62-Mavzu: Sharqiy Yevropa
Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng yirik tabiiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qariyb 4 mln kv km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joylashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshlanib, janubi sharqda mo‘tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha davom etadi. Sharqiy Yevropa iqlimining shakllanishida Atlantika okeanidan esadigan iliq va nam havo massalari hamda Arktika sovuq havo massalarining ta’siri kuchli. Shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi orta boradi. Tekislikning g‘arbida qish yumshoq (–6 –8 °C), sharqida sovuq (–10–20°C). Yoz oylari ko‘pchilik joylarda salqin (+18+22 °C). O‘lkaning janubi-sharqiy qismida davomli jazirama issiq (+25 +29 °C) bo‘ladi. Yog‘inlarning yillik miqdori g‘arbdan sharq tomonga kamayib (800 — 600 mm) boradi. Eng kam yog‘ingarchilik (200 mm) Kaspiybo‘yi pasttekisligida kuzatilgan. Bu mavzuda Atlasda alohida karta sifati keltirilib o’tilmagan. Kartada Tabiiy geografik o’lkalar har biri alohida karta sifati bo’yicha tasvirlansa ularning tuzilishlari iqlimini har birini alohida tasvirlansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
63-Mavzu: G‘arbiy va Sharqiy Sibir
G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi. U shimoldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga cho‘zilgan. G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25–30°C ni, yozda +22°C ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480—550 mm ga yetadi. Sharqiy Sibir. U Sibirning markaziy qismini egallab, g‘arbda G‘arbiy Sibir pasttekisligidan sharqda Kolima daryosining vodiysigacha davom etadi. Sharqiy Sibirning markaziy qismini egallagan qattiq va mustahkam Sibir platformasi arxey erasida vujudga kelgan. Uning g‘arbiy qismi paleozoy, sharqiy qismi esa mezozoy eralarida ko‘tarilgan. O‘lkaning relyefi, asosan, yassi tog‘liklardan iborat. Sharqiy Sibirning markaziy qismida O‘rta Sibir yassi tog‘ligi joylashgan. Uning yuzasi dengiz sathidan o‘rtacha 400 — 600 m baland. Putorana tog‘larida balandlik 1701 m ga yetadi. Sharqiy Sibir uchta — arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim mintaqalarida joylashgan. O‘lka iqlimining G‘arbiy Sibir iqlimidan farqli jihati uning keskin kontinentalligidir. Bu yerda yillik havo harorati tafovuti juda katta (qishda –20–40°C, yozda +16 +18 °C). Oymyakonda qishda harorat –71 °C ga, yozda esa +36 °C ga yetganligi qayd etilgan. Sharqiy Sibir daryolarga boy. Yevrosiyoning yirik daryolaridan Yenisey, Lena, Aldan, Kolima, Taymir, Xatanga, Vilyuy, Anabar shular jumlasidandir. Bu mavzuda Atlasda alohida karta sifati keltirilib o’tilmagan. Kartada Tabiiy geografik o’lkalar har biri alohida karta sifati bo’yicha tasvirlansa ularning tuzilishlari iqlimini har birini alohida tasvirlansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |