Biznes muloqot va akademik yozuv


-TOPSHIRIQ. Insonlar bilan muomala qilishqoidalari



Download 1,71 Mb.
bet176/208
Sana25.03.2022
Hajmi1,71 Mb.
#510149
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   208
Bog'liq
Бизнес мулоқот 2019-20

13-TOPSHIRIQ. Insonlar bilan muomala qilishqoidalari
Quyida o’zaro munosabatlarda va tadbirkorlik faoliyatida albatta, rioya qilish zarur bo’lgan hamda muvaffaqiyat eshigini ochib berishi mumkin bo’lgan ko’nikmalar va turli xil insonlar bilan muomala qilishning ba’zi bir qonun-qoidalarini qisqacha holda keltirib o’tamiz:

  • Boshqa insonlarni, ular kim, qaerda va qanday holatda bo’lganlariga qaramay, zinhor tanqid qilmang. Haqiqatan ham, birovni tanqid qilish tamoman foydasiz, chunki, tanqid qilinayotgan inson o’z obro`sini yo’qotmaslik uchun o’zini turli xil usullar bilan himoya qila boshlaydi. Insonlar bilan muloqot qilishning yana bir muhim siri bor bo’lib, unga asosan, insonlarga biror narsa qildirish uchun ularda bunday qilishga istak uyg’otish kerak bo’ladi. Har bir inson boshqasidan nimasi bilandir ustun turadi va shuning uchun, ham undan nimanidir o’rganib olish mumkin. Shuning uchun, insonlardagi ijobiy jihatlarni topishga urining va uning bu afzalliklari haqida rostguylik bilan chin dildangapiring.

  • Insonlarga ta’sir ko’rsatishning birgina usuli bor, u ham bo’lsa ular nima hoxlayotganliklari haqida gapirish va bu istaklarini qanday qondirishlari mumkinligini aytishdir.

  • Agar, Siz insonlarga qiziqish bilan yondoshsangiz va shunga mos holda ular bilan muomala qilsangiz, Sizni hamma erda xursandchilik bilan qabul qiladilar. O’z do’stlaringizning tug’ilgan kunlarini, to’ylari bo’lgan sanani va boshqa muhim kunlarni yodda tuting. Xuddi o’sha kunlarda ularni tabriklash yoki eslashni unutib qo’ymang. Insonlarni ular uchun muhim bo’lgan kunlarda alohidahurmat vae’tiborbilantabriklang.

  • Kerakli odamlarning nimalarga juda ham ishqiboz ekanliklarini bilib oling va ular bilan shu haqda gaplashishni boshlang – bunda ular Sizni juda yaxshi bilimdon odam ekan degan xulosa chiqaradilar va ishingizning bitishi anchaosonlashadi.

  • Insonlarda yaxshi taa’surot qoldirishning eng oddiy usuli nima? Boshqa insonlarda yaxshi taa’surot qoldirish va ularning Siz bilan bo’lgan muloqotdan xursand bo’lishlari uchun ular bilan uchrashganda va muloqot qilganda ochiq chehra bilan jilmayib turing va ich-ichingizdan xursandchilik his eting hamda buni chin dildan qiling. Orzuingizdagi baxtingizga erishish uchun eng avvalo Siz o’z fikrlaringizni boshqara olishingiz kerak bo’ladi.

  • Agar, shu ishni qilmasangiz, Sizning ishingizunchalikyurishmaydi! Agarda o’z do’stlaringizning va hamkorlaringizning nomini aniq bilmasangiz, ular Sizni unchalik hurmat qilmaydilar va Siz bilan hisoblashmay qo’yadilar, bu esa Sizga ancha noqulayliklartug’diradi.Shuning uchun, barcha tanish va do’stlaringizning nomlarini, oilalarini, qiziqishlarini, ish sohalarini va odatlarini, siyosiyqarashlarinijuda yaxshi bilib oling. Chunki, o’rtacha odamni eng avvalo uningismiqiziqtiradi va u bunga alohida ahamiyat beradi.

    • Boshqalarga yaxshi odam bo’lib ko’rinishnig eng yaxshi usuli -ularni

diqqat bilan tinglashdir. Iloji bo’lsa faqat u so’zlasin, Siz faqatgina uni tinglang va uning fikrlarini maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirib turing. U so’zlayotgan chog’da uning aytayotgan gaplari va fikrlari bilan juda
ham qiziqishingizni ko’rsating. Jaxli chiqib ketgan va xafa bo’lgan Xaridorni Sizning ishingizdan qoniqqan odamga aylantiring. Buninguchun:
a) Uning barcha gaplarini birortasini ham qoldirmay va e’tiroz bildirmay eshiting;
b) Albatta,Xaridor tomoni bo’ling va Sizning magaziningizda (korxonangizda) yomon tovar yoki xizmatlar sotilishi mumkin emasligini va ishlab chiqarilmasligini uqtiring;
v) Siz ayb nimada va kimda ekanligingizni bilmasligingizni ochiq va oydin bildiring. So’ngra uni bezovta qilganligingiz uchun kechirim so’rang va unga yana kelishini hamda bu gal unga albatta, qoniqarli xizmat ko’rsatilishini ayting.
Xaridorning e’tiroz va shikoyatlarini tinglay olmaydigan boshqaruvchilarni insonlar bilan muloqotdan chetlashtirish maqsadga muvofiq, chunki, aks holda Sizning barcha ishingiz barbod bo’lishi mumkin.
Kerakli insonlar va mijozlar haqida barcha narsalarni to’liq bilib olishga intiling, chunki, faqat shundagina ular bilan foydali muloqot qilishga muvaffaq bo’lasiz.

    • Qanday qilib insonlarni biror nimaga qiziqtirishmumkin?

Inson ishonchini qozonishning eng yaxshi va oson usuli – u qiziqadigan va u juda ham katta baho beradigan narsalar, hodisalar, ma’lumotlar haqida u bilan suhbat qilishdir. Shuning uchun, biror bir kishi bilan suhbat qilishdan avval u nimaga qiziqishini va nimalar uning jonli hamda faol qiziquviga sabab bo’lishi mumkinligini bilib olishga harakat qiling. U bilan faqat uni qiziqtiradigan narsalar va ma’lumotlar haqidasuhbatlashing.

    • Qanday qilib insonlarda Sizga nisbatan ishonch uyg’otish mumkin?

Buning uchun suhbatdoshingizda qandaydir qoyil qoldiradigan, boshqalarda qaytarilmaydigan va ajoyib bir xususiyat toping hamda bunga qoyil qolganingizni bildiring. U hozir buni kutmagan va Siz uchun hozir hech nima qila olmagan taqdirda ham unga qandaydir bir yoqimli amal qiling. Obro`-e’tiborli inson yoki hurmatga sazovor amaldor yoki boy odam bo’lmasdan burun ham atrofingizdagi insonlarning afzalliklarini tan oling. Bu amallar yordamida deyarli har kuni juda ajoyib natijalarga erishasiz. Doimo hurmat va ehtiromni anglatadigan “Bezovta qilganim uchun kechirasiz”, “Iltimos”, “Sizga katta rahmat”, “Minnatdorchilik bildiraman”, “Sizning yordamingizsiz myenga juda qiyin bo’lar edi” kabi so’zlarni ishlating. Esingizda tursin, katta natijalarga erisha olmagan muvaffaqiyatsiz insonlargina o’zlarining kamchiliklarini baqiriq, janjal, maqtanchoqlik va xafaqonlik bilan berkitishga harakat qiladilar. Bu esa atrofdagilarda juda ham yomon taa’surot qoldiradi. O’z suhbatdoshingizga uning hurmatga sazovor ekanini uqtirishga harakat qiling va uni bunga chin dildan ishontiring. Agar, kimdir Sizni yaxshi ko’rib qolishini istasangiz, u haqda faqat yaxshi va ijobiy ma’lumotlarnigina gapiring. Aks holda, dushman orttirib qolishingiz mumkinbo’ladi.

    • Birov bilan gap talashmang, chunki, bunda hech qachon g’olib bo’lolmaysiz!

Gap talashishning o’ntadan to’qqiztasining natijasi-o’laroq, har bir tomon o’zining to’g’riligiga oldigidan ham ko’proq ishonib qoladi. Agar, Siz gap talashishda g’olibchiqsangiz,demak,Sizmag’lubbo’lgantomonningg’azabigauchraysiz,uSizning g’alabangizdan qattiq xafa bo’ladi. Insonni yuzaki jihatdan ishontirgan bo’lsangiz ham, u hech qachon o’z fikridan qaytmaydi.

    • Dushman topishning eng oson usuli va qanday qilib bundan qutulishmumkin?

Agar, Siz suhbatdoshingizga “Sen nohaqsandesangiz, bu bilan uning obro`siga putur etkazgan bo’lasiz.
Juda kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko’pchilik hayotga to’g’ri nazar bilan qaramaydi, nimalargadir ishonadi, boshqa obro`-e’tiborli shaxslarning fikrlari bilan zaharlangan, o’zi haqida juda yuqori fikrda, qizg’anchiq, maqtanchoq va o’ziga juda ishongan bo’ladi. Shuning uchun,ham ular o’z odatlari va ishongan narsalarini o’zgartirishni istamaydilar. Fikringizni qat’iy bildiradigan so’zlarni ishlatmang, ularning o’rniga “Fikrimcha”, “Qo’rqamanki”, “Faraz qilamanki”, “Menimcha” degan so’zlardan foydalanganingizma’qul.

    • Agar, nohaq bo’lsangiz – buni tanoling!

Agar, suhbat davomida qo’qqisdan nohaq ekanligingizni bilib qolsangiz, hamsuhbatingizdan avvalroq buni tan oling. Bunda hamsuhbatingiz payqab qolganidan so’nggi uning ayblovidan avvalroq o’zingizni-o’zingiz tanqid qiling. O’z shaxsiy xatolarini tan olmoqlik insonni umumiy darajadan yuqori qo’yadi va uning qalbini yaxshilik hamda tantana bilan to’ldiradi. Esingizda tursin: “Janjal bilan ko’p narsaga erisha olmaysan, lekin, kelishish bilan kutganingdan ham ko’p narsa olishingizmumkin”.

    • Inson qalbiga eng to’g’ri yo’l topish uchun unga hech qachon bosim ko’rsatmang, uni hech nimaga majbur qilmang va hech kimni o’z nuqtai- nazaringizni va fikringizni tan olishga majbur qilmang. Agar, boshqa odamlarning o’z fikringizga qo’shilishlarini istasangiz, avval boshdanoq ularga do’stona uslubda muomalaqiling.

    • Suqrotning muloqot qilish siri (insonni “Ha” deyishga majbur qiling).

Biror bir inson bilan suhbat qilishda hech qachon u bilan Siz va u turli xil fikrlarda bo’lgan muammolar mavzusidan gap boshlamang va zinhor bu haqda munozara qilmang. Avval boshdan u bilan bir fikrda bo’lingan masalalar haqida gapiring va bularga urg’u bering. Suhbat davomida doimo ikkalangiz bir maqsad yo’lida harakat qilayotganingiz haqida gapiring va ikkalovingiz orangizdagi farq masala mohiyatida emas, balki uni hal qilish usullarida ekanligiga alohida urg’u bering. Hamsuhbatingiz avval boshdanoq “Ha, Ha” degan gaplarni gapirsin, unga “yo’q” deyishga iloji boricha imkon bermang. Har qanday inson biror bir fikrni aytgandan so’ng, unga rioya qilishga majbur bo’ladi, shuning uchun, bu uni “Ha” deb javob berishga undash, maqsadga erishish yo’lida sehrli kalit bo’lib xizmat qiladi.

    • Shikoyatlarni ko’rib chiqishda yordam beruvchiusul.

Hamsuhbatni o’z fikringizga ishontirish kerak bo’lganda o’zingizning juda ko’p gapirishingiz juda ham qo’pol xato bo’ladi. Insonlarga biror bir narsani zo’rlab sotish mumkin emas, ular istasalargina Sizdan nimadir sotib oladilar. Bu holda ham Siz shikoyat qilgan insonga o’z fikringizni sotishingiz kerak bo’ladi, shuning uchun, ularda bunga istak uyg’otishingiz maqsadga muvofiq. Esingizda tursin: fikringizni uqtirmoqchi va biror bir amaliy natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, iloji yuoricha ko’proq vaqt hamsuhbatingiz gapirsin. Siz esa asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan unga fikringizni tushuntirishingizmumkin.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish