Ertalab
Kunduzi
Kеchqurun
IQTISOD VA SUV RESURSLARI
Serquyosh mamlakatamiz o`z mustaqiligiga erishgach хalqimiz
ongini erkin fuqarolik jamiyati huquqiy demokratik davlat barpo etishga
yo`naltirish uchun odamlarimiz manaviyatini yuksaltirish lozim.
Хuddi shu maqsadda mustaqil taraqqiyot nizomlarini to`la-to`kis
aks ettiradigan, tub manfaatlarimizga хоs va milliy g`oya zarurligi ayon
bo`ldi. Mustaqillik yillarida boshimizda kechgan sinovlar aslida inson
jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini isbot etgan. Zero,
odamning qalbi, ongi ruhi va shururi ko`pdan-ko`p savollarga javob
bo`ladigan doimiy faoliyatga undab turadigan hayotbaxsh g`oyaga
hamisha extiyoj sezib turadi.
Mustamlakachilik davrida xalqimizning milliy an`analari unutildi,
suv manbalaridan foydalanish borasida misli ko`rilmgan darajada
isrofgarchilikka yo`l qo`yildi. Oxir oqibat Orol bo`yida ekologiya
inqirozi ro`y berdi.
Yurtboshimiz bugungi taraqqiyotning mana shunday o`ziga xos
qonuniyatlarini teran his etib, buyuk maqsadlar bilan yashayotgan
xalqimiznung intilishlariga mos keladigan milliy istiqlol g`oyasi
36
ta`limotini yaratish vazifasini kun tartibiga qo`ydi. Bu ta`limotning
tamal toshi Prezidentimiz asarlarida qo`yilgan.
Prezidentimiz farmoyishiga kora ta’lim tizimiga “Iqtisodiy bilim
asoslari” fan sifatida kiritildi. Yurtning eng katta ishonchi, madad-
tayanchi bu o’sib kelayotgan yosh avloddir. Yurtboshimiz birinchi galda
sog’lom fikrlovchi, shu aziz Vatan qismatini o’z shaxsiy qismati deb
biladigan, mamkakatning ertasi uchun bor ma’sulyatni zimmasiga
olishga qodir, jafokash xalqimiz uchun, demokratiya va adolat uchun
o’zini baxshida etadigan, fidoyi, izlanuvchan yosh avlod uchun barcha
shart – sharoitlarini yaratib bermoqda. Agar biz zamon bilan hamnafas
yashamoqchi bo’lsak, dunyodagi boshqa xalqlar, boshqa millatlardan
kam bo’lmaslikni, aksincha, ular bilan teng, erkin, hamkor bo’lib umr
kechirishini istasak o’z orzu – intilishlarimiz, maqsadlarimiz yo’lida
olg’a qadam tashlamoq kerak. Bugungi kunda “Iqtisodiy bilim asoslari”
fanining hayotimiz uchun zarurati va yosh avlodni tarbiyalashdagi o’rni
ahamiyatlidir. Iqtisodiy bilim asoslari fanini o`rganayotgnda qanday
qilib suv resurslaridan unumli foydalanish, suv isrofgarchiligiga yo`l
qo`ymaslik kabi muammolarni ham hal qilishga harakat qilib, ushbu
jarayonda o`quvchilarning vazifalari nimada ekanligini tushunib yetish
kerak.
Hozirgi kunda zamon talabi dunyo qarashi keng, xur fikrli yosh
avlod bilan hamnafas ekanligini ta’kidlash joiz. Yurtboshimiz bunga
katta e’tibor berib, imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bilimli, aqlan teran
bo’lish esa biz yoshlarning qolimizdadir. Bugungi kunda mamlakatimiz
ta’lim
tizimi
kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi
asosida
takomillashtirilayotgani, ko’plab maktab, litsey va kollejlar, bilim yurtlar
zamon talabiga javob beradigan darajada qurilmoqda. Shu sababdan ham
o’quv yurtlarida ta’lim sifati ortayapti. Iqtidorli, bilimli yoshlarning
jahondagi nufuzli universitetlarga o’qishga yuborilishida imkoniyatlar
yaratilib berilmoqda. Sog’lom va barkamol avlod tarbiyasiga, xalqning
ma’naviy yuksalishiga katta e’tibor berilayotgani kelajakda yurtimiz
taraqqiyotini ta’minlashda mihim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot fani jamiyat va uning a`zolariga mavjud resurslar:
tabiiy boyliklar, kapital, odamlarning kuch-quvvati, qobiliyatlari, malaka
va bilimlaridan o`z maqadlariga erishish uchun qanday foydalanishni
o`rgatadi.
37
Atrof-muhitga talon-tarojlarcha munosabat xususiy mulkka egalik
qilish aniq belgilanmaganidan kelib chiqadi. Aksariyat resurslarning
qiymati mavjud emas. Odamlar ularning cheklanganligi haqida aniq
ma`lumotlarga ega emaslar va ularga ushbu resurslardan oqilona
foydalanish uchun qiziqtiradigan omil yetishmaydi.
Resurslar
tovar
va
xizmatlarni
ishlab
chiqarishdagi
asosiy
element
hisoblanadi.
Ishlab
chiqarish
resurslarining
uchta
turi mavjud:
1. Tabiiy resurslar-bu,
minerallar, o`r-mon va
toza havo kabi o`rnini
almash-tirib
bo`lma-
ydigan
tabiat
in`omlari.
2. Inson
resurslari
yoki ishchi kuchi-bu,
tovarlar va xizmatlarni yaratish uchun insonlar tomonidan sarflanadigan
jisminiy va aqliy qobiliyatlar.
3. Kapital resurslar-bu, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish
uchun insonlar tomonidan foydalaniladigan binolar, asboblar va jihozlar.
Suv tabiiy resurs hisoblanib, u tabiatning bebaho ne`matidir. Suv
resurslarini yerdagi hayot uchun ahamiyati juda ulkandir. Suv resurslari
yer yuzasida notekis joylashgan. Ayrim mamlakatlar va mintaqalarda
suv tanqisligi sezilmoqda. Sub resurslarini ifloslanishi va buzilishini
manbalari juda xilma-xil bo`lib, asosiylari sanoatning oqava chiqit
suvlaridir. Suv resurslarini ifloslanishi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Suv resurslarini ifloslanishining oldini olish, qayta tiklash chora-
tadbirlari, tozalash usullari juda xilma-xil.
Yuqorida sanab o`tilgan resurslarning barchasi cheklangandir.
Cheklanganlik-bu barcha ehtiyojlarni qondirishning imkoniyati yo`qligi.
38
Mavjud resurslar tez o`sayotgan aholini boqishga yetmaydi. Hatto,
eng boy mamlakatlarda ham odamlarning ehtiyoji hech qachon to`la
qondirilmaydi.
Iqtisodiy o`sish katta ustunliklarni berish bilan birga atrof-muhit
muammolarini keltirib chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasi yirik sug`oriladigan dehqonchilik
rayonlaridan biri hisoblanadi. Suv resurslari O`zbekiston respublikasi
rivojlanishini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. O`zbekiston yerlari
asosan Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va
Ohangaron daryolari suvlari bilan sug`oriladi. Daryolar suv oqimini
tartibga solish uchun respublikada 50 dan ortiq suv omborlari qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |