Ish stolingizni (shu jumladan, kompyuteringiz ish stolini ham) hozirgi paytda hal qilinayotgan masalalarga bog’liq bo’lmagan barcha ma’lumot, fayl, papka va qog’ozlardan tozalang.
Ishlarni ularning muhimligiga bog’liq ravishda bajaring va kuningizni rejalashtiring. Rejalashtiruvchi dasturlardan foydalanish nur ustiga a’lo nurdir!
Agar oldingizda biror-bir muammo paydo bo’lgan bo’lsa, uni mavjud dalillarga tayanib, darhol hal qiling. Oldingizda turgan masalalarni hech qachon keyinga qoldirmang.
Ishni ratsional tashkil qilishga, vazifalarni maqsadga muvofiq ravishda taqsimlashga va ularni rejali tarzda bajarishga o’rganing hamda doimiy nazoratni uyushtiring.