BIZNES PLAN TUZISH METODOLOGIYASI
Biznes-reja bo'limlarining tuzilishi va mazmuni
1.1 Biznes-reja tushunchasi
1.2 Biznes-reja tuzilishi
1.3 Biznes rejani tuzish sabablari
Biznes-reja –bu Kichik korxona yoki Mikrofir
maning kelgusida Marketing,Ishlab chiqarish,Daro-
madlar va Xarajatlar,Kreditni qaytarish hamda boshqa asosiy harakatlarini yoritib beruvchi mayoq,barcha mutaxassislar boshqaruvda tayanadigan boshqaruv mexanizmi,investorlarga sizning biznesingizni daromadli ekanligiga ishontira oladigan xujjatdir.Biznes reja korxonani kelgusidagi muammolarini ko’rish asosida ularning zarbalarini yumshatish yoki oldini olish imkonini ham beradi.
Biznes-rejaning ro’li va maqsadi:
Biznes-rejaning asosiy maqsadi : loyihaning shartlari, istiqbollari, iqtisodiy va ijtimoiy natijalariga yaxlit baho berish.
- Biznes-reja ko'p hollarda zarur investitsiyalarni olish vositasi sifatida ishlatiladi, shuning uchun u biznesni moliyalashtirish uchun kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi.
- Biznes-reja taklif etilayotgan biznesni asoslash va ma'lum vaqt oralig'idagi natijalarni baholashga xizmat qiladi.
- Biznes-reja – bu biznesni boshqarishda imkon beruvchi hujjat, shuning uchun uni strategik rejalashtirishning ajralmas elementi va bajarish va nazorat qilish uchun qo’llanma sifatida ko’rib chiqish mumkin.
- Biznes-rejani rejalashtirish jarayonining o’zi ichki boshqaruv vositasi sifatida ko’rib chiqish muhimdir.
Biznes-rejaning tarkibi, tuzilishi va hajmi
Biznes-rejaning hajmi, tarkibi va tuzilishini, uning tafsilotlarini aniqlash darajasini belgilovchi omillarga quyidagilar kiradi:
- faoliyat turining o'ziga xos xususiyatlari;
- korxona hajmi;
- biznes-rejani tuzish maqsadi;
- korxonaning umumiy strategiyasi;
- istiqbolli bozor hajmi va raqobatchilarning mavjudligi
- potentsial investorning talablari va boshqalar.
Biznes-rejani ishlab chiqish ketma-ketligi
- Mahsulotlar, xizmatlar haqida ma'lumot to'plash va tahlil qilish
- Savdo bozori haqidagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish
- Savdo bozoridagi raqobat holatini tahlil qilish
- Tarmoqning holati va istiqbollarini tahlil qilish
- Korxonaning holati va imkoniyatlarini tahlil qilish
- Marketing strategiyasini ishlab chiqish, mahsulot, narx, sotish va aloqa siyosati
- Hududlar, asbob-uskunalar, xodimlar va boshqa resurslarga ehtiyoj va ta'minlash usullarini aniqlash
8. Kerakli kapitalni hisoblash, xarajatlarni aniqlash, asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va rejalashtirish
9. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash, loyihaning yo'nalishi va ko'lamini aniqlash, samaradorlikni hisoblash
10. Tashkiliy tuzilmani, huquqiy yordamni va loyihani amalga oshirish jadvalini ishlab chiqish
11. Xatarlar va kafolatlarni bartaraf etish
12. Loyihaning xulosasini tuzish
13. Muqova sahifasini bezash
14. Biznes-rejani tayyorlash
Biznes-rejani ishlab chiqish ketma-ketligi
Biznes rejani tuzish sabablari:
Biznes reja ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tuziladi. Shunga mos ravishda har ikki holatda ham biznes rejani tuzishni oʼziga xos maqsadi va aniq vazifalari belgilab olinadi.
1. Аgar biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilsa, demak u investorlar va hamkorlarga taqdim etish uchun ishlab chiqiladi. Misol uchun
“Oʼzsanoatqurilishbank”dan kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit olish uchun tuzilgan biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilgan
biznes reja boʼlib hisoblanadi.
2. Biznes reja shuningdek ichki foydalanish uchun ham tuziladi. Bu holda biznes reja kichik korxonaning barcha kuchli va zaif tomonlari bilan
yoritilgan holda taqdim etiladi. Biznes rejaning bunday varianti kichik korxonaning boshqaruv vositasi sifatida ishlatiladi va doimiy tarzda shu korxona mutaxassislari tomonidan foydalaniladi. Kichik korxonada, agar biznes reja ichki foydalanish uchun ishlab chiqilsa, undan foydalanib
korxona muhim ustunliklarga erishishi mumkin.
Biznes-reja ishbilarmonlarga quyidagi 4 ta asosiy masalani yechishda yordam berishi kerak:
- Bozor sigʼimi va uni rivojlanish istiqbollarini oʼrganishda.
2. Bu bozorga zarur boʼlgan mahsulotlarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni baholash va bu xarajatlarni tovarlarni sotish baholari bilan solishtirib, moʼljallangan ishning foydaliligi darajasini aniqlashda.
3.Yangi biznesning birinchi yillarida bozorda kutilishi mumkin
boʼlgan toʼsiqlarni aniqlashda.
4. Ish rivojlanayotganligi, yoki orqaga ketayotganligini doimiy
baholab borish imkonini beruvchi signal-koʼrsatkichlarni aniqlashda
ETIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |