Savol: “Air Cooling” korxonasi tomonidan raqobat qonunchiligi buzilganmi? Javobni asoslang.
Kazus-19 Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan import goʻsht mahsulotlarining hajmi bozorda kamayishni boshlaydi. Natijada mamlakatda goʻsht narxi 55 ming soʻmdan 80 ming soʻmgacha oshib ketadi. Bu oʻz navbatida isteʼmolchilarning keskin noroziligiga sabab boʻladi. Aholining toʻlov qobiliyati va ijtimoiy zaif qatlamlarni himoya qilish maqsadida goʻsht narxining oshib ketmasligi uchun barcha hududlardagi mahalliy davlat boshqaruv organlari (xokimiyatlar) bozorda 1 kg. goʻshtni qatʼiy 60 ming soʻmdan qimmat sotmaslik boʻyicha chakana savdo doʻkonlariga ogʻzaki koʻrsatma beradi. Belgilangan narxdan qimmat sotgan qassob va doʻkonlar tegishli maʼmuriy choralar koʻrilishi bilan ogohlantiriladi.