«Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni berada. Korxonalar iqtisodiyotiga bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |