Asosiy iboralar va tushunchalar.
Mahsulotni kritik hajmi (pirovard hajmi) - doimiy harajatlar bilan o’zgaruvchan harajatlar miqdoridan iborat,
Aktiv-buxgalteriya hisobining bir qismi bo’lib, unda korxonaga tegishli barcha narsalar aks etdirilgan bo’ladi. Moddiy boyliklar, pul mablag’lari, olish kerak bo’lgan qarzlari ( ma’lum muddatlar).
Passiv-harajatlarni daromaddan oshib ketgan miqdorini aks etdiruvchi buxgalteriya balansining bir qismi. To’lov balansidagi defetsit.
Bank-kredit-moliya mua’ssasi bo’lib, unda korxonalarning yoki alohida shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari
to’plangan bo’ladi va ularni kredit (qarz, ssuda) sifatida beriladi, mamlakatda pul harakatini tartibga soladi.
Buxgalteriya hisobi - xo’jalik jarayonlarini, ularning natijalarini va pul hisobida ishlatilgan resurslarni hisob raqamlarida aks etdirish.
Valyuta boyliklari- xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog’ozlar; qimmatbaho metallar; qimmatbaho tabiiy toshlar.
Valyuta rezevlari - oltinni markazlashtirilgan zaxirasi va markaziy banklardagi va mamlakatning valyuta-moliyaviy tashkilotlaridagi xorijiy valyutalar.
Valyuta-mamalkat pul birligi; xorijiy davlatlarning pul belgisi; xorijiy pul berliklarida (veksel, chek va hokazo) ifoda etilgan muomaladagi va to’lovdagi hamda xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan kredit mablag’laridir.
Diversifikatsiya- shu firma ishlab chiqaradigan maxsulot turini kengaytirish; mamlakat iqtisodiyotini rivojlantrishdagi yangi sifatli xolat.
Diller-ko’pincha o’z nomidan va o’z hisobidan tovarni boshqalarga sotib yuboradigan shaxs yoki firma.
Diskont-vekselni hisobga olish; tovar bahosidan chegirma (skidka).
Mahsulot etkazib berish shartnomasi-shartnomaga muvofiq etkazib beruvchi kelishilgan muddatga tovarni xaridorga mulk sifatida topshirish majburiyatini
oladi, xaridor esa tovarni qabul qilish va uning uchun ma’lum miqdorda pul mablag’larini to’lash majburiyatini oladi.
Mijoz-doimiy xaridor, buyurtmachi;
Kontrakt - tovarga egalik qilish xuquqini sotuvchidan xaridorga o’tishini mo’ljallagan, tovar va xizmatlarni oldi-sotdi shartnomasi.
Baho liberalizatsiyasi-markaziy boshqarmalar nazoratidan bo’shatilishiga yo’naltirilgan bahoni shakllantirishning davlat siyosati yoki banday nazoratni anchagina bo’shashtirilishi;
Foyda-barcha korxona hisobiga tushgan pullar va minus barcha harajatlar, ya’ni foyda yoki zararlar.
Asosiy kapital-er., bino va dastgohlarni o’z chiiga olgan aktivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |