4-mavzu. Og’zaki muloqot
1-topshriq. Matnni o’qing. Og`zaki muloqot xususiyatlarini so’zlab bering.
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, goʽzallik kategoriyalarini voqelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy funksiyasi kishilar oʻrtasidagi muloqotni ta’minlashdir.
Muloqot til vositalari orqali soʽzlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda muloqotga kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Muloqot ogʻzaki va yozma koʻrinishlarga ega boʻladi.
Biroq, muloqotning bu ikki koʻrinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Ogʻzaki muloqot soʽzlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud boʻladi, soʽzlash jarayoni tugashi bilan ogʻzaki muloqot ham tugaydi. Lekin, muloqot ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.
Og`zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi,shuning uchun, har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun, kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun, voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
2. Bunda xotiraning roli katta. Agar, xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi.
3. U qanday shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
4. Ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi.
5. Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
6. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi.
Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir bo`ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham meHanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. MeHanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va oʽz ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi.
Og`zaki muloqot afzalliklari
Tezlik: Tinglovchilar bilan muloqotga kirishar ekansiz, xabarni jo‘natish va olish oʻrtasida kechikish boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |