Ta’minot jarayonining hisobi
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi xaqidagi xaqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari xaqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning xaqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy hajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari va boshqalar);
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va h.k.);
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
sotib olish;
ta’sischilarning hissasi tariqasida;
bepulga olish;
Moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 1000000 so‘m.
Debet 0110-0190
Kredit 4610
misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan hissa sifatida olindi.
Boshlang‘ich qiymat 1000000 so‘m. Eskirish summasi 240000 so‘m.
Qoldiq qiymati 760000 so‘m.
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga:
Debet 0110-0190 1000000 so‘m.
Kredit 4610 1000000 so‘m.
Asosiy vositaning eskirish summasiga:
Debet 4610 240000 so‘m.
Kredit 0200 240000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini tashqil etadi.
misol. a) Kompyuter xarid qilish maksadida “A4TECH” kompaniyasiga to‘lov hisoblandi 500000 so‘m.
Debet 0820 500000 so‘m.
Kredit 6010 500000 so‘m.
Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov hisoblandi 20000 so‘m
Debet 0820 20000 so‘m.
Kredit 6990 20000 so‘m.
Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to‘lov hisoblandi 60,000 so‘m.
Debet 0820 60000 so‘m.
Kredit 6990 60000 so‘m.
so‘m.
“TECH” firmasiga kompyuter keltirish uchun to‘lov o‘tkazildi 500.000
Debet 6010 500000 so‘m.
Kredit 5110 500000 so‘m.
Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 20000 so‘m. Debet 6990 20000 so‘m.
Kredit 5110 20000 so‘m.
Programmalash xizmati firmaga to‘lov o‘tkazildi 60000 so‘m. Debet 6990 60000 so‘m.
Kredit 5110 60000 so‘m.
Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida
asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m.
Kredit 0820 580000 so‘m.
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq kerak:
Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;
Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim qilinayotganligiga.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport- tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi. Mehnat buyumlari hisobi 1000–“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da yuritiladi. mehnat buyumlari bilan xaqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining xaqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari
yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |