Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari



Download 17,23 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi17,23 Kb.
#341707
Bog'liq
ilimiy


Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishdan  ko’zlangan  maqsad–O’zbekistonda  ijtimoiy  ximoyani  amalga  oshirishda 

aholinig  migratsion  jarayonlardagi    ishtirokining  muammolarini    yaxlit  ilmiy-

nazariy  tadqiqot    tarzida    qiyosiy    tahlil  etish  va  bunda  tarixiy,  milliy  va  xorijiy 

davlatchilik  tajribasini  hamda  tegishli  amaliyotni  umumlashtirish  va  o’rganish 

orqali  mazkur  tizim  qonunchilik  asoslarini  rivojlantirishga  qaratilgan,  amaliyotda 

mavjud  ayrim  muammolar  yechimi  yuzasidan  ilmiy  asoslantirilgan  taklif  va 

xulosalar ishlab chiqishdan iborat. 

Bosqichma-bosqich 

shakllanib 

borayotgan 

fuqarolik 

jamiyatining 

O’zbekistondagi  omillarini,  fuqarolarimiz  huquqiy  madaniyati,  huquqiy  ongi 

tabiatini teran o’rganish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilangan: 

–   migratsiya  jarayonlarida  aholi  ishtirokini  tadqiq  etishning    nazariy  – 

metodologik   asoslarini, xususan, uning mamlakatimizda ro’y berishining obektiv 
 

10 

 

 

qonuniyatlarini  aniqlash,    iqtisodiy–ijtimoiy      asoslarini  ochib  berish,  dunyodagi 



migratsiya  jarayonlari  bilan  O’zbekiston  aholisinig  migratsion  jarayonlardagi 

ishtiroki o’rtasidagi dialektik aloqadorlikni ko’rsatib berish; 

–   mamlakatni  modernizasiya  qilish  jarayonida  inson  omili  tushunchasi  va 

uning mohiyatini  tahlili  hamda  migratsiyada  aholi  ishtirokining  sosiomadaniyat 

uzviyligi  muammolarini  tahlil  etish,  shuningdek    uning    namoyon    bo’lish 

xususiyatlarini  ochib  berish.  Jamiyatning    migratsiya    jarayonlariga  nisbatan 

“salbiy munosabat” steriotiplarini o’zgartirish zaruriyatini asoslash; 

  

–   Globallashuv  sharoitida  O’zbekistonda  migratsiya  jarayonlarini 



boshqarishning  muammolarini  yaxlit  ilmiy-nazariy  tadqiqot  tarzida  tahlili 

barobarida;  globallashuv  va  migratsiya  jarayonlarini  boshqarishning  asosiy 

mezonlari va qaror topish qonuniyatlarini aniqlash.  

–  O’zbekistonda  ro’y 

berayotgan migratsion jarayonlarning aholi bandligiga ta’sirini yoritish. Migratsiya 

jarayonini  boshqarishga  oid  davlat  siyosati  samaradorligini  oshirishga  xizmat 

qiladigan    nazariy    xulosalar,  amaliy    takliflar    va  metodologik  tavsiyalar  ishlab 

chiqish. 

 

Shunday  qilib  malakaviy  bitiruv  ishining  mavzusi  “O’zbekiston  aholisinig 



migratsion  jarayonlardagi  ishtiroki(muammo  va  yechimlar)”    deb  nomlangan 

bo’lib,  kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyatga  o’tishda  hozirgi  kundagi 

ijtimoiy  ish  xodimining      kuchli  migratsion  jarayonlardagi  ishtirokini  va  ishlab 

chiqarishdagi o’rnini  demokratlashtirish kabi dolzarb mavzuga bag’ishlangandir. 

 

Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi “O’zbekiston aholisining migratsiya 



jarayonlardagi  ishtirokini    o’rganishning    nazariy  –  metodologik      asoslari”    deb 

nomlangan.  Birinchi  bobning  birinchi  paragrafi  “Migratsion      jarayonlarni 

o’rganishning 

nazariy-metodologik 

asosi” 

deb 

nomlanib 

migratsiya 

tushunchasining  hozirgi  zamon  g’oyasi  yetarli  dalil  va  misollar  bilan  batafsil 

yoritilgan.  

  

Bobning 



ikkinchi 

paragrafi 

“O’zbekistonda  aholining  migratsion 

jarayonlardagi  ishtiroki  tushunchasi  va  uning  mohiyati”  deb  nomlangan.  Ushbu 

paragrafda  zamonaviy  jamiyatda  ro’y  berayotgan  migratsiya  jarayonlarida  aholi 

 

11 


 

 



ishtirokining  ilmiy    xususiyatlari,  asoslari,  shakllari,  migratsiya  jarayoni 

darajasining  tub  mohiyati    ko’rib  chiqiladi.  Shu  kabi  paragrafda  ularning 

sosiomadaniy  jihatdan  ko’p  qirrali  ekanligi  va  murakkabligi    kabi    dolzarb  

masalalar, imkon va bilim darajasida o’rganiladi. 

Malakaviy  bitiruv ishining ikkinchi bobi “Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston 

aholisining migratsion jarayonlarda ishtirokining tahlili” deb nomlangan bo’lib, bu 

bobda    O’zbekistonda    migratsiya  jarayonlarini  boshqarishning  muhim  vazifalari 

o’zining yorqin ifodasini topgan.  

  

Bobning birinchi paragrafi “Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining  



migratsion jarayonlardagi  ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari” deb nomlanib, 

paragrafda  jamiyat  taraqqiyotidagi  globallashuv  va  migratsiya  jarayonlarini 

boshqarishning  mezonlarini,  ijtimoiy    ishlab  chiqarishdagi    tamoyillarini  yoritish,  

o’zining tafsifini topgan.  

Bobning  ikkinchi  paragrafi  “  O’zbekistonda    ro’y    berayotgan  migratsion 

jarayonlar  va  ularning  aholi  bandligiga  ta’siri”  deb  nomlangan.  Paragrafda 

respublikamizda yuz berayotgan migratsiya jarayonlarning  sotsial shart–sharoitlari 

va  ularning  aholi  bandligiga  ta’siri  hamda  uning  o’ziga  xos  xususiyatlari    izchil 



tahlil qilingan va dalillar misolida  ko’rib chiqilgan.  
Download 17,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish