8-MAVZU: IQTISODIY HUJJATLARNI YARATISH VA YOZISH
1-topshiriq. Quyidagi arizalarga namunalar yozing:
a) ishga joylashish to`g`risida;
b) ishdan bo`shash to`g`risida;
v) o`quv (akadem) ta’til berilishi to`g`risida;
g) moddiy yordam so`rash to`g`risida
2-topshiriq. Tarjimai holning tuzilishiga e’tibor bering va tarjimai holingizni yozing. Tarjimai holingizdagi atoqli otlar (antroponim va toponim)ning ma’nosini izohlang.
Tarjimai hol qo‘lyozma holida bo`lib, unda quyidagi ma’lumotlar qamrab olinadi: muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari, ma’lumoti, mutaxassisligi, o‘qigan, ishlagan joylari, jamoat ishlari, oilaviy ahvoli (turmush o‘rtog‘i, farzandlari) haqidagi ma’lumotlar, yashash manzili, yozilgan sana va imzo.
Do'stlaringiz bilan baham: |