“Biz baxtli bo’lamiz”
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik
Rayhon hidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima deb
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor
Nur tomsin lablaring sohillaridan
O'zing ayt senday qiz yana qayda bor
Kipriklari uzun kokillaridan
Iymanib yashama hayol pinjida
Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda
G'iybatlarga chida tuxmatga chida
Sen axir bittasan yorug' olamda
Men esa oshig'ing sening eng g'arib
Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi
Seni yoningda ham seni axtarib
Seni yoningda ham seni kutguvchi
Ista tiz cho'kaman hozir oldingda
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun
Barcha farishtalar sening qalbingda
Ijaraga turgan qizlar men uchun
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
№
|
|
|
|
She’rning muallifi va she’r nomi
|
Muhammad Yusuf “Biz baxtli bo’lamiz”
|
|
She’rning yaratilish tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan, muallif kimga bag’ishlagan?
|
She’r shoirning yuksak badiiy ilmi va jo’shqin ilhom natijasi o’laroq 2000-yildan yozilgan.
|
|
She’rning vazni va janri
|
She’rning janri: she’r,
She’rning vazni: barmoq vaznida
|
|
She’rning mavzusi va g’oyasi
|
She’r mavzusi: Muhabbat
She’rning g’oyasi: Yorining vasliga yetishish umida ila yonayotgan oshiq. U uchun hamma narsaga tayyor muhabbatini mahbubasiga so’ylayotgan mahbub.
|
|
She’rda mavjud badiiy tasvir vositalar
|
Shoir she’rda o’xshatish, jonlashtirish kabi tasvir vositalaridan foydalanilgan.
“Menga bir tabassum hadya et ey yor ,
Nur tomsin lablaring sohillaridan”(jonlashtirish)
“Kipriklari uzun kokillaridan’’(mubolag’a)
|
|
She’r haqida shaxsiy mulohazalarim
|
Mening shaxsiy fikrimga keladigan bo’lsak, she’rda insonning nozik his tuyg’ulari go’zal shaklda ifoda etilgan. She’rni o’qigan kishi xohlaydimi, yo’qmi o’zining sevgan yori bilan bog’liq shirin orzular og’ushida qoladi. She’rda “ Faqat yig’lamaging aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan” jumlasi orqali yorining qanchalar chiroyli ekanligini tasvirlayotgan bo’lsa,
“Ista tiz cho’kaman hozir qarshingda” misralari sevgan insoni uchun hamma narsaga tayyor ekanligini bildiradi. Shoir sevganidan, sevilganidan uyalmaydi, g’iybatchilardan qo’rqmaydi. U baxtli bo’lishga ishonadi. Baxtli bo’lmasa Alloh ularning uchrashtirarmidi.
“Biz baxtli bo’lamiz, Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik”
|
Do'stlaringiz bilan baham: |