5-topshiriq: “Tushunchalar tahlili” metodi. Har bir tushunchaning tahlilini toping. Quyidagilarning moslarini topib birlashtiring.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
Tahlil qilmoq
|
Dalillar keltirish
|
Baholamoq
|
Murakkab mavzuni qismlarga bo’lgan holda yetkazish
|
Tasvirlamoq
|
Mavzuni bo’limlarga bo’lish va har biri to’g’risida batafsil to’xtalib o’tish
|
Muhokama qilmoq
|
Mavzuni qismlarga bo’lgan holda tahlil qilish va aloqadorlikni ko’rsatib berish
|
Sinovdan o’tkazmoq
|
Taklif kiritish va uning ijrosini ta’minlash
|
Misol keltirmoq
|
Biror narsa haqida to’liq ma’lumot berish
|
Tafsilotlarni bermoq
|
Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish
|
Taklif qilmoq
|
Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan holda uning kamchilik va ustunlik tomonlarini tahlil qilish
|
Umumlashtirmoq
|
Mavzuning ahamiyati to’g’risida fikr yuritish
|
6-topshiriq. “Jamoaviy hikoya” metodi
Kichik guruhlarga tarqatma rasmlar asosida hikoya tuzish vazifasi beriladi. Guruh a’zolari rahbar, rassom, muharrir, matn tuzuvchini oʽzlari tanlaydilar. Bu metod ham muloqot odobi, bir maqsadda birgalikda ishlash, bir-birining fikrini eshitish va hurmat qilish xislatlarini tarbiyalaydi.
7-topshiriq. Quyidagi maqollardagi iqtisodiy so`zlarning ma`nosini va qo`llanishini tahlil qiling.
Qimmatda bir hikmat bor,
Arzonda bir illat bor.
Asl aynimas, oltin zanglamas.
Arpa bug`doy osh ekan, oltin kumush tosh ekan.
Oltin uzukka – olmos ko`z.
Axmoqqa salom berdim, besh tanga tavon berdim.
Saxiy xor bo`lmas, baxil bor bo`lmas.
Boshing ikki bo`lmaguncha,
Moling ikki bo`lmas.
Moling ko`p bo`lsa, maqtanma,
Boshing ko`p bo`lsa to`planma.
Boylik – boylik emas,
Birlik boylik.
Bir yil tut ekkan, yuz yil gavhar terar.
Kishining moli kishiga, sud qilmas.
Bozordan bir boy chiqmaydi,
Bir gadoy chiqmaydi.
Boy boyga (boqar), suv soyga oqar.
Boy bo`lsang sholg`om ye,
Kambag`al bo`lsang, palov ye.
8-topshiriq. Tahrir haqidagi matnni o`qing, matn mazmunidan kelib chiqib 10 ta savol tuzing.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Respublikamizda tahrir ishlariga alohida ahamiyat berilgan hamda nashriyot, matbuot haqidagi qonunlar va qarorlar e’lon qilingan.
Tahrirning shakllanishi bosmaxonalar va nashriyotlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Nashr va noshir tushunchalari bir-biriga bog‘liq. Nashr turlari va xillari rang barangdir va ularning tahririda o‘ziga xos talab, muammolar mavjud.
Siyosiy, ijtimoiy-ommaviy, adabiyotlarning matnini tahriridagi asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik va safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‘chirma (sitata)bozlikdan qochish zarur.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‘ziga xoslik- tashviqot va targ‘ibot bo`lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‘llash tamoyillariga e’tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‘llashning o‘ziga xosligi – ommaviylik va tushunarlilik, ta’sirchanlik ta’minlovchi omillarga asoslanadi. Ijtimoiy- siyosiy nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim.
Ilmiy va texnikaviy nashrlar oldiga qo‘yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga mo‘ljallanganliga bog‘liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va ularning lisoniy-uslubiy, matniy o‘ziga xos bo‘lilb, ularning turlari va ularning bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy–texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi: bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta’riflash, tahlil va muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‘ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy ommabop bayon oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar - matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga asoslanadi. Sof ilmiy bayondan “qochish” zarur. Ilmiy ommabop nashrlar uchun xos bo‘lgan matniy, lisoniy- uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‘p bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi va bayon uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‘rsatgichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar, referativ to‘plam yoki maxsus nashlarni tahrir qilish talablari o‘ziga xosdir: ularning matniy tuzulishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
O‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq qiladi. Bu o‘qish va o‘qitishning turlari, xillari bilan bog‘liq.
Bildirgich adabiyot turlariga: qomuslar, lo‘g‘atlar, bildirgichlar kiradi. Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy, kasbiy. Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va mezonlari mavjud. Lug‘atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‘atlar, tarjima lug‘atlari, izohli lug‘atlar, imlo lug‘ati, talaffuz lug‘ati; sheva va lahja lug‘atlari, olinma (o‘zlashtirma) so‘zlar lug‘ati, terminlar va kasb-hunar lug‘ati. Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Badiiy adabiyotning tur va xillari rang-barangdir. Adabiy-badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, badiiy asar matni tahriri oldiga qo‘yiladigan talablar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |