Biznes subyektlarini soliqqa tortish, qoidalari va imtiyozlari


Kichik biznes subyektlarida audit va auditorlik taftishini о‘tkazish



Download 28,19 Kb.
bet3/4
Sana19.11.2022
Hajmi28,19 Kb.
#869051
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes subyektlarini soliqqa tortish, qoidalari va imtiyozlari

7.3. Kichik biznes subyektlarida audit va auditorlik taftishini о‘tkazish


Tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlarida moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini tо‘g‘ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari ham muhim rol о‘ynaydi. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim elementlaridan biri bо‘lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
О‘zbekistonda audit О‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati tо‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiriladi. Audit – xо‘jalik yurituvchi subyektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil yetuvchi tashkilotdir. Buni shunga vakil qilingan shaxslar – auditorlar (auditorlik firmalari) bajaradi.
Auditning asosiy maqsadi – moliyaviy va xо‘jalik operatsiya-larining tо‘g‘riligini va ularning О‘zbekiston Respublikasi qonun-chiligiga va boshqa meyoriy hujjatlariga nechog‘lik mosligini aniqlashdan, bularning tо‘la-tukisligi, aniq-ravshanligi, buxgal-teriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qо‘llanilayotgan talablarga nechog‘lik monandligini aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya’ni mijoz bilan shartnoma tuzib, xizmatlar kо‘rsatish ham kiradi.
Auditorlik faoliyati xо‘jalik yurituvchi subyektlarning fao-liyati ustidan mahsus vakolat olgan davlat idoralarining nazorati о‘rnini bosmaydi.
Auditning asosiy «harakatlanuvchi shaxsi» auditor va audi-torlik firmasidir. Auditor belgilangan tartibda auditorlik fao-liyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan hamda auditorlik kasbi rо‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. Auditorlik firmasi – yuridik va jismoniy shaxs tomonidan tuzilib, belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tgach, ustaviga kо‘ra auditorlik xizmati kо‘rsatish bilan shug‘ullanadigan tashkilot.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarida ochilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini о‘tkazish taqiqlanadi:
- tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va boshqa mansabdr shaxslari bilan yaqin karindosh bо‘lgan shaxsga;
- tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyektda shaxsiy-mulkiy manfaatlari bо‘lgan shaxsga;
- xо‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlariga, muassasalariga yoki mulkdorlariga;
- tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning filial-lari xodimiga;
- davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslariga;
- kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslarga.
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat rо‘yxatidan о‘tib, litsenziya olganlaridan keyin faoliyat boshlaydi.
Auditorlar va auditorlik firmalari qonunda belgilab qо‘yil-gan tartibda О‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligida Davlat rо‘yxatidan о‘tadi.
Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya davlat rо‘yxatidan о‘tgandan keyin beriladi. Ularni berish tartibi-ni О‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Auditorlar (auditorlik firmasi) quyidagi huquqlarga ega:
- xо‘jalik yurituvchi subyektning hisobotini audit qilish va tuzilgan shartnomaga binoan konsalting xizmati kо‘rsatish;
- О‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati tо‘g‘risi-da»gi qonuni va boshqa meyoriy hujjatlar talablariga binoan tekshiruvning shakl va usullarini mustaqil belgilash;
- tekshirilayotgan obyektda ham, uchinchi shaxslar qо‘lida ham bо‘lgan, tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkiy holati va faoliyatiga daxldor hujjatlar bilan tanishish imko-niyatiga ega bо‘lish;
- о‘tkazilayotgan tekshirish yoki kо‘rsatilayotgan auditorlik xizmati munosabati bilan tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlaridan va boshqa xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og‘zaki yoki yozma tarzda zarur izohlar olish;
- litsenziyadan mahrum etish haqida qaror qabul qilinganida sudga ariza bilan murojaat qilish va hokazo.
Auditor (auditorlar firmasi)ning burchlari:
- auditor tekshiruvini sifatli, mukammal о‘tkazish, tekshiruvlar о‘tkazish bilan aloqador boshqa auditorlik xizmati kо‘rsatish;
- tekshirilayotgan xо‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga tekshiruv vaqtida aniqlangan qonunchilikning buzilish hollari va buxgalteriya hisoboti yuritish hamda moliyaviy hisobotni tuzishga qо‘yilgan talablarning buzilish dalillari haqida ma’lumot berish;
- о‘z vazifalarini bajarish chog‘ida ma’lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar yetkazadigan ma’lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;
- uzrli sabablar bо‘lmasa, о‘z faoliyatini tо‘xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish va xulosa chiqarish;
- mabodo ishi va xulosalarida holis va obyektiv bо‘lishning imkoni bо‘lmay qolsa, о‘z faoliyatini tо‘xtatish.
Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xо‘jalik yurituvchi subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Xо‘jalik yuirtuvchi subyekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni tayinlagan yuridik shaxsning qaroriga kо‘ra auditor chaqirib olinishi mumkin, auditor bu haqda barvaqt yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini kо‘rsatib xabardor qilinadi.
Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga kо‘ra, boshqa ishlar qilinayotganida xizmatdan voz kechilsa, xо‘jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga haq tо‘lashi shart.
Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig‘i bilan auditorlik tekshiruvi о‘tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xо‘jalik subyekti zimmasiga tushadi, uning qо‘lida yetarli mablag‘ bо‘lmasa, tekshiruvni tayinlagan organ zimmasiga tushadi.
Mabodo xо‘jalik yurituvchi subyekt qо‘lida zarur mablag‘ bо‘lsa-yu, tekshiruv xarajatlarini tо‘lashdan bо‘yin tovlasa, prokuror auditor yoki auditorlik firmasining mulkiy manfaatlarini himoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart.
Xо‘jalik yuritish subyektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart:
- moliyaviy-xо‘jalik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi;
- og‘zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi;
- tekshirilayotgan obyektning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini sifatli ekspertiza qilish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi.
«Auditorlik faoliyati haqida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini auditorlik tekshiruvi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi:
- О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma’muriy javobgarlikka;
- litsenziya huquqini tо‘xtatib qо‘yish yoki auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyadan mahrum etishgacha (litsenziya bergan organ qaroriga muvofiq) bо‘lgan intizomiy jazolar beriladi.
Auditor faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar palatasini ochish nazarda tutilgan.
О‘zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlarning о‘zlari tashbbuskor bо‘lib tuzgan, ammo mustaqil audit о‘tkazish uchun ularning soni yetarli emas. Bu muammoni hal etish uchun Davlat mulk qо‘mitasi tashabbusi bilan 1996 yilning may oyida qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmati kо‘rsatish uchun mahsus agentlik – «Konsauditinform» tashkil etildi.
Hozirgi kunda qо‘shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyat-lari auditi, investitsiya fondlarining auditi va sug‘urta kompaniya-larining auditi shakllandi.



Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish