Kazus-3 Xorazm viloyati hokimligi Xiva shahridagi ichan qalʼa majmuasini taʼmirlash maqsadida tanlov (tender) eʼlon qilinmasdan restavratsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi obro’li “Resta” MCHJ bilan toʻgʻridan to’g’ri shartnoma tuzdi. Xorazm viloyati xokimligi tender oʻtkazilmaganligini sababi sifatida Ichan qalʼa obyektining tarixiy ahamiyati yuqoriligi va ushbu obyekt restavratsiyasini faqat ishonchli kompaniyalarga ishonib topshirish zarurligi bilan izohladi. Bundan tashqari Ichan qalʼa majmuasini restavratsiya qilish masalasi hukumat qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturida belgilanib ketilganligini ham taʼkidlandi.