Biznes va fuqorolarning davlat bilan o`zaro munosabatlari.
REJA : 1.Kirish qismi
2 Tadbirkorlik subyektlari hamda fuqorolar
3 Tadbirkorlarning erkinligi mehnat faoliyati kafolati huquq doirasida
4 Statistika, kichik biznes, fuqorolar uchun shart-sharoitlar
Kirish Mamlakatda sud tizimini demokratlashtirish, sudlar faoliyati shaffofligini ta’minlash, aholi bilan muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirishga qaratilgan salmoqli ishlar bajarildi.Oliy sudning rasmiy veb-saytida barcha sud qarorlari doimiy ravishda e’lon qilinmoqda, sudlar o‘z qarorlarining mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirib kelmoqda, sud raislari har chorakda ommaviy axborot vositalari bilan brifinglar o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilishda sudlarning, ayniqsa, ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqaro va tadbirkorlarning haqiqiy himoyachisiga aylantirish zarur bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatda ma’muriy sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish talab etiladi. Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida:
1. Ma’muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining haqiqiy himoyaчисига aylantirishga qaratilgan quyidagi tartiblarni protsessual qonun hujjatlarida belgilanishini ta’minlasin:
Ma’muriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun o‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ektiga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish;
huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqiни taqdim etish hamda bunday talablarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlar vakolatiga o‘tkazish; ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash;
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini joriy qilish.
3. Jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining haqiqiy himoyaчисига aylantirish maqsadida mazkur qarorning 2-bandiga asosan protsessual qonun hujjatlarida belgilanayotgan tartiblar doirasida quyidagilar nazarda tutilsin:
taraflarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimini tuzish huquqini berish;
davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda ma’muriy sudga xabar berish;
davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimasini qo‘llash;
davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qo‘llanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qo‘llash.
4. Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, bunda da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazish;
ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanishini belgilash;
bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishni taqiqlash.
5. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roli bilan batafsil tanishtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi va izchil amalga oshirilishini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ijro hokimiyati organlari binolarining fuqarolar qabuli uchun ajratilgan maxsus joylarida ma’muriy sudlarning ijro organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni va ular tomonidan ko‘riladigan ishlar haqida tushuntirish beradigan bannerlarning ko‘rinarli qilib joylashtirilishini hamda ijtimoiy roliklarning doimiy asosda namoyish etilishini;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ma’muriy yustitsiya, uning ahamiyati hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilishda samarali huquqiy mexanizm hisoblanishi bo‘yicha tematik ko‘rsatuvlar hamda ijtimoiy roliklarning doimiy ravishda namoyish etilishini ta’minlasin.
6. Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni uni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini;
uch oy muddatda ommaviy-huquqiy nizolarni hal etish bo‘yicha ijobiy xalqaro tajribani inobatga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarning kiritilishini ta’minlasin.
7. Oliy sud Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hozirda fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilayotgan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha ishlarni, shu jumladan, akseptsiz tartibda undiriladigan ijro hujjati ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ma’muriy sudlar taalluqliligiga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.