Kurs ishining maqsadi: “Fizika” fanini o`qitishda innavatsion texnalogiyalardan foydalanish mohiyatini yoritish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va inretnet malumotidan iborat.
2.1§. Umum o’rta ta’lim maktablarida o’quv rejasi va dasturi. VIII-sinf fizika kursining “elektr zaryadi”, “Elektr maydoni”, “Elektr to’ki”, “Elektr zanjir”, “magnit maydon” “Elektromagnit hodisalari”, “Yarim o’tkazgichlar”, “Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar”. “Radioaloqaning fizik asoslari” o’rganilib, unda zaryad va maydon tushunchalariga katta e’tibor beriladi. Shuning uchun elektrostatikani o’rganishga qiyosan ko’proq vaqt ajratilgan.Bu mavzu materialini bayon etishda o’quvchilarning VI-sinfda modda tuzilishiga oid olgan bilimlaridan foydalaniladi. Bunda molekulalr, tasavvurlar kengaytiriladi va atom tuzilishi to’g’risidagi elementar maolumotlar bilan boyitiladi. “Tok kuchi”, “Kuchlanish”, “Qarshilik bo’limidagi mavzular anoanaviy yo’llar bilan tushuntiriladi. To’k kuchining birligi bo’lgan amperning ta’rifi berilmaydi.Kuchlanish avvalgi bo’limda o’rganilgan elektr maydonining bajargan ishi orqali tushuntiriladi. Om qonuni eksperiment natijasi sifatida beriladi. “Elektr tokining ishi va quvvati” bo’limda Joul-Lens qonuni oldingi bo’limda o’tilgan kuchlanish tushunchasiga va om qonunidan foydalanib, hisoblab chiqiladi.bunda o’tkazgichlari ketma-ket ulangan zanjirda to’k va kuchlanish taqsimoti, o’tkazgichlarning qarshiligi,elektr to’kining energiyasi va quvvati tajribalar yordamida o’rgatiladi.
“Elektromagnit hodisalar” bo’limiga oid mavzular tajribalar va labaratoriya ishlari asosida faqat sifat jihatidan o’rganiladi. Elektrga oid o’zlashtirilgan qoida va qonunlardan foydalanib, sodda sifatiy va miqdoriy masalalar yechishga o’rgatiladi. Masalalar yechish va labaratoriya ishlari bajarishda o’quvchilar fizik kattaliklarning jadvallaridan foydalana olishlari kerak. Dasturda har bir bo’limga ajratilgan dars soatlari taxminiy bo’lib, ular shu bo’limga oid mavzularni o’rganishga,unga oid ko’rgazma va tajribalarni namoyish etishga, labaratoriya ishlarini bajarishga, masalalarni yechishga hamda o’quvchilar bilimini baholashga mo’ljallangan.Har bir bo’lim ohirida keltirilgan labaratoriya ishlaridan ayrimlarini bajarish uchun asboblar yetarli bo’lmagan taqdirda teng kuchli boshqa labaratoriya ishi bilan almashtirilishi mumkin. Ko’rgazma va tajribalarni namoyish etishda hamda labaratoriya ishlarini bajarishda havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur.O’quvchilar fizika darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan o’quv sayrlarida yanada mustahkamlashlari mumkin.shu munosabat bilan har bir sinf uchun o’quv sayrlariga 2 soatdan vaqt ajratilgan. o’quv sayrlari mavzusi va oboektio’quvchi tomonidan belgilanadi.
1. Elektr zaryadlar. Elektr maydon (8 soat). Jismlarning elektrlanishi.Elektr hodisalari haqida Beruniy fikrlari.Elektrlangan jismlarning hususiyatlari. Elektrlanishning ikki turi. Elektr o’tkazgichlar va o’tkazmovchilar. Elektrometr. Atom tuzilishi. Atomning yadro modeli. Elektron va proton.Vodorot, geliy va litiy atomining tuzilishi.elektr zaryad. Elektrofor mashina kondensator. Elektr maydon. Elektr maydoninig kuch chiziqlari.elektr maydon kuchlanganligi. zaryadlangan jismlarning elektr maydon orqali o’zaro taosirlanishi.Izolatsiyalangan o’tkazgichlarda elektr zaryadlarining taqsimlanishi.Faradey qafasi.O’tkazgich sirtida elektr zaryadlarining taqsimlanishi. Elektr shamol. Tabiatdagi elektr hodisalari. Yerning elektr maydoni. Chaqmoq va momaqaldiroq.Yashin qaytargich.Tabiatdagi elektr hodisalari haqida Ibn-Sinoning qarashlari.
Ko’rgazma va tajribalar:
1. Jismlarning elektrlanishi.
2. Elektrlangan jismlarning o’zaro taosiri.
3. Elektr zaryadining ikki turi.
4. Elektrlangan jismlarning maydonlari.
5. Elektroskopning tuzilishi va ishlashi.
6. O’tkazgich bo’ylab zaryadning taqsimlanishi.