Biznes faollikni davlat tomonidan tartibga solinishi


Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda



Download 468,66 Kb.
bet3/4
Sana24.06.2022
Hajmi468,66 Kb.
#698179
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes jaroyonlarini boshqarish fanidan SAX 011 18 Roziqov A Q mustaqil (1)

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) o‘tkazilganligi va ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur bo‘lgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, tovar va moliya bozorlarida monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarga qo‘llanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
halqaro e’tirof etilgan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;
aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarini hamda tadbirkorlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha qisqa muddatli pulli, xususan, keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan o‘qitishni tashkil etish;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish;
aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid o‘quv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash.
3. Quyidagilar:
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat diplomining namunasi 5-ilovaga muvofiq;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Oliy maktabning muassisi hisoblanadi;
Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oliy maktab korporativ boshqaruv va loyiha boshqaruvi, biznes va tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Oliy maktab direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5. Oliy maktabga Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishgan holda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab vazirliklar, idoralar va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari va strategik rivojlanishidan kelib chiqqan holda, sohaviy xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma “ikki diplom” (double degree) modeli asosida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish huquqi berilsin.
6. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyati, xizmatlarni tijoratlashtirish va eksport qilish, innovatsion faoliyat natijalari, startap loyihalar asosida tushadigan mablag‘lar;
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga va moliya bozoridagi boshqa vositalarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), professor-o‘qituvchilari va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish, ilmiy darajaga beriladigan qo‘shimchalar va ijtimoiy himoyani ta’minlash maqsadida Oliy maktabning budjetdan tashqari Rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab jamg‘armasi) tashkil etilsin va uning moliyaviy manbai etib to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar belgilansin.
Oliy maktab jamg‘armasi budjet mablag‘lari (budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida nazarda tutilgan) bilan bir qatorda to‘lov-kontrakt asosida tushadigan mablag‘lari hisobidan Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), professor-o‘qituvchilari va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash fondining 185 foizigacha miqdorida tashkil etilsin.
Oliy maktab jamg‘armasining mablag‘lari Oliy maktab shtatidagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tarif stavkasining 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilashga yo‘naltirilsin.
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) mazkur qaror 2-bandining oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
b) Oliy maktab va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etishda foydalaniladigan davlat mulki bo‘lgan bino va xonalarning maydonlariga hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari auditoriyalarida tekin foydalanish asosida va kommunal xizmatlar to‘lovisiz o‘quv kurslarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;
v) Oliy maktab magistraturasida ta’limning kechki shaklida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar belgilangan muddatgacha o‘z kuchida qoladi.
9. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi:
a) ikki hafta muddatda Oliy maktab ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
b) bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Oliy maktab hududiy filiallarini joylashtirish choralarini ko‘rsin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
bir oy muddatda Oliy maktab xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin va yuqori darajadagi zarur zamonaviy bilimlarga va ko‘nikma hamda ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbar va pedagogik mutaxassislar bilan ta’minlasin;
ikki oy muddatda Oliy maktabda o‘qitishning kredit-modul tizimi to‘g‘risidagi nizomni, oliy ta’limning sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarini, fan dasturlarini va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
10. Oliy maktab:
a) quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Davlat statistika qo‘mitasi, moliya, iqtisodiy taraqqiyot, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari;
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xorijiy matbuot sharhlari, shu jumladan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy ma’lumotnomalari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qo‘shimcha hukumat aloqasi va zarur aloqa kanali hamda keng polosali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyalangan axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirmasdan ikki hafta muddatda qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabining hamda Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining:
Oliy maktabga o‘tkazilayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini Oliy maktabga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
12. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 468,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish