Biz kelajak bunyodkorimiz



Download 18,26 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi18,26 Kb.
#611254
Bog'liq
Biz kelajak bunyodkorimiz


Biz kelajak bunyodkorimiz
O‘zbekiston uzoq o‘tmishdan buyon buyuk insonlarni tarbiaya qilgan muqaddas zamindar. Bu diyordan o‘z zamonasining eng mashxur insonlari yashab o‘tgan va hanuzgacha ularning nomlari dunyoda dostondir. Ibn-Sinoning tibbiyotga oid bilimlari to‘plam manbalari dunyo tibbiyotini hanuzgacha hayratda qoldirmoqda. Al -Xorazmiyning “Al-Jabr val -Muqobala” asridan olingan birgina jumla “Al-jabr” ya’ni algoritm tushunchasidan butun dunyo matematika va hissob-kitob olami foydalanib kelmoqda. Diniy ilimlari bo‘yicha Al-Buxoriyning hadis ilmi butun islom dunyosiga, manba bo’lib kelmoqda. Biz shunday buyuk ulamolarni tarbiya qilgan zaminda o‘sib unayotgan yoshlarmiz. Ota-bobolarimizning bizga qoldirgan buyuk meroslaridan, bizga qoldirgan ilmiy manbalaridan rivojlanayotgan davrning yoshlarimiz.
Xozirgi kunda O‘zbekiston ulkan taraqqiyot davri ostonasiga qadam qo‘ydi, ya’ni “3-Renesans davri” ga. Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarashlar, yangi islohatlar, bularning barchasi o‘sib kelayotgan yosh avlodning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun ulkan turtki bo‘lmoqda. Ayni damda yurtimizda barcha sohalar bo‘yicha yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hususan ta’lim tizimida Oliy ta’lim muassasalariga yoshlarning qamrovi soni ko‘paytirilib kelinmoqda. Men o‘zimdan misol qilsam, 2018-2019-o‘quv yillari Kasb-Hunar kollejini tamomlab oliy ta’limga o‘qishga kira olmagan edim. Prezidentimiz tomonlaridan abiturient yoshlar uchun bir vaqtning o’zida, bir nechta o‘quv yurtlariga kirish imkoniyati berildi. Bu imkoniyat men uchun orzularimdan biri bo‘lgan, talaba maqomini olishga ulkan sabab bo‘ldi va men 2019-2020-o‘quv yilida “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabasiga aylandim. Xozirgi kunda yoshalar uchun nafaqat ta’lim sohasida balki boshqa sohalarda ham yoshlarga ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Misol uchun, hududlardagi mahallalarda “Yoshlar yetakchisi” lavozimi tasis qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” amaliyotga joriy qilindi. Bu daftarga kiritilgan yoshlarning hayotini yaxshilash uchun davlatimiz tomonidan ularni har tomonlama qo‘llab – quvvatlash maqsadi ilgari surilgan. Biznes rejalari bor yoshlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. O‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiyalar ajratilmoqda.
Hammamizga ma’lum XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Elektron vositalar takomillashmoqda. Yurtimizda bu sohaga ham ulkan e’tibor qaratilmoqda. IT sohasi bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi sharoitlar yaratib berilmoqda. Hususan bog‘cha davridan boshlab toki oliy ta’lim o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga IT sohasi kiritilmoqda. Hususiy IT maktablari IT markazlari keng ommani o’ziga qamrab olmoqda. Bu yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni orzulariga erishishlari uchun ulkan qanot bo‘lmoqda.
Yoshlarni mehnatlarini, bilimlarini rag‘batlantirish uchun ham davlatimiz tomonidan turli hildagi imtiyozlar va musobaqalar tashkil qilinib kelinmoqda. Ko‘p kitob o‘qigan yoshlarga mashina va pul yutuqlari berilmoqda. Bu ajoyib holat va imkoniyat. Bilim olish va bilim almashish uchun ajoyib sayoxatlar imkoniyati qayerda bor?! Albatta O‘zbekistonda va o‘zbek yoshlarida bor. Biz bu imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, o‘z bilimimiz orqali O’zbekistonimizning rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. O‘zbekistonda yashayotgan har bir yosh avlod o‘ziga berilayotgan imkoniyatni o‘zining va jamiyatning rivojlanishi uchun sarflasa bu albatta ulkan yutuq bo‘ladi.
Biz bilamizki, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning bir og‘riqli nuqtasidan biri bo‘lgan, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanmaslik, ko‘p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda ular uchun kerak bo‘lmagan saytlarda sarflab qo‘yishlari muammosi ilgari surilmoqda. Albatta ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning bir bo‘lagi sifatida hayotimizga kirib keldi. Lekin bundan oqilona va o‘z paytida foydalanish maqsadga muvofiq. Bu muammolarni yechimini topish maqsadida yurtimizda yoshlarning bandligini ta’minlash ularni kasb-hunarga o‘rgatish va yoshlarni o‘z-o‘zini band qilishlari uchun davlatimiz barcha imkoniyatlarini va sharoitlarni yaratmoqda. Misol uchun hududlarda Mono markazlar, kasb-hunar maktablari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Bu sharoitlar barchasi albatta yoshlar uchun.
Men yosh avlodi sifatida o‘zim uchun ulakan maqsadlar qo‘ya olaman va bu maqsadlarimga erishish uchun O’zbekiston meni har tomonlama qo’llab quvvatlashga tayyordir. Chunki yaratilayotgan sharoitlarning barchasi yoshlar uchun, biz baxtli hayot kechirishimiz uchun va bizdan keying avlodga o‘zimizdan yorqin dalillar qoldirishimiz uchun albatta.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki yurtimizda biz yoshlarga berilyotgan imkoniyatdan to’g’ri foydalangan holda kuchli bilimli kadrlar bo’lib yetishishimiz zarur. Zeroki,davlatimiz kelajagi -bu biz bu bugungi yoshlar.Agarda biz hozir yoshlarimizga bilim va tarbiya bermasak hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz.Chunki rivojlangan davlatlarga e’tibor qaratsak bu davlatlar eng avvolo yoshlarga bilim bergan holda shunday darajaga erishgan.Bobolarimiz aytganday “Ilm qayda bo’lsa buyuklik bo’lar”.Bu so’z hozirgi kunda yaqqol tasdiqini topmoqda. Negaki,zamon tez rivojlanmoqda biz bugun o’qimasak ertga kech bo’ladi. Birgina misol tariqasida axborot texnologiyalari sohasini olaylik.Bu sohada bugun chiqqan yangilik ertaga eskirmoqda va bizdan buni yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etadi.

Yoshlarning o’zi qiziqqan kasb egasi bo’lishi bilan bir qatorda sport mashg’ulotlariga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar ham yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarilgan. Zero, “Sog’ tanda sog’lom aql” deydi donishmand halqimiz. Bugun biz ma’naviyatimizni asrashimiz, vatan kelajagi uchun mustahkam poyedevor bo’laoladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz tomon mardonavor qadam tashlashimiz, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog’imiz, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’zlashtirishimiz bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashimiz va ona vatanimizdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asrashimiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob, insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi..


TATUFF Kompyuter injiniringi fakulteti
612-19 guruh talabasi Ismoilova Dilzodaxon
Ilmiy raxbar
N .Ibragimov
Download 18,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish