Тадқиқот объекти - ҳалқаро ҳуқуқий ҳамкорлик ва унинг йўналишлари,
шахсларни экстрадиция қилиш масалаларини тартибга солувчи халқаро
ҳуқуқ нормалари, ҳамда халқаро ва миллий қонунчилик амалиётидаги
статистик ва аналитик маълумотлар.
Диссертациянинг тузилиши ва ҳажми: диссертация кириш, етти
параграфни ўз ичига олувчи икки боб, хулоса ва фойдаланилган адабиётлар
рўйхатидан иборат. Диссертация ҳажми – 70 бет.
Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o’qituvchisi I.Yakubovaning magistrlik
dissertatsiyasidan
Ushbu ishda, odatda, O'zbekistonda foydalaniladigan usuldan foydalanilgan,
ya'ni har bir qism alohida qora harflarda ko'rsatib chiqilgan va alohida qismlarga
bo’lib berilgan. Albatta kirish qismini bunday taqdim etish ma’lum bir darajada
“tadqiqot loyihasini” ham eslatib yuboradi. Bunday usulda taqdim etish
o’quvchining diqqatini jalb qiladi va u o’ziga kerakli joyini tezda topib olishiga
yordam beradi. Biroq, salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, o’quvchiga faqatgina
ma’lumot berib, unga hikoya (story) o’qigandek zavqni taqdim eta olmasligi
mumkin.
Kirish
Hozirgi kunda globallashuv natijasida dunyo xalqlarining keng miqyosdagi
integratsiyasi yanada kuchayib bormoqda. Ushbu integratsiya jarayoni natijasida
ayniqsa chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy munosabatlarning soni
ham ko’paymoqda. Masalan: 2007-2008 yillarda mamlakatimizda fuqarolarimiz
va chet elliklar o’rtasida tuzilgan nikohlar soni 100 tadan oshmagan bo’lsa, 2010-
yildan 2015- yilgacha har yilgi ko’rsatkich 500-600 ta atrofida. Shu bilan
mutanosib ravishda xalqaro nikohni bekor qilish ham tobora ko’payib bormoqda.
Masalan, 2015-yildan 2016-yilning birinchi choragigacha bo’lgan davrda
fuqarolarimiz va chet elliklar o’rtasida 570 ta nikoh bekor qilingan. Albatta ushbu
ko’rsatkichlar xalqaro oilaviy munosabatlarni tadqiq qilish zarurati borligini
ko’rsatib turibdi. Chunki, hozirgi kundagi O’zbekiston Xalqaro xususiy huquqi
Sobiq sovet ittifoqi qonunchiligi asosida yaratilgan bo’lib, unda Sobiq Ittifoqning
naqzariyalari yashamoqda hamda ular “cho’loq nikohlarni vujudga keltirishi,
O’zbekiston bilan aloqasi bo’lmagan shaxslarning nikohni bekor qilishlari ustidan
ham O’zbekiston sudlarining yurisdiksiyasini belgilash kabi muammolarni
vujudga keltirish ehtimoli katta. Shu sababli, ular zamonaviy globallashib
borayotgan jamiyatimizga to’g’ri kelish kelmasligini aniqlash zarur. Ayniqsa
9
Ikkinchi misolimizda kirish qismini o’qigan o’quvchi huddi hikoya o’qiyotgan
o’zini his qilishi mumkin. Lekin, aynan o’ziga kerakli ma’lumotni izlayotgan
izlanuvchi esa, ma’lumotni topishga qiynalishi yoki ko’p vaqt sarflashi ehtimoldan
holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |