Boy ota kambag’al ota
Ushbu kittobda Robert qanday qilib iqtisodiy erkinlikka erishish xaqida to’liq malumot beradi…
Bu kittobda go’yo uning ikki otasi bo’lib biri boy va biri kambag’al bo’ladi…
U kambag’al ota qiyofasida o’z otasini boy ota qiyofsida eng yaqin do’sti bo’lgan Maykning otasini ko’rsatadi…
Ushbu kitob yosh u qariga birxilda juda foydali bo’lib iqtisodiy erkinlik sirini olishingiz mumkun…
Kanbag’al otani fikricha davlatga ishlash yaxshi, ishidan ajrab qolish eng yomon ish deb biladi…
Boy ota kambag’al ota kittobida asosiy ilgari surilgan g’oya shundan iboratki maktablarda bollalarga faqatgina qanday qilib oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirib biror bir yerga ishga kirish haqida chuntiriladi. Robertning fikrich maktabda bollalarga oz bo’lsada moliyaviy biliom berilishi shart va kerakdur…
Ota onalarning bolaga berishi mumkun bo’lgan eng yomon maslaxat bu yaxshi oliy o’quv yurtni bittirib biror yerga ishga kir….
Robertning fikrich ota-ona bolaga pul nima va uni qanday toppish lozimligi haqida unga boshdan malumot berib borishi lozim. Shunda gina bola ulg’aygach unda iqtisodiy bilim yaniy(tejamkorlik, ishni ko’zini bilish) shakillangan bo’ladi va u xech qayerda qiynalib qolmaydi…
Har kim o’z farzandiga bilganich talim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning o’z qarashi bor. Ammo kelajak kimning yo’li to’g’riroq ekanini albatta, ko’rsatadi…
Robertning fikrich hayotta doimo peshqadam bo’lish uchun hamisha izlanib yashash lozim. 1980 yillda Robert yirik kampaniyaga ishga kiradi. Yilliga 500 ming dollar evaziga u yerda 8 oy ishlagandan so’ng u oz mallakalarini oshirish maqsadida eltuv hizmatiga arzimagan maosh evaziga o’tib kettadi bundan unung maqasadi faqat va faqat ko’nikma va malaka bo’lgan xolos. Bu ishdan unung otasini juda jaxli chiqdi uni bu yo’ldan qaytarish maqsadida unga ko’p tanbeh beradi. Amma Robert o’z bilganidan qolmaydi….
Meni ikki otam bo'lib, biri boy biri esa kambag’al edi. Biri oliy ma'lumotli va aqlli edi. U 4 yillik o'qishni 2 yilda tamomlab, Doktarant boldi. Keyin Stenford Universiteti, Chikago Universiteti va Shimoliy Sharqiy Universitetlarda qo'shimcha ta'lim olib, ma'lakasini oshirdi. Barchasida oliy stipendiyaga o'qidi. Boshqa otam esa 8-sinfni ham tugallamagan edi.
Ikkala kishi ham o'z kasblarida muvaffaqiyatli, hayotlari davomida ko'p ishlar edilar. Ikkalasi ham talaygina daromad ishlab topishdi. Lekin biri doimo moliyaviy qiynalardi. Biri esa Gavayaning eng boy odamlaridan biriga aylandi. Biri o'limidan so'ng oilasiga o'n millionlab dollar, har hil korhonalar va o'z cherkovini qoldirdi. Boshqasi esa qarzlarini qoldirdi.
Ikkalasi ham kuchli, salobatli va saviyasi baland kishilar edi. Ikkala kishi ham maslahat berishdi, ammo lekin bir hil narsani maslahat berishmadi. Ikkala inson ham yaxshi bilim olish kerak derdilar, lekin bilim olishni har xil yo'lini tavsiya etishdi.
Agar meni birgina dadam bolganda edi, men uni maslahatini qabul qilgan yoki rad etgan bolar edim. Ikki otam bo'lishi, menga qarama-qarshi fikrdan tanlash imkoniyatini berdi: biri boy dadamniki va biri kambag’al dadamniki.
Oddiygina birini yoki boshqasini qabul qilish yoki rad etish o'rniga men ko'p fikrlashni, taqqoslashni va keyin o'zim uchun to'g'risini tanlashni lozim topdim. Qiyin tomoni shunda ediki, boy dadam hali boy emas, kambag'al dadam hali kambag'al emas edi. Ikkisi ham ishini endi boshlagan edi. Pul tomondan o’zlari va oilalari qiynalar edi. Lekin ular pul haqida umuman turli hil qarashga ega edilar. Masalan, bir dadam " Pulni yahshi ko'rmoq - barcha musibatlarning o'zagi" derdi. Boshqasi esa " Pul yetishmovchiligi - bu barcha musibatlarning o’zagi” derdi.
Ikki kuchli dadaning ta’siri men yosh bolaga qiyinchilik tug’dirar edi. Men yaxshi farzand bo’lishni va quloq solishni hohlar edim, ammo lekin ikkala dadam har hil narsani gapirishar edi-da.
Asosan pul haqida dunyo qarashlari qarama-qarshiligidan men qiziquvchan bo’lib ulg’aydim. Men har biri nima haqida so’zlayotganini uzoq vaqt davomida o’ylashni boshladim.
Ko’p vaqtimni mulohaza qilish, o’z-o’zimga “Nega u bunday dedi?” kabi savol berish bilan va keyin huddi shu savolni boshqa dadamning aytgan so’zlariga berish bilan o’tkazdim. “Ha uning gaplari to’g’ri”, “Gapingizga qo’shilaman” deyish osonroq edi. Yoki oddiygina qarashlarini rad etib, “Qari chol nima haqida so’zlayotganini bilarmidi” deyish edi. Uning o’rniga yaxshi ko’rgan ikki dadam borligi, meni ko’p o‘ylashga va ohir oqibat o’z fikrlash yolimni tanlashga majbur qildi. Bundan kelib chiqib, hayotim davomida boshqalarga quloq solmay, har qanday vaziyatga qaramay o’z fikrimga ega boldim.
Boyning yanada boyishi, kambag’alning esa, battar kambag’allashishi va o’rta aholini qarz bilan qiynalishining asosiy sabablaridan biri pul mavzusi maktabda emas, balki uyda o’rgatilishidir. Ko’pchiligimiz pul haqida ota-onamizdan o’rganganmiz. Shunda kambag’al ota-ona farzandiga pul haqida nima deya olsin? Ular oddiygina qilib, “Maktabda yaxshi o’qigin, bolam ” deya olishadi. Balki farzandi maktabni a’lo baholarga tamomlashi mumkindir, lekin moliyaviy fikrlash qobiliyati sust bo’ladi.
Afsuski pul maktabda o’rgatilmaydi. Maktabdagi bilim, moliyaviy bilimga emas, balki tayanch bilimga yollantirilgandir. Bu aqli o’tkir bank hodimlari, shifokorlar va hisobchilar oliy ma’lumotli bo’la turib, nega doimo hayotida moliyaviy qiynalishini tushuntiradi. Davlatning ko’p qarzi borligi, siyosatchilar va davlat hodimlarining k’opchiligi pul mavzusi haqida ozgina yoki umuman bilimga ega bo’lmay turib, moliyaviy ishlarni hal qilishi sabablidir.
Bugungi kunda meni, bir oz vaqtdan so’ng moliyaviy va tibbiy yordamga muhtoj bo’lgan millionlab halqimiz bilan nima sodir bo’lishi tez-tez o’ylantiradi. Ular oilasi yoki davlat tomonidan moliyaviy yordamiga muhtoj bo’ladilar. Bepul tibbiy yordam ba ijtimoyi yordam pulsiz qolganda nima sodir bo’ladi? Halqimiz qanday qilib jon saqlashi mumkin. Agar farzandlariga pul haqida bilim berish, kambag’al yoki bora-bora kambag’allashayotgan ota-onaga qoldirilishi davom etar ekan – halqimiz qanday qilib omon qolishi mumkin?
So’zi o’tkir ikki otamdan ham o’rgandim. Men ikki dadam maslahatlari ustida o’ylash davomida “imkoniyat va samara” degan qimmatli tushunchaga ega bo’ldim. Misol uchun, bir dadamning “Men buni qila olmayman” deb gapirish odati bor edi. Boshqa dadam bu so’zni ishlatishni ta’qiqlagan, o’rniga “Men qanday qilib bu ishni uddalashim mumkin?” deb so’rashni talab qilardi. Biri bayonot biri esa savol.
Biri umidingizni puchga chiqaradi va boshqasi esa sizni fikrlashga majburlaydi. Meni boy bo’layotgan dadam “Men buni eplay olmayman ?” deb o’ylamasdan aytilgan gap miya ishini to’htatadi deb tushuntirar edi. “ Men bu ishni qanday qilib uddalashim mumkin?” savolini o’zingizdan so’rash bilan miyangiz ishlashni boshlaydi. Bu faqat boylik va mol-dunyoni nazarda tutmaydi. Boy dadam dunyodagi eng kuchli compyuter yani miyani mashq qilishga ishqiboz edi. U “ Miyyam kundan-kunga kuchliroq bo’layapti, chunki uni chiniqtirayapman ” derdi. Qancha kuchliroq bo’lsa, shuncha ko’p pul ishlab topaman. U o’ylamasdan “ Men buni eplay olmayman” degani aql dangasaligiga ishonar edi.
Ikkala dadam ham ko’p ishlashiga qaramay, lekin birini pul masalasiga kelganda miyyasi uxlashini, boshqasi esa miyasini ishlatishiga e’tibor berdim. Natijada biri moliyaviy kuchli bo’lib rivojlandi, boshqasi esa sust. Bu mashq zaliga borib doimiy shug’ullanadigan inson bilan divanda o’tirib televizor ko’radigan kimsadan unchalik farqi yo’q. Jiddiy jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish salomat bo’lish imkoniyatini oshiradi, jiddiy aqlingizni mashq qilish esa boy bo’lish imkoniyatingizni oshiradi.
Ikki dadamning qarama-qarshi qarashlari ularning fikr yuritishiga ta’sir qilar edi. Bir dadam boy ozgina baxti uchun ko’p soliq to’lashi kerak deb o’ylardi. Boshqasi esa “ Soliq bu ishlab chiqaruvchini jazolaydi va ishlab chiqarmagan kimsani rag’batlantiradi” deb fikrlar edi.
Bir dadam “Shijoat bilan o’qisang yaxshi tashkilotdan ish topasan” deb tavsiya berdi. Boshqasi esa “Shijoat bilan o’qisang, sotib olish uchun yahshi tashkilot topasan ” deb tavsiya berdi.
Bir dadam “ Boy bo’lmaganimni sababi, siz farzandlarim bo’lgani” derdi. Boshqasi “Boy bo’lishim zarurligi sababi, siz farzandlarim borligi” derdi.
Biri pul va ish haqida ovqatlanish stoli atrofida gapirishni quvvatlar edi, ayni vaqtni o’zida boshqasi ovqatlanish vaqtida pul mavzusini muhokama qilishni ta’qiqlar edi.
Biri “ Pul masalasiga kelganda, ehtiyotkor o’ynagin.Havf-hatarga qo’yib, tavakkal qilmagin” desa. Boshqasi esa “Havf-hatarni va tavakkalni boshqarishni o’rgan” derdi.
Biri “Uyimiz eng katta sarmoyamiz va bizni yirik mulkimiz” deb ishonardi. Boshqasi esa “ Uyim – bu sarf-harajat. Agar uyingiz eng katta sarmoyangiz bo’lsa, boshingiz tashvishda” ligiga ishonardi.
Ikkala dadam ham soliqlarni vaqtida to’lashar edi. Haligacha biri soliqlarni birinchi bo’lib to’laydi, o’sha vaqtni o’zida boshqasi soliqlarni ohirida to’laydi.
Bir dadam davlat yoki ishxona bizni zaruriyatlarimizni qoplashiga va himoya qilishiga ishonar edi. U doimo oylik maosh, nafaqaho’rlik, bepul tibbiy yordam, ta’til kunlari, kasallik tufayli ta’til va boshqa imtiyozlar haqida havotir olar edi. U 20 yil hizmat qilib, umrini ohirigacha juda katta nafaqaga ega bo’lgan ikki harbiy tog’asiga havas qilar edi. Harbiylarga oliy tabaqada tibbiy yordam, katta nafaqa va boshqa imtiyozlar berish fikri yoqardi. Yana universitet orqali yerga ega bo’lish sistemasi ham yoqardi. Hayoti oxirigacha ish bilan ta’minlangani va ishxona beradigan imtiyozlari, osha vaqtda ishning o’zidan ham muhimroq tuyular edi. U ko’pincha, “ Davlatga ko’p va qattiq ishladim, shuning uchun bu imtiyozlardan foydalanishga huquqim bor” derdi.
Boshqasi esa moliyaviy tomondan butkul o’ziga ishonar edi. Imtiyozlardan foydalanish fikri qattiyatsiz va moliyaviy muhtoj insonlarni yaratadi deb gapirardi. U moliyaviy puhta bilimga ega bo’lish kerakligini ta’kidlardi.
Bir dadam bir necha dollarni yig’ishga ko’p tirishardi. Boshqasi esa pulini sarmoyaga qoyar edi. Bir otam yahshi ish topishim uchun qanday qilib ta’ssurot qoldiradigan tarjimayi hol yozishni o’rgatdi. Boshqasi esa yangi ish joylarini yaratish uchun qanday qilib mustahkam ish va moliyaviy reja yozishni o’rgatdi.
Ikki kuchli otaning mahsuli bo’lish, turli hil fikrlarning ularning hayotlariga ta’sirini kuzatish imkonini berdi. Men haqiqatdan ham insonlar fikrlashi orqali o’z hayotlarini bir shaklga solib qoyishini payqadim.
Misol uchun, kambag’al dadam doimo “Men hech qachon boy bo’lmayman” derdi. Va bu bashorat haqiqatga aylandi. Boshqa tarafda boy dadam esa, o’zini doimo boy inson qilib ko’rsatardi. U “Men boy odamman. Boy odamlar bu ishlarni qilmaydi” derdi. U katta moliyaviy omadsizliklardan honavoyron bo’lganda ham o’zini boy odam deb ko’rsatar edi. O’zini “Kambag’al bo’lish bilan honavayron bo’lishning orasida katta farq bor. Honavayronlik – bu vaqtinchalik. Kambag’allik esa - doimiy” deb yupatar edi.
Kambag’al bo’lish bilan honavayron bo’lishning orasida katta farq bor. Honavayronlik – bu vaqtinchalik. Kambag’allik esa - doimiy.
Kambag’al dadam “Pul meni qiziqtirmaydi.” Yoki “Pulning ahamiyati yo’q” deb aytardi. Boy dadam esa “Pul – bu qudrat” derdi.
Bizni fikrimiz kuchi hech qachon o’lchanmagan yoki qadrlanmanmagan.
Lekin men yosh bolaga o’z fikrlarimdan ogoh bo’lish va o’zimni qanday ifoda etishimni muhimligini aniq bilar edim. Kambag’al dadam kambag’al bo’lishi kam pul ishlab topganida emas, balki eng muhim tarafi uning o’ylari va sayi-harakatlarida ekanligini kuzatdim. Men yosh bolaning ikki dadasi bo’lishi, qaysi fikrni o’zimniki deb foydalanishda ehtiyotkor bo’la boshladim. Boy dadamga quloq solishim kerakmi yoki kambag’al dadamga? Ikki dadam ham o’qish va o’rganishni hurmat qilsa ham, ularning fikrlari nimani o’rganish muhimligida zid edi. Biri meni ko’p o’qib, doktorlik darajasini olish va pul topishim uchun yahshi ish topishimni hohlar edi. U mohir advokat yoki hisobchi bolishimni va biznes maktabiga borishimni hohlar edi. Boshqasi esa boy bo’lishim uchun o’qishimni, pulning qanday ishlashini tushunishimni va pulni men uchun ishlashini o’rganishimni talab qildi. U qayta-qayta “Men - pul uchun ishlamayman!” deb takrorlar edi. “Pul - men uchun ishlaydi!”
9-yoshimda pul haqida boy dadamdan o’rganishni va unga quloq solishga qaror qildim. Shunday qilib kambag’al dadamni ilmiy daragasi bo’lsa ham unga quloq solmaslikni tanladim.
Boy otasi o’z bilimiga suyanishni va biladigan sohasiga pul tikishni o’rgatadi….
Robert kiosaki shu kungacha 10 ta lab kitob yozgan ularning barchasi hayotda yanada muvoffaqiyatli bo’lish uchun…
Ulardan:
1) BOY OTA KAMBAGAL OTA
2) BOY BOLA AQILLI BOLLA
3) PUL OQIMINING KVADRANTI
4) YOLLANMA ISHCHINING TADBIRKORGA AYLANISHI
5) YOSH VA BOY XOLATDA ISHLASHDAN FORIG’ BO’LISH
6) SARMOYA TIKISH SANATI
7) KICHIK BIZNESDAN KATTASIGA
8) AGAR BOY BO’LISHNI ISTASANG MAKTABGA BORMA
9) IKKINCHI IMKON
10) BOY AKA BOY OPA
Do'stlaringiz bilan baham: |