Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish Reja


Ko’zda tutilgan daromadlar summasi



Download 87,51 Kb.
bet3/4
Sana19.11.2022
Hajmi87,51 Kb.
#869010
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish

Ko’zda tutilgan daromadlar summasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olina-digan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, diskontlash koeffitsientlari bilan to’g’rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida so’mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar summasi aks etadi.
Ko’rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisobkitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgandir, agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo’ljallangan bo’lsa, bunday holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo’q.
Foydalilik koeffitsientiga asoslanib, agar koeffitsient 1,00 dan yuqori yoki unga teng bo’lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. CHunki, mablag’ bilan ta’minlash taqchilligi yuqori bo’lgan sharoitlarda foydalilik koeffitsientlari yuqoriroq bo’lgan loyihalarni qo’llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqaylik. Deylik, ikkita investitsion loyiha taqdim qilingan bo’lsin.
Birinchi loyiha bo’yicha xarajatlar hajmi 200 ming so’mni tashkil etib va bu jami 1 mln. so’m miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko’zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming so’mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo’yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so’mni talab yetgan holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so’mni tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming so’mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag’ esa 200 ming so’mni tashkil etib, birinchi loyihani investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo’sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yo’q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsienti 5 ga (1 mln. so’m : 200 ming so’m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so’m: 50 ming so’m) teng yekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming so’m mablag’ingizni foydalilik koeffitsienti 9 ga yaqin bo’lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so’mga yaqin sof daromadga ega bo’lasiz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko’pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsientlari bir xil bo’lgan bir nechta loyihalar bir vaqtning o’zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsientlar ko’pincha birbiridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsientlari kattaliklari bo’yicha, ya’ni ushbu koeffitsientlar miqdorining kamayib borish tartibini ko’rsatuvchi sxema tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Buni xarajatlar va daromadlar miqdoriga qarab quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (5.3.1-jadval).
Ushbu jadvaldan ko’rinadiki, agar kichik korxona 2,5 mln. so’mlik loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo’lsa, bu mablag’larni A, B, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bo’lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati bo’lsada, D loyihadan voz kechmoq. zarurdir.

Download 87,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish