Biznes muloqot jarayoni. Muloqot maqsadi



Download 383,13 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi383,13 Kb.
#583993
  1   2   3
Bog'liq
Biznes muloqot jarayoni. Muloqot maqsadi


BIZNES MULOQOT JARAYONI. MULOQOT MAQSADI
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Muloqotning maqsadi
Har bir kishining oʻz “Meni” atrofdagilar bilan boʻladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yoʻllari avval oilada, bogʻcha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan ehtiyojdir. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin. Muloqot jarayoni shaxslararo munosabatlarning shunday koʻrinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan oʻzaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, oʻzaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir oʻtkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi.
Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon boʻlishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir oʻtkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish oʻquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida gʻayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish boʻlgʻusi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu oʻzini oʻzi ortiqcha yoki past baholash tufayli oʻziga va uni qurshab turgan odamlarga notoʻgʻri munosabatdir. Biroq buning oldini olish imkoniyatlari mavjud boʻlib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
- hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari oʻrtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
- muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
- insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari toʻgʻrisidagi axborotni egallashga oid maxsus mashgʻulotlarni uyushtirish.
- shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga moʻljallangan ishbilarmonlik oʻyinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Muloqot shakillari. Ogʻzaki muloqot. Yozma muloqot
Muloqotning bu ikki koʻrinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Ogʻzaki muloqot soʽzlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud boʻladi, soʽzlash jarayoni tugashi bilan ogʻzaki muloqot ham tugaydi. Lekin muloqot ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.
Og`zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat:


1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
2. Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi.
3. U qanday shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
4. Ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi.
5. Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
6. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi.
Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir bo`ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin.
Yozma muloqot soʽzlovchi va qabul qiluvchi ogʻzaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali boʻlimlararo va boʻlimlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni soʽzlar orqali xabarlar yuborishni oʽz ichiga oladi. Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda boʻlishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada boʻlmas ekan, ogʻzaki nutq koʻngildagidek boʻlmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qoʻllashga toʻliq imkoniyat boʻladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda ogʻzaki nutqdagi kabi hayajon boʻlmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq ogʻzaki nutqdan koʻra ravon, aniq va izchilroq boʻladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy boʻladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq ogʻzaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Ogʻzaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar – bamisoli tafakkur mashqlaridir.
Biror voqelik yoki hodisa to‘gʻrisida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita 57
fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shugʻullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shugʻullanmagan kishining yozma nutqi bilan ogʻzaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.



Download 383,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish