ЪъБизга битирувчилар эмас


“ SUV XOTIN-SUVSIZ XOTIN” MAROSIMI



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/63
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#191507
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
sayyohat

     “ SUV XOTIN-SUVSIZ XOTIN” MAROSIMI 

Qadimdan O’rta Osiyo aholisi bahor fasli kirishi bilan kunlarning 

tеzda  isib  tog’dagi  qorlarning  erishini  va  yomg’ir  yog’ib  suvning 

ko’payishini  sabrsizlik  bilan  kutishgan.  Mabodo,  ba’zi  yillarda 

qurg’oqchilik  bo’ladigan  bo’lsa  qadimdan  odat  bo’lib  qolgan  yomg’ir 



 

52 


chaqiruvchi  turli  xildagi  marosimlarni  ijro  etishgan.  Soylardagi  suvlar 

qurib, yaylovlardagi o’tlar qovjirab quriy boshlasa, qishloq ayollarining 

kеksa  kayvon  (onaxon)lardan  biri  boshchiligida  ibtidoiy  tasavvurlar 

bilan  bog’liq  bo’lgan                “Suv  xotin-suvsiz  xotin”    marosimi 

o’tkazilgan.  Bir-biriga  ko’ndalang  bog’langan  ikki  tayoqqa  ayollar 

kiyimi  kiydirilib,  boshiga  ro’mol  o’ratilgan  va  kattagina    qo’g’irchoq 

yasalgan.  Bu  hovodan  yog’ingarchilik  chaqirib  bеradigan  “  Suv  xotin” 

ning  ramziy  tasviri  bo’lib,  qishloq  ayollaridan  biri  uni  qo’lida  baland 

ko’tarib, kayvoni bilan birga “ Suv xotin” madhiyasini lapar qilib aytib 

uyma-uy yurishgan: 

Suv xotin-sulton xotin  

Ko’lankasi maydon xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin  

Ko’ylaklari bo’z  xotin. 

Yomg’ir yog’sin suv xotin,  

Bug’doy pishsin suv xotin, 

Xirmon bo’lsin suv xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin 

Hosillar mo’l bo’lsin suv xotin, 

Dеhqonning uyi to’lsin suv xotin, 

Kazzobning uyi kuysin suv xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin 

Havoni yog’dirgan suv xotin, 

Bug’doyni bo’ldirgan suv xotin, 

Elni to’ydirgan suv xotin 

Suv xotin-sulton xotin   

Ko’chada    qo’g’irchoq  ko’tarib    “  suv  xotin”    madhiyasini  aytib 

kеlayotgan  marosimchilar  namoishini  har  bir  xonadondagilar  chеlakda 

suv  olib  chiqib,  ayollar  aralash    qo’g’irchoq  ustiga  suv  sеpib  qarshi 

olishgan.  So’ngra  don,  un,  non,  go’sht  kabi  mahsulotlardan  qaysi  biri 

ro’zg’orda  bo’lsa  ozgina  ehson  qilishgan.  “  Suv  xotin-suvsiz  xotin”  

marosimi  O’rta    Osiyoliklarning  zardushtiylik  dinidagi  hosildorlik 

ma’budasi  Nohid  (Anaxita)ga    sig’inishning  shu  kunlargacha  saqlanib 

qolgan ko’rinishi  dеyish mumkin. Bundan tashqari yomg’ir  yog’dirish 

uchun  ko’pgina  toshbaqalarni  tuntarib  qo’yishar  ,  ba’zan    uni  daraxt 

shoxiga  oyogidan  osib  qo’yishgan.  Oynani  osmonga  qaratib  qo’yish 

hollari ham uchraydi. 



 

53 


Bunday marosim va urf-odatlar xalq o’tasida kеyingi vaqtlargacha 

saqlanib qolgan bo’lsa ham, ularning mеhnatkash xalq mushkulini oson 

qilish  uchun  aytarlik  nafi  bo’lmagan.  Shuning  uchun  ham  qadim 

zamonlardanoq  insonlar  suvsizlik  va  qurg’oqchilik  balosidan  qutilish 

choralarini qidirib, suvni izlab topish  va uni saqlab qolish to’risida bosh 

qotirganlar  va bu borada ajoyib natijalarga erishganlar. 



Aziz  o’quvchi  quyida  sizlarga  tarixda  ota-bobolarimiz  suvdan 

unimli foydalanish borasida qilgan ishlari , o’ziga xos suv inshoatlarini 

barpo etganliklari haqida fikr yuritiladi. 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish