56-Mavzu: Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar, subtropik aralash o‘rmonlar, subtropik chalacho‘l hamda cho‘llar zonalari shakllangan. Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Bu zona Yevrosiyoning janubi sharqida musson iqlim ta’sirida hosil bo‘lgan. Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalar mo‘tadil mintaqa cho‘llaridan farq qilib, yozi ancha issiq, yomg‘ir kam yog‘adi. Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Tropik mintaqada chalacho‘l va cho‘l zonalari hamda savannalar mavjud. Tropik savannalar zonasi. Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqa savannalar va fasliy nam o‘rmonlar zonasidan tarkib topgan. Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi daraxt turlariga juda boy. Ekvatorial mintaqaning tabiat zonasi. Yevrosiyoning ekvatorial mintaqasida bitta tabiat zonasi — ekvatorial nam o‘rmonlar zonasi shakllangan. Bu mavzu bo’yicha atlasda umumiy nom bilan keltirib tushintirilib o’tilgan. Atlasdagi mavzu bilan kitobdagi mavzudagi ma’lumotlar deyarli bir xil chunki tabiat zonalari ham deyarli o’zgarmaydi.
57-Mavzu: Balandlik mintaqalari
Yevrosiyo hududining deyarli yarmi tog‘lardan iborat. Tog‘lardagi balandlik mintaqalarining soni va turi ularning geografik o‘rniga, balandligiga, yo‘nalishiga, havo oqimlariga ro‘para kelishiga bog‘liq. Tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa, balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi. Tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa, balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi. Balandlik mintaqalarining almashinib kelishi Himolay (38° sh.k., 88° shq. u.), Alp (46° sh. k., 18° shq. u.) tog‘larining janubiy yonbag‘rida aniq namoyon bo‘ladi. Bu mavzu bo’yicha alohida karta berilmagan, Umumiy Ko’rinishda karta berilgan. Bu mavzu bo’yicha alohida karta qo’yilmasa ham bo’ladi, balandlik mintaqalari ham karta o’zgarmaydi.
58-Mavzu: Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi
Yevrosiyoda 2016- yil 1- iyul hisobi bo‘yicha 5 mlrd 177 mln kishi yashaydi (Yevropada 740 mln, Osiyoda 4 mlrd 437 mln). Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kvkm ga 96 kishiga yaqin) va o‘sishi bo‘yicha boshqa materiklarga nisbatan oldinda turadi. Materikning siyosiy xaritasida 90 tadan ortiq davlat bor. Maydoniga ko‘ra yirik davlatlardan Rossiya (maydoni 17,1 mln kv km), Xitoy (9,6 mln kv km), mitti davlatlardan Vatikan (0,4 kv km), Lixtenshteynni (0,2 ming kv km) ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p sonli aholisi bor davlatlarga Xitoy (1,35 mlrd dan ortiq), Hindiston (1,3 mlrd ga yaqin), Indoneziya (259,4 mln), Pokiston (203,4 mln), Bangladesh (162,9 mln), Rossiya (144 mln dan ortiq), Yaponiya (125,3 mln) kiradi. Bu davlatlarda Yevrosiyo aholisining yarmidan ko‘p qismi yashaydi. Yevrosiyo materigi aholi bo’yicha atlasda kartada alohida ko’rsatib o’tilmagan kartada Aholi soni kartasi tasvirlansa yaxshi bo’lardi chunki Aholi kartsida Aholi zichligi tarqalishi kabi xususiyatlarini o’rgangan yaxshiroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |