Natija:
Korrupsiyalashgan jamiyat har qanday sohasida chuqur ildiz otgan mansabdor shaxslar davlat tomonidan to`lanadigan oylik maoshni pora taklif qilayotgan shaxsning mansabdor shaxsga taklif qiladigan “maoshi” yoxud “sovg`asi”dan afzal deb bilishiga olib keladi. Tabiiyki, ushbu vaziyatda pora o`z-o`zidan rad etiladi va mamlakatda antikorrupsion siyosat ko`lami misli ko`rilmagan darajaga yetadi.
Uchinchidan, texnologiya va innovatsiyalar keying yillarda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyani bartaraf etishda hal qiluvchi rol o`ynashi aniq ekanligini eslatib o`tish lozim. Korrupsiyaga qarshi kurash olib borish maqsadida axborot texnologiyalari rolini oshirish korrupsionerlik ildiziga bolta urishda samarali vosita hisoblanadi. Biz yashayotgan davr muhitini hisobga oladigan bo`lsak, har qanday sohada antikorrupsion siyosatni izchil amalga oshirishda keng soha vakillarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, jamiyat a’zolari ichida texnika sohasi vakillari ushbu jarayonda faol qatnashadigan bo`lsa korrupsionerlik va poraxo`rlik ko`rsatgichi keskin kamayishi keyingi 10 yil ichida sezilarli darajada o`zgarishi mumkin bo`ladi. Qanday qilib deysizmi?
Demak, shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni yuqorida keltirib o`tilgan taklifning huquqiy asosi bo`la oladi deb hisoblash mumkin. Ushbu farmonga ko`ra Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasini shakllantirish nazarda tutilgan bo`lib, bu O`zbekistonda mavjud bo`lgan axborot-texnologiya sohasidagi barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi.
Taklif: mamlakat antikorrupsion siyosatini zamonaviylashtirish, eskirib qolgan usul va vositalardan butunlay bo`lmasada asta-sekinlik bilan voz kechish, korrupsiyaning “amal qilish” doirasini qisqartirish borasida qotib qolgan fikr yuritish usullaridan voz kechish lozim. Bunday yondashuvni shakllantirish esa korrupsiya sodir etilganligi haqida xabar beruvchi mobil dasturiy ta’minot orqali bevosita amalga oshiriladi.
Natija: 10-12 yil ichida yuqoridagi dasturiy ta’minot orqali avlodlarga mutlaqo bo`lmasa-da, korrupsiya va poraxo`rliksiz yorqin kelajak sovg`a qilishimiz mumkin bo`ladi. Yuqoridagi dasturiy qurilmaning “xislatlar”ini xuddi sehrli oynaga qiyos qilishimiz mumkin: sehrli oyna dunyoda kimning eng chiroyli ekanligini o`z sohibiga aytgan bo`lsa, biz ishga tushirmoqchi bo`lgan qurilma o`z egasiga qayerda korrupsioner yoki poraxo`r umrguzaronlik qilayotganligini ayta oladi. Faqatgina uning sehrli oynadan farqi shundaki, sehrli oyna sohibi uchun hech qanday to`lov to`lanmagan bo`lsa, bizning “sehrli” dasturiy qurilmamiz egasiga yoxud egalariga o`zlari ham korrupsionerlar bilan do`st tutinmasliklari uchun juda katta miqdordagi oylik maosh bilan ta’minlanishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |