7-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasi
“SINKVEYN” texnologiyasi haqida tushuncha
“SINKVEYN” – bu besh satrdan iborat boʻlib, unda berilgan tushuncha birinchi satrdan to toʻrtinchi satrgacha kyengayib boradi. Birinchi qatorda mavzu (kalit soʽz) beriladi,ikkinchi qatorda unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi. Uchinchi qatorda uni harakat-holat (fe’l) bilan toʻldiriladi. Toʻrtinchi qatorda soʻz har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi. Beshinchi qatorda kalit soʻzning ma’nodoshi (sinonimi) keltiriladi.
8
-topshiriq. Sxemada keltirilgan shakllarni muloqot uslublari bilan to`ldiring va ularni izohlang.
9-topshiriq. “Kalit soʽzlar” kommunikativ mashqi.
Talabaga samarali muloqot haqida kichikhikoyachatuzishvazifasitopshiriladi. Hikoyaning mazmunida talaba oʽzi hal qilolmayotgan muammo boʻlishi kerakligi ta’kidlanadi. Hikoyat tinglab boʻlingach, oʻqituvchi hikoyani tahlil qilish uchun 7 takalit soʽz (tushunchalar)ni ajratib yozishni taklif etadi:
Bu kalit soʽzlar hikoyaning eng Xarakterli jihatlarini aks etish kerak;
Kalit soʽzlar muammoni aks ettirish kerak;
Bitta emas, bir necha soʽz bilan ifodalanuvchi kalit tushuncha berish mumkin.
Kalit soʽzlar ro’yxati guruh talabalari tomonidan birgalikda tuziladi, 7 ta soʽzdan oshsa, kamaytiriladi, ba’zi tushunchalar qoʻshilib, yaxlit holga keltiriladi. Mashqni bir necha bor oʻtkazish mumkin. Yakunida oʻqituvchi suhbatdosh nutqida kalit so`zlarni ajratib olish koʻnikmasining kommunikativ vaziyatlardagi ahamiyatini aytib o’tadi. Shuningdek, har bir kalit so`z – kommunikativ vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi nuqta ekanligiga e’tibor qaratadi.
10-topshiriq. Matnni o’qing.
HIKOYAT
Bundog’ ayturlarki, Anushirovon Odilning zamonida bir xotin Abuzurjmehrning oldiga kelib, undan bir savol so’rdi. Abuzurjmehr ul savolni bilmamish erdi va xotinga qarab dedi: “Ey xotin, ul so’zni sen so’rorsan, uni bilmasman”. U xotin dedi: “Sen bugina so’zniki bilmassan, podshohning ne’matin nechun yersan?” Abduzurjmehr dedi: “Bilg’on so’z uchun yerman, ammo, bilmag’on so’z uchun yemasman. Har so’zniki bilmasman podshoh myenga ul so’z uchun hech narsa bermas va harna bersa bilg’on so’zim uchun berur”.
Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrot qilmag’il va ifrotni shumliq deb bilg’il. Har ishda miyona (o’rtacha) bo’lg’il, so’z aytmoqda va ish qilmoqda... Sangin bo’lg’il. Rozingni o’zingdin o’zga kishiga aytmag’il, Agar, aytsang so’ngra uni roz demag’il.
Haloyiqning orasida bir kishining qulog’iga so’z aytish yaxshi emasdur. Agar, bu so’z garchand yaxshi so’z bo’lsa ham, tashqarisindan uni yomon so’z deb gumon qiladilar va ko’p odamlar bir – birlaridan dargumon bo’ladilar. Gar so’z demoqchi bo’lsang, shunday so’z degilki, so’zingning rostlig’iga guvohlik bersinlar. Agar, o’zingni zo’rlik bila aybdor qilmoq tilamasang, biror narsaga guvoh bo’lmag’il va Agar, guvoh bo’lsang, guvohlik berar vaqtda ehtiroz bo’lg’il. Agar, guvohlik bersang, mayl bila bermag’il.
Har so’zni andisha bila boshlag’il, toki aytg’on so’zingdin pushaymon bo’lmag’aysan.
Andishani ilgari tutmoq ham bir nav karomatdur. Hech so’zni eshitishdan diltang bo’lmag’il. Ul so’z ishingga xoh yarasun, xoh yaramasun, uni eshitg’il, to yuzingga so’z eshigi beklanmasun va foydasi favt bo’lmasin.
Sovuq so’zlik bo’lmag’il. Sovuq so’z bir tuxumdur, undin dushmanlik hosil bo’lur.
11-topshiriq. Xorij davlatlarning tadbirkorlari ko’nikmalari va odatlarini Venn diogrammasi asosida tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |