7-topshiriq. “Kalit soʽzlar” kommunikativ mashqi.
Talabaga samarali muloqot haqida kichik hikoyacha tuzish vazifasi topshiriladi. Hikoyaning mazmunida talaba oʽzi hal qilolmayotgan muammo boʻlishi kerakligi ta’kidlanadi. Hikoya tinglab boʻlingach, oʻqituvchi hikoyani tahlil qilish uchun 7 ta kalit soʽz (tushunchalar)ni ajratib yozishni taklif etadi:
Kalit soʽzlar ro’yxati guruh talabalari tomonidan birgalikda tuziladi, 7 ta soʽzdan oshsa, kamaytiriladi, ba’zi tushunchalar qoʻshilib, yaxlit holga keltiriladi. Mashqni bir necha bor oʻtkazish mumkin. Yakunida oʻqituvchi suhbatdosh nutqida kalit so`zlarni ajratib olish koʻnikmasining kommunikativ vaziyatlardagi ahamiyatini aytib o’tadi. Shuningdek, har bir kalit so`z - kommunikativ vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi nuqta ekanligiga e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |