boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir.
Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar
samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning
tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni tuldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari.
Xuquqiy aqtlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus to’zilgan
boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy
jixatdan ta’sir utkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maksadga
erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan
ma’muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini
boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan
boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan kushib olib
boriladi. Bu ko’p xollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy xuquqni qo’llash, ya’ni qaror va
farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-
farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha
7
kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli
kulamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni urganish masalalarini xam kamrab oladi.
Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashqiy tizim,
boshqaruvning xar bir bo’g’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi
va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror. Farmoyishlarni
bajaradi, qadrlarni tanlaydi va joy-joyiga kuyadi va x.k. Boshqaruvning tashkiliy
farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va
yunalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq xolda ta’sir etishning tashkiliy-
farmoyish usullari uch guruxga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va
intizom.
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maksadi xamkorlikda
ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va
vakolatlarni taksimlash, tartib o’rnatish va x.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy
shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turi mavjud. Tashkiliy
reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning
maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash
maksadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar xaqida
Nizomni ko’rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo,
materiallar sarfini meyorlash, maxsulotlar ishlab chiqarishga mexnat sarfi ishlab
chiqarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standartlar,
meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va x.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish
meyorlari (maqbul ishlanma kulami). Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi
xujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan xolda kundalik jadal
boshqarish maksadida qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maksadi boshqaruv
apparatining aniq xarakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror
ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq,
farmoyish, ko’rsatma va boshqa meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq -
bu raxbarning kul ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni yozma yoki ogzaki
ravishda alab qilishidadir. Buyruq fakat chiziqli boshqaruv tizimi raxbari tomonidan
beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini xal
etishni talab qilishdir. Farmoyish boshlik o’rinbosarlari, xizmatlar boshliklari, ular ega
bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir
qilish usullaridan biri - ogzaki ko’rsatmadir. Ta’sir qilish usullaridan biri - ogzaki
ko’rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi raxbarlar, lekin
ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliklari, ustalar qo’llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan fark kiladi. buyruq va
farmoyishlar o’zok yoki kiska muddatda muljallangan bo’ladi. Xar bir buyruq yoki
farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, kachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta’sir
etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni
ko’prok talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan sung yana farmoyish bilan
ta’sir etishga extiyoj tugiladi. Farmoyish usulining qo’llanish kulami boshqaruv qadrlari
malakasi, tashabbuskorligi va kobiliyatiga bog’liqdir.