Mexanik (qo‘l) qayta o‘rash mashinasi xususiyatlari:
Uzuqlarni ulash qo‘lda bajariladi. Tuftaklarni tahlash qo‘lda bajariladi. Mashina tezligi va unumdorligi past. Mehnat (ishchi kuchi) harajatlari yuqori. Boshlang‘ich sarf mablag‘i kam.
Nuqsonlar yetarlicha bartaraf etilmaydi. Iqtisodiy samarali emas.
16-rasm Mexanik qayta o‘rash mashinal
Iplar qayta o‘rash mashina va avtomatlarida qayta o‘raladi. Naychabandga o‘rnatilgan yigirish tuftagidan chuvalib chiqayotgan ip, balonso‘ndirgichdan o‘tib, taranglovchi moslama yordamida kerakli taranglikni oladi (1.11-rasm). So‘ngra ip nazorat-tozalovchi moslamadan o‘tadi va bu yerda uning notekisligi (yo‘g‘onligi bo‘yicha) tekshirilib, ba'zi nuqsonlari yo‘qotiladi hamda ip nazoratchisidan o‘tib, bobinaga o‘raladi.
Ip uzilganda ogohlantiruvchi avtomatik ravishda bobinani o‘rash barabanidan uzoqlashtiradi. O‘rash barabanida vintsimon ariqchalar bo‘lib, ularning hisobiga ip ilgarilanma-qaytma harakatlanadi. Bobina o‘rash barabani va uning orasidagi ishqalanish hisobiga harakat oladi.
Har bir qayta o‘rash mashinasining asosiy qism va mexanizmlari bo‘lib, ular naychaband, taranglovchi moslama, nazorat-tozalovchi, o‘rovchi va taqsimlovchi moslama, pilta o‘rami nuqsonlarining oldini oluvchi, sfera hosil qiluvchi, ballonso‘ndirgich, to‘xtatish va boshqa mexanizmlardir.
zona. Yigirish tuftagidan ipni chuvatish zonasi. Yigirish tuftagi tuftaktutgichga (romga) muqobil chuvatish uchun qulay qilib o‘rnatiladi. Chuvatish ikki xil usulda amalga oshiriladi (1.9-rasm).
zona. Taranglash va tozalash nazorat zonasi. Bu zonada o‘ralayotgan ipga kerakli taranglik berilib, o‘ramada belgilangan zichlik va shakl hosil qilinadi. Bu zona taranglovchi, nazorat-tozalash va ip uzils, mashina to‘xtatuvchi moslamalardan tashkil topadi. Taranglovchi moslama ipning belgilangan tarangligini bir me'yorda ta'minlab turishga xizmat qilsa, nazorat-tozalash moslamasi esa ipning yo‘g‘on va ingichka joylarini nazorat qilib tozalaydi. Bu zonadan iplar har xil yo‘naltirgichlar orqali yo‘naltiriladi. Yo‘naltiruvchilar turli xil bo‘lib, ularning yuzasi silliq bo‘lishi va ipni shikastlantirmasligi kerak. Odatda, yo‘naltiruvchilar yaltiroq metalldan (nikel) yoki keramikadan ishlanadi. Yo‘naltiruvchilar turli shaklda ishlab chiqariladi. Metall yo‘naltiruvchilar keramika yordamida qoplanib, asosan, sintetik iplarni o‘rashga mo‘ljallangan. Aluminli yo‘naltiruvchilar neylon, polister, kapron va h.k. iplarni o‘rashda foydalaniladi. Sintetik va aralashmali iplarga mo‘ljallangan aluminli yo‘naltiruvchilarning yuzasi metallokeramik, tabiiy tolali iplarga (paxta, ipak, jun, zig‘ir, kanop va h.k.) mo‘ljallangan. Chinnili ip yo‘naltiruvchilar tabiiy va sintetik tolali iplarga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |