INTELLEKTUAL MULK - Intellektual mulkning ikki shakli mavjud:
- Sanoat mulki :
- ixtirolar;
- foydali modellar;
- sanoat namunalari;
- tovar belgilari;
- tovar kelib chiqqan joy nomlari.
- Mualliflik huquqi:
- fan, adabiyot va san’at asarlari;
- ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuvlari yoki eshittirishlari;
- EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari.
- Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo’lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |