4-topshiriq.
Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik faoliyatida, hisob- kitob, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1.Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 2.Tuzilgan sanasi va joyi; 3.Tartib raqami va tasdiq belgisi, 4.Matn sarlavhasi, 5.Hujjat turi nomi (dalolatnoma), 6.Hujjat tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi k
Ishonchnoma – muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjatdir. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
abilar). 7. Komissiya tarkibi (raisivaa’zolar).8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar.11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro vaqtidagi belgi.
Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki, bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya voqealarga aloqador va nomi ko‘rsatilgan shaxslarni hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak.
Yuqorida aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin, ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham bir-biridan o‘zaro farqlanadi:
topshirish - qabul qilish dalolatnomalari;
moliyaviy – xo‘jalikfaoliyatini taftish etish dalolatnomasi;
kassani taftish qilish paytida tuziladigan dalolatnomalar;
uy-joy sharoitini tekshirish asosida tuziladigan dalolatnomalar.
Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra ishonchnomalar bir gallik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmatdor buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr mobaynida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi.
U
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar - davlat muassasalari, kasaba uyushmalari, xo‘jaliklari, tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi.
mumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli- tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish muddati albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |