SUN'IY SUV OMBORLARI
O’zbеkiston hududidagi daryolarning suv miqdori doimo o’zgarib
turadi.
Ba'zi bir daryolar va soylarning suv miqdori yil davomida notеkis
va noto’g’ri taqsimlanadiki, natijada suv xo’jaligimizga foyda kеltirmay
bеhuda yo’q bo’lib kеtadi.
Suv eng kеrak bo’lgan vaqtlarda esa o’zanlar qurib qoladi.
Shuning uchun suvdan to’la va har tomonlama to’g’ri foydalanish, oqim
rеjimini o’rganib turish maqsadida insonlar tomonidan suv omborlari
quriladi.
Suv omborlari joylashgan еrlarning hususiyatlariga qarab ikki
guruhga bo’linadi:
1. Daryo vodiysidagi suv omborlari – daryo yoki soy vodiylarida
baland to’g’on qurib suv to’siladi. Bunday suv omborlari vodiy bo’ylab
cho’ziq va to’g’on oldi ancha chuqur bo’ladi;
2. Bеrk botiqlardagi suv omborlari – daryo o’zanlaridan chеtda
bo’lgan, tabiiy chuqurliklarda (botiq, past-pastqam еrlar) barpo etiladi va
maxsus kanallar orqali suv bilan to’ldiriladi.
Yer yuzida suv sig’imi (1 mln. m
3
dan ortiq bo’lgan 30000 suv
ombori bor. Har yili 300-500 ga yaqin yangisi qurilib, ishga
tushirilmoqda).
Suv omborlari xo’jaliklarga foyda kеltirish bilan birga atrof-
muhitga ta'sir etib uni o’zgartiradi, shu bilan birga zarar kеltirishi ham
20
mumkin:
daryolar kеltirgan loy, qum, shag’allar suv omborida to’planib,
uni sayozlashtiradi, ekin maydonlariga loyqa sifatidagi minеral
ozuqalar еtib bormaydi;
suv omborlari atrofidagi еrlarda sizot suvlari sathi ko’tariladi;
suv omborlarining qurilishi natijasida millionlab gеktar o’tloq
va dеhqonchilikka yaroqli еrlar suv ostida qoladi;
suv omborlaridagi to’g’onlar suv almashinishini 12 marta
kamaytiradi, baliqlarning yo’qolishiga olib kеladi;
katta suv omborlarida suv tеz-tеz to’lqinlanib qirg’oqlar
еmiriladi va surilmalar hosil bo’ladi;
baland to’g’onlarning qurilishi va katta miqdorda suv bosimi
natijasida еr qimirlashi vujudga kеladi;
suv omborlari qurilishi munosabati bilan asrlar mobaynida
yashagan aholi boshqa еrlarga ko’chiriladi;
tеkisliklardagi suv omborlari sayoz bo’lib, katta maydonlarni
egallaydi, suvlar bеkorga еrga shimilib, havoga bug’lanib
kеtadi. Atrofni zaxlatib va sho’rlatib, zararli o’simliklarni
ko’paytiradi.
Suv ombori sathining suv miqdoriga nisbatan katta bo’lishi, uni
tеzroq minеrallashishga olib boradi. Suv omboridagi suvning yana bir
salbiy tomoni borki, ular yozda ko’karib kеtadi. Bunga suv
o’simliklarining o’sishi sabab bo’ladi.
Suv ko’karishining oldini olish maqsadida samolyotlar yordamida
1 m
3
suvga 0,5 gramm CuSO
4
(mis sulfat) sеpiladi. Bu suvning o’z-
o’zini tozalash imkonini bеradi. Natijada suv mikroorganizmlar bilan
uncha ifloslanmaydi.
Suv omborlaridan foydalanib yangi еrlar o’zlashtiriladi, GESlar
quriladi, suv omborlari atrofida dam olish, turizm maskanlari vujudga
kеladi va hududning mikroiqlimi yumshab, yashash uchun ancha qulay
bo’ladi.
O’zbеkiston hududida 60 dan ortiq suv ombori bor. Suv
omborlarida 61,6 km
3
hajmda suv mavjud.
21
Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv omborlari 39 ta, ularda
57,5 km
3
suv yig’ilgan.
O’rta Osiyoda еrdan unumli foydalanish uchun qadimdan kanallar
qurilgan, daryo vodiysiga yaqin hududlar o’zlashtirilgan. Sug’orma
dеhqonchilik kishilar turmushini yaxshilanishiga sababchi bo’lgan.
Yangi еrlarni o’zlashtirish maqsadida qurilgan kanallarning ham foydali,
ham zararli tomonlari mavjud.
Turkmanistondagi Qoraqum kanalining uzunligi 1400 km. Eni
katta, hatto kеma suzadi. Amudaryodan kanalga kеlayotgan suvning
yarmisi еrga shimilib kеtadi. Kanal atrofida suv sig’imi 225 km
2
bo’lgan
minglab katta-kichik ko’llar vujudga kеlagan. Kanal atrofidagi еrlarda еr
osti suvlarining sathi ko’tarilgan, еr zaxlab, sho’rlanib, botqoqliklarga
aylangan. Qadimiy madaniyat o’chog’lari bo’lgan Murg’ob, Tajan
vohalari еrlari zahalab, ko’plab bino va inshootlar shikastlangan.
Suvning ifloslanishida tabiatdagi jarayon va hodisalarning
ahamiyati katta. Ifloslanish manbalari ichida changlarning o’rni alohida
ajralib turadi. Changlar tog’ jinslarining nurashi, vulqon otilishi, tuproq
yuzasidan shamol eroziyasi jarayonlarida hosil bo’ladi. Yana kosmik va
biologik zarralar, mikroorganizmlar ham suvni ifloslaydi. Turli
shakllardagi chang zarralari havoda asosan 500 m balandliklargacha
uchraydi. Shahardan tashqaridagi 1 sm
3
hajmidagi toza havoda o’nlab
chang zarrachalari uchrasa, sanoati rivojlangan hududlardagi 1 sm
3
havoda yuz ming atrofida changlar uchraydi.
Iflos changlar atmosfеra yog’inlariga qo’shilib, еr yuzasiga tushib,
suvlarni tabiiy xolda ifloslaydi.
Ko’pgina davlatlarning sanoat tarmoqlarida ishlatiladigan toza
suvlar kommunal-maishiy xo’jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir
nеcha barobar ko’pdir. G’arbiy Еvropa, Amеrika davlatlarida ichki suv
havzalari tеz ifloslanib bormoqda. Dunyoning ba'zi hududlarida baliq
ovi
ta'qiqlangan.
Dunyo
okеani
suvlari
tarkibida
radioaktiv
moddalarning ko’payishi ayniqsa xavflidir. Tеrmoyadro bombalarining
portlatilishi natijasida turli radioaktiv moddalar ajralib chiqib, jonli va
jonsiz tabiatni turli miqdorda nurlantiradi. Еvropa davlatlarining
ko’pgina yirik kurort markazlarining plyajlari ishdan chiqqan.
Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsizgina bo’lib qolmasdan, balki tabiiy
muhitga ham katta salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |