Yakka tadbirkor Tojiddinov Sardorbekning yoshlar orasida sportni targ’ib etish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida mini-stadion qurish bo’yicha
BIZNES REJASI
MUNDARIJA:
Tadbirkor haqida qisqacha ma’lumot;
Loyihani tuzishdan maqsad;
Marketing tahlili;
Moliyalashtirish rejasi;
Harajatlar grafigi;
Xizmat ko’rsatish rejasi;
SWOT tahlili;
Kreditni qaytarish rejasi;
Xulosa.
Tadbirkor haqida qisqacha ma’lumot:
Loyiha rahbari: Tojiddinov Sardorbek Abduvahob o’g’li;
Tug’ilgan joyi: Andijon viloyati Izboskan Tumani Rovot MFY;
Tug’ilgan sana: 2000-yil, 28-aprel;
Millati: O’zbek;
Ma’lumoti: o’rta-maxsus(oliy);
Passport ma’lumoti: AB 4758956
Izboskan tumani IIB tomindan berilgan.
Loyihani tuzishdan maqsad.
Yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid siyosat davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Yoshlar davlatimizning kelajagi, rivojlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bu borada ularning kamol topishida, sog’lom bo’lib ulg’ayishida sport katta o’rin tutadi. Bu soha Prezidentimizning yoshlar uchun ishlab chiqilgan ‘’5 tashabbus’’ida ham o’z o’rnini topgan. Shu tufayli yakka tadbirkor Tojiddinov yoshlarni sportga, shu jumladan, futbol va voleybolga jalb qilish maqsadida mini-stadion qurishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.
Marketing tahlili.
Loyiha Izboskan tumanida qurilishi rejalashtirilgan. Hozirda tuman aholisi soni 190 ming kishi atrofida(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Izboskan_(tuman) ). Ularning 60%dan ortig’i -114 ming yoshlar ekanini hisobga olib, bu sohaning istiqbolli ekanini aytish mumkin. Bu soha bo’yicha hududda mahalliy raqobatchilarning yo’qligi, qolaversa ko’rsatiladigan xizmatning sifatliligi tadbirkorlikning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Moliyalashtirish rejasi
Loyiha turi
|
Mini-stadion
|
Qiymati
|
74mln so’m
|
Ishchilar soni
|
1ta
|
Raqobatchilar
|
Hududdagi boshqa raqobatchilar
|
Xizmat tannarxi
|
64’000so’m
|
Rentabellik
|
33%
|
Harajatlar grafigi:
Qurilish harajatlari:
T/r
|
Nomi
|
Narxi
|
Miqdori
|
Jami summasi
|
1
|
Truba katta
|
2000so’m
|
420m
|
840’000so’m
|
2
|
Truba kichik
|
1500so’m
|
500m
|
750’000so’m
|
3
|
Sement
|
800000so’m/t
|
10t
|
8mln so'm
|
4
|
Sim to’r
|
8000so’m/m2
|
840m2
|
6’720’000so’m
|
5
|
To’r
|
10000so’m/m2
|
840m2
|
8’400’000so’m
|
6
|
G005 Chim(gazon)
|
40000so’m/m2
|
800m2
|
32mln so’m
|
7
|
Kamera
|
300000so’m
|
2ta
|
600’000so’m
|
8
|
Projektor
|
400000so’m
|
4ta
|
1,6mln so’m
|
9
|
Quruvchilar
|
|
|
10mln so’m
|
10
|
Boshqa harajatlar
|
|
|
5mln so’m
|
|
Jami harajatlar
|
|
|
73,91mln so’m
|
11
|
Yillik umumiy harajatlar
|
|
|
113,5mln so’m
|
Tashkiliy harajatlar:
Marketing harajatlari: 2mln so’m;
Xodim uchun maosh: 2mln so’m;
Elektr energiyasi: 108’000 so’m;
Qo’shilgan qiymat solig’i: 2’894’000so’m;
Amortizatsiya ajratmasi: 771’000so’m;
Xizmat ko’rsatish rejasi.
Mini-stadion 7/24 xizmat ko’rsatadi. Xizmat tannarxi 64’000 so’m ekanligini hisobga olib, har kuni o’rtacha 5-6 ta jamoa foydalanshini hisobga olib xizmat narxi 70’000 so’m. Marketing ajratmasi hisobiga bannerlar, e’lonlar tayyorlanadi. Maktab, OTM, savdo do’konlarida, korxonalarda targ’ibot ishlari olib boriladi. Jamoalar maxsus forma, ichimliklar bilan ta’minlanadi, turli xil aksiyalar, ‘’sodiq mijoz xizmati’’ amalga oshiriladi. Ayollarni sportga rag’batlantirish uchun chegirmali va bepul xizmat taqdim etiladi.
SWOT tahlili:
s.
*sifatli xizmat;
*arzon narxlar;
*innovatsion faoliyat;
*sportga rag’batlantirish;
|
w.
*mavsumga qisman bog’liqligi;
*mijozlarni jalb qilish, tanilishning qiyinligi(yangiligi uchun);
|
O.
*yangi stadion qurish;
*yengil ozuqa sotishni tashkil etish;
*xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
|
T.
*raqobatchilarning paydo bo’lishi;
*tabiiy ofatlar;
*mijozlar qiziqishining so’nishi;
|
Kreditni qaytarish rejasi.
Loyihaning umumiy qiymati 113,5mln so’m, shulardan 100%i kredit hisobiga amalga oshiriladi;
Imtiyozli kreditning foizi 15%;
Qaytariladigan kredit summasi 130’525mln so’m;
Kreditni qaytarish muddati 12 oy;
Oylik summasi 10’880mln so’m.
Xulosa.
Yakka tadbirkor Tojiddinov berilgan kreditdan unumli foydalanib, ayollarni, yoshlarni sportga jalb qilish niyatida. Bu soha istiqbolli bo’lib, kelajakda tarmoqlarni yanada kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |