Xulosa. 0 ‘zbekistonda yakka tadbirkorlar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu tadbirkorlikning oddiy shakli bo‘lib, xususiy mulk va shaxsiy mehnatga asoslanadi va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi. Lekin davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. Yakka tadbirkorlik shaxsiy va birgalikdagi tadbirkorlik ko‘rinishida, birgalikdagi tadbirkorlik esa, o'z navbatida, oilaviy tadbirkorlik va oddiy shirkat ko‘rinishida tashkil etilishi mumkin. Ulaming har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan xususiy tadbirkorlik alohida o‘rin egallaydi. U xususiy firma (korxona), fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ko‘rinishlarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini xususiy korxonalar va fermer xo‘jaliklari tashkil etadi va tadbirkorlik sektorida ulaming roli kattadir. Bundan tashqari, jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida ham ular asosiy rol o‘ynaydilar. Respublikada jamoa tadbirkorligi ham rivojlanib bormoqda. U turli darajalarda turli ko‘rinishlarga ega: ishlab chiqarish kooperativi, xo‘jalik shirkatlari (to‘liq shirkat, kommandit shirkati), xo'jalik jarni168 yatlari (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati). Bulardan xo‘jalik jamiyatlari keng tarqalgan bo‘lib, tez rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda qo‘shma tadbirkorlik va qo‘shma korxonalar muhim rol o‘ynaydi. Bunday tadbirkorlik tufayli respublikaga tashqaridan investitsiyalar, ilg‘or texnika va texnologiyalar olib kiriladi, shu paytgacha ishlatilmagan resurslar jalb qilinadi va natijada iqtisodiyotni qayta tashkil etish tezlashadi.
0 ‘zbekistonda kichik tadbirkorlik ham tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Kichik tadbirkorlik ishlovchilar soni cheklangan xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar majmuyidir. Kichik tadbirkorlik subyektlariga uchta toifa kiradi: yakka tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar. Kichik tadbirkorlik bir qator afzalliklarga ega bo‘lgani uchun ham yashovchan bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi kichik tadbirkorlikka tegishli. Uni qo‘llab-quvvatlashga davlat ham alohida e’tibor bermoqda va natijada uning salohiyati ko‘tarilib bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: - T.: “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014y. -40b.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2008 y. -692 B
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston” yil 1 yanvar. O’zbekistonRespublikasining “O’zbekistonRespublikasiMarkaziybankito’g’risida”giqonun, T.: “O’zbekiston”, 1995.
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 1996.
O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonuni T.: “O’zbekiston” 2003.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida"gi PQ-1438-son Qarori. 26.11.2010 y
O’zbekistonRespublikasiPrezidentining "Banktiziminingmoliyaviybarkarorliginiyanadaoshirishvainvestitsiyaviyfaolliginikuchaytirishchora-tadbirlarito’grisida"giPQ -1317-sonQarori. 06.04.2010 y.
O’zbekistonRespublikasiPrezidentining “Tijoratbanklaridepozitlarigaaxolivaxo’jaliksub’ektlaribo’shpulmablaglarinijalbetishniyanadaragbatlantirishko’shimchachora-tadbirlarito’grisida”raQarori. PQ-1090- son 06.04.2009 y.
10.O’zbekistonRespublikasiPrezidentining “Banklarningkapitallashuviniyanadaoshirishvaiqtisodiyotnimodernizatsiyalashdagiinvestitsiyajarayonlaridaularningishtirokinifaollashtirishchora-tadbirlarito’g’risida”giQarori. №PQ-67012.07.2007 y. O’zbekistonRespublikasiPrezidentining “Banktiziminiyanadarivojlantirishvabo’shpulmablag’larinibankaylanmasigajalbetishchora- tadbirlarito’g’risida”giQaroriPQ-726. 07.11.2007 y.
12.O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining “Tijoratbanklariningkichiktadbirkorliknirivojlantirishdaqatnashishinirag’batlantirishgadoirqo’shimchachora-tadbirlarto’g’risida” 2000 yil 19 maydagi 195-sonqarorigao’zgartirishvaqo’shimchalarkiritishhaqida” VazirlarMahkamasining 2011 yil 19 martdagi 79-sonliQarori. 13.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№2270-sonli Qarori 2014 yil 4 dekabr.
14.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№2099-sonli Qarori 2013 yil 25 dekabr.
15.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№1887-sonli Qarori 2012 yil 25 dekabr.
16.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№1675-sonli qarori 2011 yil 30 dekabr.
Internet saytlari.
http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti http://www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti http://www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rasmiy sayti.