻrish, ya’ni dasturchi mutaxassislarni jalb qilish, internet dunyosida
raqobatbardoshlikni oshirish talab qilindi.
Shuningdek, zamonaviy innovatsion
texnika-texnologiyalar foydalanish koʻnikmasi deyarli barcha ishchilardan talab qilina
boshlandi. Bu esa oʻz navbatida moliyaviy menejerlardan ishchilar malkasini oshirishi
kabi toʻgʻri qarorlar qabul qilishi kerakligini bildirdi.
Ishlab chiqarishda kibernetika, ya’ni axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta
ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanish
keng koʻlamda amalga oshirila boshlandi. Menejerlarning vazifasi mehnat resurslarini
qisqartirish evaziga kibertexnika yoki uskunalardan foydalanishni toʻgʻri yoʻlga
qoʻyish boʻlib qoldi. Chunki, mehnat resurslari samaradorligi bilan avtomatik
uskunalar
samaradorligi solishtirilganda, natija barchaga ma’lum. Bu vaziyatda
menejerlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar kompaniyaning kelajakdagi
faoliyatiga ta’sir koʻrsatmay qolmadi.
Moliyaviy menejerlar duch kelgan navbatdagi muammo endilikda qoʻl ostidagi
insonlar fizik jihatdan kuch sarflashi emas, balki aqliy mehnatning raqobatlashuvi
vujudga kelgani, ya’ni ular uchun noodatiy boʻlgan jarayonga oʻtish. Boshqacha qilib
aytganda, ishchilar bir vaqtda texnikalarning boshqaruvchisi sifatida namoyon boʻlishi
kerak edi. Rivojlangan mamlakatlarda koʻrishimiz mumkinki,
ishlab chiqaruvchi
korxonalarda insonlar texnikalar ustidan nazorat olib boradi, insonlarning kreativ
yondashuvini bunga sabab qilib koʻrsatish mumkin. Ya’ni, odamlar biror faoliyatni
bajarish uchun tegishli texnikani shunga moslab funksiyasini toʻgirlash yoki yangi
gʻoyalar orqali shu faoliyatni qanday qilib yengilroq koʻrinishda amalga oshirish
haqida bosh qotiradi. Bu bilan innovatsiyalar vujudga keladi. Ishchi kadrlarni kreativ
yondashuvga
moslashtirish, innovatsiyalarni yaratish va qabul qilish moliyaviy
menejerlar zimmasiga yuklatilgan edi. Agar menejer bu borada kerakli va zaruriy
oʻzgarishlar qila olgan boʻlsa, kompaniya mavqeyini saqlab qolgan hamda daromadi
maksimallashishda davom etgan.
Demak, toʻrtinchi sanoat inqilobi moliyaviy sohaga oʻzining bir qancha
afzalliklari bilan kirib bordi. Moliyaviy faoliyatni robotlashishi sababli xarajatlarning
kamayishi, samaradorlikning oshishi, cheklangan resurslar miqdorida cheklanmagan
ehtiyojlarni imkoni boricha qondirilishi kabilar shular jumlasidandir.
1
Moliyaviy
menejerlarning inqilob davrida duch kelgan muammolari sifatida ishlab chiqarishdagi
raqamlashuv, kibertexnologiyalar hamda ishga innovatsion yondashuv haqida va bu
vaziyatdagi menejerlarning qarorlarini ta’kidlab oʻtdik.. Shuni inobatga olgan holda,
bir qancha tavsiyalar keltirib oʻtish joiz boʻlib, ular quyidagilardir:
1
Anastasia Stefanukning “FinTech Weekly” jurnali 11.02.2020 sanadagi “Industry 4.0 And Its Impact
On The Financial
Services” nomli maqolasi
244
Har bir sohada faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning IT sohasi boʻyicha
malakasini oshirish, ya’ni raqamlashuv jarayoniga bosqichma-bosqich moslashtirish
zarur;
Oʻquv muassasalarida nafaqat axborot-texnologiyalar kabi, shuningdek barcha
ta’lim fanlari boʻyicha bilim beruvchi oʻqituvchilarning zamonaviy texnika-
texnologiyalarni qoʻllash va yosh avlodga oʻqitishi boʻyicha tizimini rivojlantirish
lozim;
Kadr boʻlib yetishadigan yosh avlod ta’lim tizimida informatsion
texnologiyalar va shu kabi fanlarni chuqur oʻrganishi lozim va bunga zaruriy shart-
sharoitlar yaratilishi talab qilinadi.
Umuman olganda, zamonaviy texnika-texnologiyalarni oʻrganish va uni ishlab
chiqarish yoki hayotimizning boshqa sohalariga qoʻllash uchun investitsiya kiritilishi
zaruriy chora hisoblanadi. Oʻzgarishlar hayotimizning bir boʻlagi sifatida namoyon
boʻladi va uni hayotimiz mobaynida turli javhalarda uchratishimiz mumkin ekan. Shu
tufayli bunday oʻzgarishlarga tayyor turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: