3-MAVZU.NOTIQLIK TARIXI NUTQIY AMALIYOT VA MADANIYAT KOʻZGUSIDA
5-topshiriq. Muloqotning biznesdagi o‘rni
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatanrasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari, xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy muammo samarali muloqot jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi. Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni keltirib chiqaradi. Muloqotdagi asosiy muammo talqin etilgan ma’no boʻlib, uni soʽzlovchi koʽzda tutmagan boʻlishi mumkin. Soʻzlovchi va tinglovchi alohida ikki shaxsligi, ularning oʻz cheklovlari mavjudligini va ular oʻrtasidagi xabarda ma’no buzilishi mumkinligini anglab yetish shart.
4-MAVZU: BIZNES MULOQOT SHAKLLAR.
6-topshiriq. O’z fikr mulohazalaringizni bildiring.
O’tmishda ovi yursa ham dovi yurmay, tobora kambag’allashib borayotgan bir dehqon yo’l chetida o’ylanib tursa, faqirgina yo’lovchi o’tib qolibdi. Shunda dehqon:
Ey donishmand, nima eksam, men boyib ketaman?- deb maslahat so’rabdi.
Yo’lovchi unga piyoz ekishni tavsiya etibdi. Qarangki, notanish yo’lovchining gapiga kirgan dehqon o’sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar – tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o’sha odmigina yo’lovchi uchraganida:
Ey gado, nima eksam, men yanada boyib ketaman?– deb ikkinchi marotaba murojaat qilibdi.
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo’lida davom etibdi. Falakning gardishini qarangki, keyingi yili dehqonning omadi chopmay, ilgarigidan ham kambag’allashib ketibdi.
Bundan g’oyatda g’azablangan dehqon haligi yo’lovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u notanish yo’lovchi bilan duch kelibdi va:
Ey notavon yo’lovchi, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada boyish o’rniga butkul kambag’allashib ketdim-ku?, - deb g’azab qilibdi.
O’zingni bos, - debdi yo’lovchi. – Birinchi yili sen myenga “donishmand” deb murojaat qilding. Men syenga donishmandning javobini berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar esa myenga “gado” so’zini munosib ko’rding va men syenga gadoning javobini berdim, - degan ekan...
O`qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |