Bosh sahifa
Biz haqimizda
Maktab haqida
Maktab ma’muriyati
Maktab pasporti
Bo’sh ish o’rinlari
Yutuqlarimiz
O’qituvchi yutuqlari
O’quvchi yutuqlari
O’qituvchilarga
Dars ishlanmalar
Testlar
Maqolalar
Videoroliklar
O’quvchilarga
Dars jadvali
Imtihon jadvali
Qiziqarli ma’lumotlar
O’quvchilar ijodidan
Yangiliklar
Maktab yangiliklari
Yurtimiz yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Aloqalar
20-maktab matematika fani o`qituvchisi Rasulova Buvigulning “Biz Xorazmiy izdoshari” nomli tadbir senariysi
“Biz Xorazmiy izdoshlari”
Maktab zali bayramona bezatilgan. Devorda “Biz Xorazmiy izdoshlari” nomli devoriy ro’znoma, mashhur allomalarning suratlari, matematika faniga oid ko`rgazmalar, turli boshqotirmalar osilgan.Kechaga ertak tusi beriladi. Uning boshlanishidan avval “jarchil”lar hammani kechaga chaqiradi.
“Odamlar-u odamlar, bog’da pishgan bodomlar! Eshitmadim demanglar,eshitganlar jilmanglar! Bugun maktabimizda “Biz Xorazmiy izdoshlari “ nomli matematika kechasi bo’ladi ,bu kechaga hammangizni taklif etamiz.Xa-xaxey.Eshitmadim demanglar…!”
Sahnaga boshlovchilar chiqib, kechani ochadilar.
1-boshlovchi: Assalom ey zamin baxtiyorlari
Xulqi hush elimning hur avlodlari
Yaxshi kunda ko’rishdik yana biz diydor
Bundan ortiq baxt bormi, qadrdonlarim!
2-boshlovchi: Assalom bu yerda yig’ilganlarga
Ey aziz do’stlari qadrdonlarga
Xalqimiz farzandin tarbiyalotgan
Dono — yu bilimdon muallimlarga!
1-boshlovchi: Darhaqiqat, qaysi davrada bo’lsak ham ilk so’zimizni o’zbekka xos salomdan boshlaymiz. Chunki, bu biz uchun odobning sirli va oddiy qirralaridan biri hisoblanadi. Avvalom, ushbu bellashuvda ishtirok etayotgan guruh a’zolariga, tomoshabin va davramiz husniga-husn ulashib, unga ko’rk bag’ishlab turgan ustoz-murabbiylarimizga xush kelibsiz deymiz.
Bu bellashuvimizning asosiy maqsadi: 6 “E”– sinf o’quvchilarining matematika fanidan olgan bilimlarini o’z do’stlari bilan bellashishdan iborat. Shu kungacha olgan bilim va malakalarimizni yanada oshirishdir.
Bu besh kunlik umrimiz,
Suvdek oqib o’tadi.
Kecha ko’rgan kunimiz,
Bugun ortda qoladi.
Goh yig’laymiz, goh shodmiz
Goh tobemiz, goh ozod
Turfa xil har kunimiz
Hayot shunday umrbod.
Bugungi bo’ladigan “Biz Xorazmiy izdoshlari” nomli bellashuvimizda “ Al – Xorazmiy ” va “ Aljabr ” guruhlari bellashadilar. Har bir guruh a’zolari 5 ta o’quvchidan iborat bo’lib, uning shartlari quydagicha:
1 – shart. Tanishtiruv
2 – shart. “Kim epchil-u, kim chaqqon?” o`yini
3 – shart. “Zehningni sina”
4 – shart. “Peshonangdagini o`qi”
5 – shart. “Davom ettir” o`yini
6-shart. Sardorlar bellashuvi
1-boshlovchi: 1-shart. Tanishtiruv. Har bir guruh o’z nomini aytib tanishtiradi. Navbatni 1-shart bo’yicha 6-“E” sinfining Al-Xorazmiy guruhiga beramiz.
1-o`quvchi: Assalomu alaykum qalb qo’rini mehrini yosh avlodlarga bag’ishlayotgan aziz ustolar – u yurtimiz umid bilan ko’z tikib turgan hurmatli tengdoshlar.
Biz guruhimiz o’quvchilari nomidan siz aziz ustozlarga va tengdoshlarimizga omad tilaymiz.
Vatanimiz: O’zbekiston
Shahrimiz: Go’zal Uchquduq
Shiorimiz: Namunali xulq va a’lo o’qis
2-o`quvchi: Algebra faniga solgansiz asos
Xorazm ona yurti siz uchun ustoz
Olam – olam ma’no to’la fikringiz
Ravshan etdi hisob ilmin ro’yi – rost
Asirlaringiz qancha el – aro yashar
Zamonlar o’tsa ham bebaho erur
Maqsadimiz chuqur o’rganmoq uni
Muhammad Muso Al – Xorazmiy o’z zamonasining buyuk olimlaridandir. Al – Xorazmiy Xorazim diyorida 483 – yilda tug’ulib, voyaga yetdi. U juda ko’p asarlar yozdi. Uning asarlaridan 10 tasigina yetib keldi.
3-o`quvchi: Asrlar ortigan kelar asrlar
Ammo yaratilgan fan asoslarin
Asrdan asrga eltar nasrlar
Bobomiz Xorazmiy ruhin etin shud
Durdona so’zlarin bir – bir etib shod
Biz bilamizki matematikada 10 ta raqam bo’lib, keling ularning suhbatini tinglaylik.
4-o`quvchi:
Matematikada bor man
Birdan oldingi nol man.
Gar birdan keyin kelsam
O’ntalab qo’shsang bor man
5-o`quvchi: Mendirman bir son
Boshlanar mendan hayot
Kichik va toq bo’lsam, ham
Har bir sonda men hamdam
1-o`quvchi:
Men ikki man qo’shdirman
Juft sonlarning sardori
Uch – to’rt sondan yoshdirman
Ammo ular madori
2-o`quvchi: Uch soni
Bilimimni baholab
Noiloj qoniqaman
Ba’zan o’zim to’rtga besh
Ko’z tikib toliqaman
3-o`quvchi: To’rt soni
O’rtoqjon bilsangiz
Meni xafa qilmangiz
Agar to’rt olay deb havas
Uchga birni qo’shsak bas
4-o`quvchi: Besh soni
Meni derlar besh soni
A’lochilarning joni
Uch – tort son mendan kam
Olti sonnidir akam
5-o`quvchi: Olti soni
Koptoksimon qorminni
Soyobonga olaman
Bir – ikki – uch o’zimga
Teng bo’lina olaman
1-o`quvchi: Yetti soni
Boshimga shapka kiyib
Bog’laganman belbog’ni
Xizmatiga tayyorman
Mehmatsevar o’rtoqni
2-o`quvchi:
Sakkizinchi soni
Jim – jimadon shaklim bor
Ko’rganlar qilar havas
Toza ham chiroyli
Yozishni o’rgansang bas
3-o`quvchi: To’qqizinchi soni
Men to’qqizman sen bilgan
Hisoblashni tez o’rgan
Yettiga sen ikkini qo’sh
Sakkizga yetar bitta kam
2-boshlovchi: Endi navbat 1-shart bo’yicha 6-“E” sinfining Aljabr guruhiga.
Marhamat tomosha qiling.
1-o`quvchi: Assalom-u alaykum qadrli ustozlar va aziz tomoshabinlar. Bu bellashuvga tashrif buyurganingizdan behad minmatdormiz. Bellashuv davomida sizga xushkayfiyat yor bo’lishini tilab kirish qismimizni boshlaymiz.
Bizning guruh:: Aljabr
Maqsadimiz: Matematika sohasining ochilmagan qirralarini ochish
Shiorimiz: Yaxshi o’qish.
Hayotda: sabrli bo’lish
Maktabda: Hurmatda yurish.
Kelajakda: Orzularga yetishish
Shu bilan birga
Hakamlarga: adolat
Tomoshabinlarga: sabr-toqat
raqib guruhga: saodat
O’zimizga: omad-omad, va yana omad !
2-o`quvchi: Besh baho olsang agar,
Hayot bo’lar juda go’zal.
3-o`quvchi: — Ey jo’ra qo’shilmayman bu gapingga,
,,2” olaman barcha havas qilar menga.
4-o`quvchi: Oy, jo’ralar qarshiman bu gaplarga
,,1” ball olaman biroq baribir hayot go’zal.
5-o`quvchi: Baho qanday bo’lsa ham
,,Iqtidorli “ nomga dog’ tushurmaslik lozim !
1- o‘quvchi:
Arifmetik to‘rt amal,
Qo‘shish hamda ayirish,
Mulohazaga chorlar
Bo‘lish va ko‘paytirish.
1-o`quvchi: Qo’shish
Ketma – ketlab qo’shaman,
Sonlarga kuch qo’shaman.
Mening belbog’im chiziq
O’zim turaman qoziq
2-o`quvchi: Ko’paytirish
Sonlarni ko’paytirish
Bir necha bor oshirish
Qoyil qilaman ishim
Ko’paytirishdir ishim
3-o`quvchi: Bo’lish
Ko’payib ketsa sonlar
Bo’lib – bo’lib beraman
Ishlab tursangiz misol
Ikki nuqta bo’laman
4-o`quvchi:
5-o`quvchi: Al-Xorazmiy algebraik risolasida ikkita maxsus amal kiritgan. Birinchsito’ldirish-manfiy sonni tenglamaning bir tomonidan ikkinchisiga o’tkazish bo’lib, undan al-jabrdan algebra so’zi kelib chiqdi. Bir matematik bu qoidani quyidagicha ifodalagan:
Tenglamani yechishda, Agar biror qismida, Farqi yo’q qaysisida, Manfiy had uchrasa,
Biz har bir tomonga,
Teng had beramiz,
Faqat boshqacha ishora bilan, Va musbat natijani topamiz.
1-o`quvchi: Ikkinchi amal — val –muqobala — tenglamaning ikkala qismlarida teng hadlarni qisqartirish hisoblanadi.
Al-Xorazmiy risolalari matematika bo’yicha arab tilidan lotin tiliga Yevropada tarjima qilingan birinchi asarlardan edi, XVI asrgacha algebra algebra va muqobala san’ati deb atalgan edi. Sharq matematiklaridan meros bo’lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar haqidagi ta’limot Yevropada algebra rivojlanishi uchun asos bo’ldi. Al-Xorazmiy mexanika bilan ham shug’ullangan. Bu fanga uning «Fanlar kitobi» bir bobi bag’ishlangan. Bu kitobda mashinalar tavsifi va ularni ishlatish bo’yicha tavsiyalar berilgan bo’lib, harbiy mashina va pnevmatik asboblarga bag’ishlangan bo’lim ham mavjud bo’lgan.
2-o`quvchi: Riyoziyot ilmidir fanlarning bahodiri
Basharga har javhada benazir qilgan xizmat
Fanlar karvonboshisi, jasoratga qodiri,
Arzir madhiya benazir etib izzat.
3-o`quvchi:
— Ta’zim sizga buyuk fanga asos solgan bobolar!
Ta’zim sizga nomi madhi fonli qolgan bobolar!
Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz!
1-boshlovchi: 2-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.
Endigi navbatni 2-shartga . Bu shartimiz “Kim epchil-u, kim chaqqon?” deb ataladi. Har bir guruhga 10 tadan savol beriladi, ishtirokchilar savollarga chaqqonlik bilan javob berishlkari kerak bo`ladi. Hakamlarimiz javoblarni baholab boradilar.
“Al- Xorazmiy” guruhiga savollar:
Algebra faniga asos solgan olim? Al-Xorazmiy
2.Nilometrni kim kashf qilgan? Al-Farg’oniy
3.”Algebra “ so’zi qaysi so’zdan olingan? -al-jabr
Birinchi bosqich amallariga qaysi amallar kiradi? -qo’shish va ayirish
Sonlarni taqqoslang: 7,195 va 12,1 7,195 < 12,1
0 qanday son? Butun son
Taqqoslang: -23 va -46 -23> -46
“Qonuni Mas’udiy” asar muallifi kim? Beruniy
Tovuq ikki oyoqda tursa 6 kg, bitta oyoqda tursa necha kg? 6 kg
Parellel to`g`ri chiziq deb nimaga aytiladi? Kesishmaydigan to`g`ri chiziq
“Aljabr” guruhiga savollar:
Kilometrlarda ifodalang: 2 km 156 m 2,156km
Amallarni bajaring: a) 0,48 + 0,057 0,537
3) a) sonlarni birlargacha yaxlitlang: 257,51 258
4.O`rin almashtirish qonuni qaysi amalllar uchun o`rinli? Qo`shish va ko`paytirish
5.Amallarni bajaring: a) 12,3 + 5,26;
6.6-sinf o`quvchilari 609,8 kg, 7-sinf o`quvchilari esa ulardan 75,5 kg ko`p olma terishdi. Har ikkala sinf o`quvchilari necha kilogramm olma terishgan ?
206,11296,1kg
7.Yerning diametri 12756 km bo`lib, bu quyoshning diametridan taxminan 109 marta qisqa. Quyoshning diametrini toping.
Uchta qopda 1,97 sr un bor. Birinchi va ikkinchi qopdagi un massasi teng. Uchinchi qopda esa birinchi qopga qaraganda 0,11 sr ko`p un bor. Har qaysi qopda qanchadan un bor ?
9.Tog`ri to`rtburchakning eni 14 sm bo`lib, u bo`yining 2/5 qismini tashkil qiladi. Tog`ri to`rtburchak yuzini toping.
“Al jabr val muqobala” asari muallifi kim?
2-boshlovchi: Mana 2-shartni ham yakunladik. Hozirgi vaqtda ko’plab murakkab matematik hisoblarni inson o’rniga mashinalar bajarmoqda. Matematika ob-havoni oldindan aytib berish, ko’priklarni texnik imkoniyatlarini, binolarning gumbazlarini, yo’ldoshlarning orbitalarini, hisoblab chiqishga yordam bermoqda.
1-boshlovchi: Endi matematikaga oddiygina ta’rif beradigan bo’lsak, matematika- raqamlar va shakllar haqidagi fan , ilmiy qilib aytadigan bo’lsak, matematika sonli munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fandir.
2-boshlovchi: 2-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.
Ana endi 3-shartga ham keldik. Bu shartda” Zehningni sina” “ o’yinini o’ynaymiz. Har bir guruhga ayni bir qiziqarli masalani yechish talab etiladi.
1-boshlovchi:“Al- Xorazmiy” guruhiga
Uchburchak belgisi qanday raqam bo’lishi mumkin?
2-boshlovchi:“Aljabr ” guruhiga
1 dan 9 gacha sonlarni shakldagi aylanalar ichiga shunday joylashtiringki, har bir chiziqdagi uchta raqam yig’indisi 15 ga teng bo’lsin.
1-boshlovchi: Guruhlarimiz bajarishlari uchun 5 daqiqa beriladi. Bu oraliqda esa siz aziz,tomoshabinlarimizga 7-“B” sinf o`g`illari ijrosida go`zal bir raqsga beramiz. Marhamat, maroqli dam oling.
2-boshlovchi: Navbatni hakamlar hayatiga beramiz.
1-boshlovchi: 4 – shart. “Peshonangdagini o`qi” deb nomlanad. Bunda guruhlardan bittadan o`quvchi tashrif buyuradi. Ko`zi bog`langandan song boshiga toj kiydiriladi. Unga birorta geometric shaklning nomi yozilgan yoki chizilgan bo`ladi. O`quvchining ko`zi ocholgandan so`ng, shakl haqida ma`lumot guruhi tomonidan aytiladi. O`quvchi bu ta`riflar qaysi shklga tegishli ekanligini topishi zarur.
4) Ushbu belgilar ostida Inglizcha to’rtta harf bilan yoziladigan ancha tanish so’z yashiringan. Bu so’zni toping.
Javob: bu NEWS so’zi. U ushbu so’zlarning bosh harflaridan tuzilgan. North (shimol), East (sharq),
West(g’arb) и South (janub) bo’lib, strelkalar bilan ko’rsatilgan to’rtta yo’nalishni anglatadi.
5) Rus (Kirill) harflari qatoridagi yetinchi harfni toping: П, В, Т, Ч, П, Ш, …
Javob: С harfi, izoh: ruscha седьмой sanoq, birinchi harflar
6) Tenglamani yeching: 2x+245+576+424+755=1243+1542+757+458+12+x
7) Bir aqlli kishi tuhmat bilan qamalib qoldi. Unga jazoni o’tashga uchta xonadan bittasini tanlashga imkon berildi. Birinchi xonada odamxo’r bor, Ikkinchi xonada beshta qotil bor. Uchinchi xonada ovqat yemaganiga uch yil bo’lgan sherlar bor. Aqlli odam qaysi xonani tanlaydi?
8) 1 dan 8 gacha sonlarni shunday qo’yingki, to’g’ri chizqdagi va aylanadagi raqamlar yig’indisi bir xil bo’lsin.
1-BOSHLOVCHI: Shuning bilan aziz ustozlar hamda hurmatli o’quvchilar. Sizlarga qisqacha aytib o’tilgan she’rlar va o’yinlar maktabimmizda boshlangan “Matematika va informatika” fan oyligini ekanligidan darak beradi.
2-BOSHLOVCHI: Biz o’quvchi yoshlar fevral oyi matematika va informatika fan oyligida hammamiz yaxshi ishtirok etamiz deb qolaman. E’tiborlaring uchun tashakkur.
Adxamjon Vaxobov Farg’ona viloyari Rishton tumani 7-maktab matematika va informatika o’qituvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |