3-topshiriq. Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring.
4-topshiriq. O`qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang.
So`zlaringda bo`lsin bo`sin fikru o`y yoniq,
Bo`lsin har so`zingda bir nuqta aniq (Xisrav Dehlaviy).
“O`ylamasdan so`zlama, har bir so`zni oʻylab gapir, to aytgan so`zingdan pushaymon boʻlmagaysan” (Kaykovus).
“Ey farzand, so`zning yo`z va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir”( Kaykovus).
“Shunday so`zlagilki, bu so`z bekor va zoye ketmasin”( Kaykovus).
“So`z eshitishdan qochma, kishi so`zni eshitish bilan notiq bo`ladi”(Kaykovus).
“Agar, nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi” (Aristotel).
"So`zingga ehtiyot bo`l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo`l, tishing sinmasin."(Yusuf Xos Hojib).
"Bilib so`zlasa, so`z donolik sanaladi,
Nodonning so`zi o`z boshini yeydi" (Yusuf Xos Hojib).
"Aql ko`rki so`zdir va til ko`rki so`z,
Kishi ko`rki yo`zdir, bu yo`z ko`rki koʻz" (Yusuf Xos Hojib).
"Tug`ilgan o`ladi, ko`r, nom-nishonsiz qoladi,
So`zingni ezgu so`zla, oʻzing abad o`lmaysan." (Yusuf Xos Hojib).
5-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi.
Har bir tushunchaning tahlilini toping.
№
|
Tushunchalar tahlili
|
Tushunchalar
|
1.
|
Kishilardagi tez va toʻgʻri fahmlay olish qobiliyati.
………..
zakovat (7ta).
|
Sabr
|
2.
|
Qizim syenga aytaman, qizlarga atalgan soʽzlar muallifi.
|
Ixlos
|
3.
|
Ayo doʻst biliglik izin izlagil, neni soʽzlasang, bilib soʽzlagil.
|
Axmad
Yugnakiy
|
4.
|
Lahzalami daqiqalarga, daqiqalami soatga, soatni kunlarga, kunlami haftalarga, haftalarni oylarga mujassam
etgan soʽz (3taV ..
|
Тursunoy Sodiqova
Содиқова
|
5.
|
Tashkiliy ishlarda bosh-qosh boʻladigan, oʽz fikrini oʻtkaza oladigan, jamoada barchani ergashtira oladigan shaxs
|
Afandi
|
6.
|
Yaqin insonni boshqalardan qizgʻonish
|
Vaqt
|
7.
|
Biror narsani oʻvlab topish, yaratish, yangilik kiritish
|
Arxiv
|
8.
|
Mumtoz she’riyatda keng qoʻllangan badiiy tasvir vositasi, “shaxslantirish” ma’nosini anglatadi
|
Toshbaqa
|
9.
|
Bosh kiyim
|
Istirob
|
10.
|
Kichkina dekcha. Ichi toʻla mixcha
|
Ninachi
|
11.
|
Yorugʻlikning sinonimi
|
Rashk
|
12.
|
Kichkina boʻlishiga qaramay koʻp yeydigan hasharot
|
Bola, lola
|
13.
|
Gʻam, alam, qayg’u, dardlar yigʻndisi
|
Ravshan
|
14.
|
Ona bilan ...., gul bilan ....
|
Anor
|
15.
|
Tarixiy ma’lumot, huiiatlar saqlanadigan joy
|
Tashxis
|
16.
|
U har narsaning davosi
|
Salla
|
17.
|
Eng sekin yuruvchi hayvon
|
Kashfiyot
|
18.
|
Oʻzbek latifalaridagi bosh qahramon
|
Lider
|
19.
|
Biror narsaga jon dil bilan amal qilish
|
Yil
Sodiqova
|
20.
|
Chidamlilik, bardosh soʽzlariga sinonim
|
Farosat
|
6-topshiriq. Turli uslublarda qo‘llanuvchi (ilmiy, publitsistik, rasmiy, badiiy va so`zlashuv) 20 ta so’zning har biriga bittadan gap tuzing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009.
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.
Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. [15: 57-60]
6-MAVZU: BIZNESDA MUHOKAMA
1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.
Muhokama kimningdir bilimga ijodkor yondashuvini rivojlantirish usulidir. Biz xulosa chiqarishni va ijobiy hissa qoʻshishga ishonganimiz uchun, bahsda boshqalarni tinglashni oʻrganamiz. Biz fikrlarimizga xulosa chiqarishdan oldin asosiy masalalarni ham koʻrsatishni oʻrganamiz.
Muhokama - aks ettiruvchi o‘ylash, fikr yuritish, fikrlash jarayonidir. Muhokamada biz oldindan belgilangan masalalarni bir oz muddatda davom ettirishimiz mumkin, biroq, taxminlarga asoslangan gʻoyamizni ayta olmaymiz. Muhokama bizning aks ettiruvchi o‘ylashimiz va fikrlarimiz jarayonidir.
Muhokamada biz oldindan belgilangan masalalarni bir oz muddatda davom ettira olamiz, biroq, oldindan tushunilgan gʻoyani oʻtkaza olmaymiz. Bu aks ettiruvchi chunki, u boshqalarning qanday o‘ylashi va nimani ifodalashiga bogʻliqdir. Sogʻlom va muvaffaqiyatli munozara kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va uygʻunlikka erishadi. Munozarada har bir qatnashuvchi oʽzining Hayoliy fikrini, oʽzining takliflari, gʻoyalarini qoʻshishi bilan birga oʽzgacha yechimlar, gʻoyalar to‘gʻri gʻoyalar sanab o‘tilmaguncha taklif etilmaydi.
Bahsning taniqli xususiyatlariga quyidagicha izoh beriladi:
Oʻzaro faoliyat: guruhdagi bahsning bosh xususiyati guruhdagi turli a’zolarning oʽzaro faoliyatidir. Ular bir-birlarining e’tiborini ogʻzaki ravishda qaratish orqali kuzatadilar va muloqot qiladilar.
Guruh a’zolari: guruhdagi muhokama faqatgina guruh yetakchisi va izdoshlaridan tashkil topganda samarali boʻladi. Yetakchi fakt va ma’lumotlarni jamlaydi, fikrlashni bir qolipga soladi hamda muammoning yechimiga rozi bo`ladi. Guruh a’zolari esa bir-birlariga hurmat bilan faol ravishda bogʻlanadilar.
Jalb etilish: guruh muhokamasining yaroqliligi va samarasi koʻp darajada a’zolarining faol qatnashishlariga bogʻliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |